(Zahiriddin Muhammad Bobur)
17. “Kimdir” ma᾽nosini beruvchi gumon olmoshi unsur(lar)ini koʻrsating.
1) birov; 2) bir kishi; 3) men; 4) oʻsha; 5) har kim; 6) hech kim
A ) barchasi B) 1,4,6 C) 1,2 D) 1
18. Qaysi olmoshda birlik yoki koʻplik tushunchalari mavjud boʻlib, birining oʻrniga ikkinchisini qoʻllasa, uslubiy ma᾽no oʻzgarishi yuz berishi mumkin?
A) kishilik B) oʻzlikC) boʻlishsizlik D) soʻroq
19. Qoʻshma olmosh qatnashmagan gapni koʻrsating.
A) Mana bu ablahdan hech bir zotga foyda yo‘q.
B) Kitob to‘rt qismdan iborat bo‘lib, har qaysisi tugal bir devon edi.
C) Har bir kishida muayyan soha bo‘yicha biror xususiyat boshqalarga qaraganda nisbatan kuchliroq rivojlangan bo‘lishi mumkin.
D) Eh, bu yerning nimasini aytasan: xayoldagi jannatning xuddi o‘zi. (H.G‘.)
20. Endigi vazifa – bobolarimizning poymol etilgan orzu-umidlari haqqi, avlodimizga, Siz-bizning farzandlarimizga, butun dunyo bilan teppa-teng baylashadigan buyuk O'zbekistonni meros qilib qoldirmoqdir.
Gapda nechta olmosh qatnashgan?
A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 0 ta
21. O‘g‘li avvallari kisavur bo‘lgan, keyin qotillik qilgani uchun qamalib ketgan, endi esa qimorning orqasidan kun ko‘rar ekan. U juda jizzaki yigit edi.
Gapda ishtirok etgan olmosh qanday birlikning oʻrnida kelyapti?
A) soʻz B) gap C) soʻz birikmasi D) ibora
22. Narsa-predmet oʻrnida qoʻllanmagan oʻzlik olmoshi qaysi qatorda berilgan?
A ) O‘zi po‘latdan, Dumi yog‘ochdan.
B) Rostini aytsam, o‘zim ham unchalik yomon bola emasman. (X. To‘xtaboyev)
C) O‘zi bukir, Tishi o‘tkir, Dehqonga o‘rtoq, Nomi-chi?..
D) O‘zi dumaloq, Qor kabi oq.
23. Ular bilan yarim poshshoga o‘xshagan ulug‘ odamlar olishmasa, uncha-muncha odamlar bas kelmaydi.
Tagiga chizilgan soʻz tuzilishiga koʻra olmoshning qaysi turiga oid?
A ) sodda B) juft C) takror D) qoʻshma
24. Toʻgʻri fikrlarni toping.
1 ) alla- yoki -dir qo‘shimchalari so‘roq olmoshlariga yoki narsa so‘ziga qoʻshilib, gumon olmoshini hosil qiladi;
2) alla- va -dir qo‘shimchalari “narsa” soʻziga qoʻshilib, gumon olmoshini hosil qiladi;
3) Gumon olmoshining hosil boʻlishida soʻroq olmoshi ishtirok etmaydi;
4) alla- yoki -dir qo‘shimchalari asosga qay tarzda qoʻshilishiga koʻra farqlanadi.
A) 1,2,4 B) 1,2,3,4 C) 2,4 D) 1,4
25. – Boya bir kishi allanarsalar degandek edi.
– Kimdir bir narsa deb ko‘rsin ham-chi.
Yuqorida berilgan dialog gapda nechta gumon olmoshi bor?
A) 4 ta B) 1 ta C)2 ta D)3 ta
25. Hech bir jonzot tovoningga teng emas
Birov gapirolmas, hech narsa demas.
Misradagi sodda olmosh olmoshning qaysi ma’noviy guruhiga mansub?
A) bo‘lishsizlik B)so‘roq C) gumon D)kishilik
26. Hech bir jonzot tovoningga teng emas
Kimsa gapirolmas, hech narsa demas.
Qo‘shma olmoshlar soni nechta?
A) faqat sodda olmosh bor B)1 ta C) 2 ta D)3
27. Qaysi gapdagi nuqtalar oʻrniga kishilik olmoshi qoʻyiladi?
A ) Hovlimizdagi qip-qizil lolalar yal-yal yonadi. ... lolalar hammaning havasini keltiradi.
B) Sinfimizda yigirma beshta o‘quvchi bor. Muzaffarlarning sinfida ham ... o‘quvchi bor.
C) Tog‘am – tajribali yurist, .... ko‘p ishlarni adolatli hal qilgan.
D) Tog‘asining … odati sabab o‘g‘li Haydar ham, qizi Tohira ham … xonadondan bezib ketishdi. (O. Yoqubov)
28. So‘z ma’nosini aniqlab keluvchi koʻrsatish olmoshi o‘zi aniqlayotgan so‘zdan oldin qo‘llanmagan gapni toping.
A ) Bu cholni butun yurt izzat qilardi. (Said Ahmad)
B) Niyatimga yetaman, mana bu to‘polonlar o‘tib olsin-chi....– derdi u Onabibiga. (Asqad Muxtor)
C) Mana bu fikringizga jonlar tasadduq bo‘lsin! – qichqirdi Sultonmurod. (Oybek)
D) Anavini qara-ya, o‘zimizning to‘pori Zebimi shu? (Said Ahmad)
29. Quyida berilgan qaysi gapda ikkita olmosh ishtirok etgan?
A) Men xalq oldida aytgan iltimosingizga shunday javob bermoqqa majbur bo‘ldim. (Oybek)
B) Voy, manavi bolaning shirinligini! –Parcha xola do‘rillab xitob qildi. (O‘. Hoshimov)
C) Mana buni aytsa bo‘lar Eng oliy, zo‘r muammo! O‘rab oldi uni beshov, Miq etmasdi u ammo. (A. Oripov
D ) Ehsonning Moskvaga ketishi mana shu kunlarga to‘g‘ri keldi. (Abdulla Qahhor)
30. Qaysi qatordagi gapda qoʻshimcha qoʻshilsa ham tovush o‘zgarishi yuz bermagan olmosh qatnashgan?
A ) Mening og‘am ichinda, Soqollari tashinda. (Makkajo‘xori)
B) Anovi kungi yosh mehmonni senga maqtasam, achchig‘landing, ammo kelib-kelib bu kun seni o‘shanga berdilar. (A. Qodiriy)
C) Iloji bo‘lsa, unga bildirmaylik. (Cho‘lpon)
D) Sening qancha puling bor edi? – deb so‘radi mirshab sho‘rlik kosib yigitdan. (G‘afur G‘ulom)
4-test
1. Shaxsni emas, predmet (narsa)ni koʻrsatib kelgan oʻzlik olmoshi qaysi qatorda berilgan?
A ) Ikromjon xotinini qoldirib, o‘zi idora tarafga qarab ketdi. (Said Ahmad)
B) O‘zi bukir, Tishi o‘tkir, Dehqonga o‘rtoq, Nomi-chi ..?
C) Rostini aytsam, o‘zim ham unchalik yomon bola emasman. (X. To‘xtaboyev)
D) Bu ishlarni qilgan o‘zi. (Cho‘lpon)
2. Qaysi gapda ishtirok etgan soʻroq olmoshini qanday? soʻroq olmoshiga almashtirsa boʻladi?
A ) Nega uni otdami, aravadami eltib qo‘ymadi? (Abdulla Qahhor)
B) Mukarrama, ular kim ekan?
C) Nima ishlari bor ekan? – so‘radi Zulayho xola. (G‘afur G‘ulom)
D) Siz nechanchi sinfda o‘qiysiz? (yettinchi)
3. Uch oʻrinda olmosh ishtirok etgan gapni toping.
A ) Agar u guzardan hassasini do‘qillatib o‘tib qolsa, hamma barobar qalqib, to o‘tib ketguncha ta’zimda turardi. (Said Ahmad)
B) Har bir bekning navkarlari o‘zlariga qarashli yuklarni tuya qo‘shilgan og‘ir aravalarga ortib kelmoqda edilar. (P. Qodirov)
C) Biznikiga mehmon keldi, Hammasining qoshi qora. (Topishmoq)
D) Hamma nopok, hamma egri, yolg‘iz siz to‘g‘ri. (O. Yoqubov)
4. Olmoshli gapda qoʻshma ravish ishtiroki kuzatiladigan javobni belgilang.
A ) Aybdor o‘zi har bir savolga bergan javobi bilan jinoyatini iqror qildi. (Cho‘lpon)
B) Dildorning bari gaplari haqiqat edi. (Said Ahmad)
C) Bu gapning butun dahshati shu topda bilindi. (Said Ahmad)
D) Barcha shodlik senga bo‘lsin, bor (mavjud demoqchi) sitam, zorlik menga. Barcha dildorlik senga-yu, barcha xushtorlik menga. (E. Vohidov)
5. Qaysi qatorda gumon olmoshining shakli (qoʻshimchasi) asosdan (soʻzdan) soʻng qoʻshilgan?
A) Pochchamdan dasturxonni olib, qoqish uchun gilosning yonidan o‘tarkanman, allanima baloga turtinib ketdim. (Abdulla Qahhor)
B) Shorahim ko‘z yoshidan hech narsani ko‘rmay, allanimalar deb g‘udrandi. (O.Yoqubov)
C) Aniq yili esimda yo‘q, Allaqaysi zamonda Bir qishloqda ota-o‘g‘il yashar ekan omonda. (A. Oripov)
D) O‘zbekoyim nimadir demoqchi edi, Oybodoq dasturxon ko‘tarib kirib qoldi. (A. Qodiriy)
6. “Birov” soʻzi oʻrnida erkin almashina oladigan gumon olmoshi qaysi gapda ishtirok etgan?
A ) Allaqayerdan oyim paydo bo‘ldi. (O‘. Hoshimov)
B) Kimdir qarshi so‘z aytgan edi, muallim jerkib berdi. (Abdulla Qahhor)
C) Normurod Shomurodov allaqanday shubhadan yuragi zirqirab o‘z kabinetiga kirdi. (O. Yoqubov)
D) Ayol qalbi tosh bo‘lsa ham, allaqayeri paxtadan yumshoq, ipakdan mayin bo‘ladi. (Said Ahmad)
7. Boʻlishsizlik olmoshlari ketma-ket kelgan gapni aniqlang.
A) Hammasi joyida, do‘stlar, men hech kimdan hech narsadan xafa emasman. (P. Qodirov)
B) Moziylar sasiga quloq tutgum jim, ustun bo‘lgan emas dunyoga hech kim. (I. To‘xtamishev)
C) Hech bandaning boshiga farzand dog‘ini solmasin ekan. (O‘. Hoshimov)
D) Yo‘q, xo‘jayin, qorin to‘q. Hech nima yegim kelmay turibdi. (G‘afur G‘ulom)
8. Juft va takror olmosh qaysi qatorda berilgan?
A) Qanchadan qancha ajdodlarimiz orzu qilgan kunlar siz-u bizga nasib etdi. (I. To‘lakov)
B) Shu-shu biz qadrdon bo‘lib qoldik. (Asqad Maxtor
C) O‘sha voqealarni eslasam, o‘zimdano‘zim xursand bo‘lib ketaman. (Mirmuhsin)
D) Yormat Yo‘lchi bilan yonma-yon yurib eski tanish kabi undan-bundan so‘zlashib bordi. (Oybek)
9. Bizni tanlagan yo'limizdan hech kim, hech qachon qaytara olmaydi. Zotan, Vatanga bo'lgan mehr-u muhabbat har qanday muammoni yechishga, har qanday yovuz kuchni yengishga qodirdir.
Nechta olmosh turi ishtirok etgan?
A) 3 ta B) 5 ta C) 2 ta D) 4 ta
10. Ona tilida qaysi turkumga oid soʹzlar yoki birliklar “ichi boʹsh” soʹzlar deyiladi?
A) modal, yuklma B) undov, taqlid
C) olmosh va ba’zi atoqli otlar D) ravish, olmosh
Do'stlaringiz bilan baham: |