Kirish 1-test Quyidagi ta’rif qaysi tilga nisbatan aytilgan? «Xuddi bir guruh mutaxassislar birgalashib ishlab chiqqanday»



Download 3,89 Mb.
bet41/82
Sana28.04.2022
Hajmi3,89 Mb.
#588905
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   82
Bog'liq
1. Testlar to\'plami (2)

OLMOSH SO‘Z TURKUMI


1-test

1. Qaysi gapda tagiga chizilgan birlik olmosh vazifasida emas?


A) Men bir narsa olsam, ikkita narsa qilib qaytaraman.
B) Yoqmaydigan bir narsa yegandirsan?
C) Sisterna ortida bir narsa borday.
D) Senga bir narsa deguligi yo’q.

2. Olmosh qatnashmagan gapni aniqlang.


A) Bu yerga Anvar halloslab kirib keldi.
B) Yigitlarimiz o’z baynalmilal burchini bajarish uchun harbiy xizmatga olindi.
C) Bu asarni keng ommaga tatbiq etish uchun juda ko’p yelib-yugurdi.
D) Shu kabi yangicha fikrlashni hozirda hayotning o’zi taqozo etmoqda.

3. Olmosh qanday birlik o’rnida kelmaydi, ya’ni unga ishora qilmaydi?


A) so’z B) so’z birikmasi
C) gap D) barchasiga ishora qila oladi

4. Turlangan olmoshni toping.


A) Hovlini supurish, idish-tovoqlarni yuvish o’shaning bo’ynida. (X. To’xtaboyev)
B) U Saidiy bilan do’st edi, bu do’stlik otalarini ham munosabatdor qilgan edi. (Abdulla Qahhor)
C) Bu tushmi yo xayol, bu na turli kuy, qayerdan bu qadar qushlar sayrashi? (Zulfiya)
D) Har kim ekkanini o’radi.

5. Qaysi gapdagi qavs o‘rniga so‘roq belgisi qo‘yilmaydi?


A) Senga qancha uqtirish kerak yana()
B) Bizga kim qarayotgandi()
C) Nima yeganimni aytsam, ishonmaysan()
D) Nega hovlini supurmading()

6. Biz shunday bino quraylikki, butun shaharda eng baland va ko’rkam bo’lsin.


Tagiga chizilgan soʻz bu oʻrinda qaysi soʻz turkumiga doir?
A ) son B) olmosh C) ravish D) sifat

7. Ikkita kishilik olmoshi qatnashgan javobni belgilang.


A) Sen, tug’ishgan ukam, oxiri meni yiqitib, yuzimga oyoq qo’yding-a! (P. Q.)
B) U vaqtda endigina o’ttiz beshga to’lgan barvasta yigit, Dadavoy, Lobarga bir ko’rishdayoq yoqdi. (H.G’.)
C) Uning Xolbek degan tengdoshi bir kun Avazning oshiqlarini qoqlab yutib oldi. (P. Q.)
D) Ana, u kichkina, qora munchoqday ko’zlarini ochdi.

8. Sizga qarsaklarda chiniqdi ilgim


Istiqbol sizniki, baringizniki.
Olamning egasi siz bo’lmayin, kim?
Shundayin olamki, kelmagan tengi. (G’afur G’ulom)
Olmosh va ularga qoʻshilgan koʻmakchi morfemalar tarkibida shovqinlilar guruhiga kirmaydigan nechta undosh mavjud?
A ) 7 ta B) 5 ta C) 8 ta D) 9 ta

9. Rasadxona zimiston bo’lsa ham, Ali Qushchining o’tkir ko’zlari darrov ko’rdi: poygakda qandaydir kimsa gavdasi bilan eshikni to’sib, qaqqayib turardi. (O.Y.)


Tagiga chizilgan soʻz olmoshning qaysi ma᾽no turiga doir soʻz hisoblanadi?
A ) boʻlishsizlik B) kishilik
C) gumon D) so’roq

10. Olmosh qatnashgan qaysi gapda sodda yasama soʻz qatashmagan?


A) Odamning noaniq so’zini eshitmagil, ehtiyot bo’lgilki, avvalgi so’zingni keyingi so’zing buzib yubormasin. («Qobusnoma»)
B) Tilda uni nomlovchi so’z bo’lmasa, shunday so’zni topish kerak.
C) Insonning odob-axloqini belgilaydigan omillardan biri uning so’zi, nutqidir. (A. Navoiy)
D) Chin so’z - mo’tabar, yaxshi so’z - muxtasar; kimning miyasida illat bo’lsa, so’zida mantiq bo’lmaydi (A. Navoiy)


11. Birniki-oʻnga, oʻnniki-tumanga.
Son tarkibidagi qoʻshimchalardan biri tildagi faqat ikkitagina soʻzga qoʻshilib, bir tovushidan ayriladi.
Yuqorida qanday turkumga oid 2 soʻz haqida mulohaza berilgan?
A) son B) ot C) fe᾽l D) olmosh

12. Qaysi qatordagi koʻrsatish olmoshining oʻzi aniqlab kelayotgan soʻz fe’lga oid soʻz sanaladi?


A) Xolid toshni o‘n marta ko‘tardi. Men ham oʻshancha ko‘tarishni orzu qilaman.
B) Kim nayzani uzukdan o‘tkazsa, o‘sha g‘olib bo‘ladi. (Ertakdan)
C) Bizning sinfimizda yigirma beshta o‘quvchi bor. Muzaffarlarning sinfida ham shuncha o‘quvchi bor.
D) Tog‘am – tajribali yurist. U ko‘p ishlarni adolatli hal qilgan

13. Gap o‘rnida kelgan olmosh qaysi gap tarkibida qo‘llangan?


A) Hovlini supurish, idish-tovoqlarni yuvish o‘shaning bo‘ynida. (X. To‘xtaboyev)
B) Yigit bechoraning rangi quv o‘chib ketgan. Uning lablari pir-pir uchadi.
C) Hovlimizdagi qip-qizil lolalar yal-yal yonadi. Ana shunday lolalar hammaning havasini keltiradi.
D) Olim musobaqada g‘olib chiqdi. Bu hammamizni quvontirdi.

14. Qoʻshma tuzilishdan sodda tuzilishga kelib qolgan olmosh qaysi gapda mavjud?


A) Niyatimga yetaman, mana bu to‘polonlar o‘tib olsin-chi....– derdi u Onabibiga. (Asqad Muxtor).
B) Anavini qara-ya, o‘zimizning to‘pori Zebimi shu? (Said Ahmad)
C) Mana buni aytsa bo‘lar Eng oliy, zo‘r muammo! O‘rab oldi uni beshov, Miq etmasdi u ammo. (A. Oripov)
D) Mana bu fikringizga jonlar tasadduq bo‘lsin! – qichqirdi Sultonmurod. (Oybek)

15. Koʻrsatish olmoshiga ikki marta qoʻshiluvchi va buning natijasida asosdagi fonetik hodisaga sabab boʻluvchi grammatik shakl qaysi qatorda berilgan?


A) –dan/-din B) –i/-si C) –ga/-ka D) –aqa/-day

16. Olmoshni fonetik hodisaga uchratgan qaysi qatordagi qoʻshimcha unlilar va jarangsiz undoshdan iborat?


A) Siz bolalik qilib bunaqa xomxayollarga borib yurmang. (Abdulla Qahhor)
B) Men xalq oldida sizning iltimosingizga shunday javob bermoqqa majbur bo‘ldim. (Oybek)
C) U bunday jur’atni va hayotiy tasavvurni eng avval ota-onasining muhabbatidan olishi kerak edi. (P. Qaodirov)
D) O‘zimni moziyning bag‘riga urdim, Va shu on shukrona aytib qaytdim men.

17. birlik ma’nosida qo‘llanilganda “kamtarlik, bajargan ishida o‘zini ta’kidlamaslik” ma’nosini bildiradi.


Nuqtalar o‘rnida qaysi kishilik olmoshi tushirilgan?
A) Siz B) Biz C) Ular D) Sizlar

18. Qaysi gapda ikki soʻz fonetik hodisaga uchragan?


A) Mening og‘am ichinda, Soqollari tashinda. (Makkajo‘xori)
B) Iloji bo‘lsa, unga bildirmaylik. (Cho‘lpon)
C) Sizning qancha pulingiz bor edi? – deb so‘radi mirshab sho‘rlik kosib yigitdan. (G‘afur G‘ulom)
D) Anovi kungi yosh mehmonni senga maqtasam, achchig‘landing, ammo kelib-kelib bu kun oʻzingni o‘shanga berdilar. (A. Qodiriy)

19. Rahimxo‘ja o‘z-o‘zidan tutaqib ketdi1; Rahimxo‘ja o‘zidan o‘pka qilsin2; Rahimxo‘ja, o‘z-o‘zidan, sizning xodimlaringiz sizga itoat etishmaydi,xolos3.


Yuqoridagi uchlikda nechta o‘zlik olmoshi ishtirok etgan?
A) 2 ta B) 1 ta C) 0 ta D) 3 ta

20. Kishilik olmoshlariga ta’kid ma’nosini yuklaydigan olmoshda kelishik shakli belgisiz qo‘llangan gapni ko‘rsating.


A) U o‘z aksini ko‘rib, qo‘rqib ketdi.
B) O‘zi dumaloq, Qor kabi oq. (Tuxum)
C) Ikromjon xotinini qoldirib, o‘zi idora tarafga qarab ketdi. (SaidAhmad)
D) Maksimichning qo‘lidagi pidjagi g‘ijimlangan, o‘zi terlab, bug‘riqib ketgan edi. (P. Qodirov)

21. Qoʻshma olmosh qaysi javobda berilmagan?


A) har qachon B) allanarsa C) ana u D) hech bir

22. Allamahalda allaqayerdan allanimaning allaqanday siniq ovozi qulog‘imga chalindi.


Yuqoridagi gapda nechta yasama so‘z mavjud?
A) 4 ta B)1 ta C) 2 ta D)3 ta

23. So‘roq olmoshi qaysi gapda turlangan?


A) Validan boshqa yana kim shaxmat to‘garagiga qatnashadi?
B) Dunyoda aqldan bo‘lak nima kuchli?
C) To‘g‘riso‘zlik, poklik va muloyimlik deganda nimani tushunasiz?
D) Sizdan nechanchi sinfda o‘qiysiz, deb soʻradimi?

24. Qaysi gapda belgilash olmoshi faqat yopiq boʻgʻindan iborat?


A) Har kim ekkanini o‘radi .(Maqol)
B) Har narsaga jahl qilavermasli kerak.
C) Ovozi har qaysisinikidan ham ta’sirliroq edi.
D) Yutuqlaridan har qancha maqtansa arziydi.

25. Belgilash olmoshi fonetik hodisali soʻzga ergashgan gapni ko‘rsating.


A) Hamma nopok, hamma egri, yolg‘iz siz to‘g‘ri. (O. Yoqubov)
B) Butun xalq yopirilib, Kattakon Farg‘ona kanalini qazdik. (Hamid Olimjon)
C) Sinfimizdagi barcha o‘quvchilar sport to‘garaklariga qatnashadi
D) Bu gapning butun dahshati shu topda bilindi. (Said Ahmad)

26. So‘roq olmoshlari nechta mustaqil so‘z turkumlariga ishora qiladi?


A) 5 ta B)7 ta C)6 ta D) 4 ta

27. Olmoshga doir tahlilning to‘g‘risini ko‘rsating.


A) Faqat so‘roq olmoshlarigagina alla- yoki -dir qo‘shimchalarini qo‘shish yo‘li bilan gumon olmoshlari hosil qilinadi.
B) Narsa so‘zi alla- qo‘shimchasi yordamida gumon olmoshiga aylanadi.
C) Bir so‘zi kishi, narsa, nima kabi so‘zlarga qo‘shilib bu so‘zlarga bo‘lishsizlik ma’nosini yuklaydi.
D) Birov so‘zi kishilik olmoshi vazifasida keladi.

28. Gumon va bo‘lishsizlik olmoshi qaysi gapda qatnashgan?


A) O‘zbekoyim nimadir demoqchi edi, Oybodoq dasturxon ko‘tarib kirib qoldi. (A. Qodiriy)
B) Pochchamdan dasturxonni olib qoqish uchun gilosning yonidan o‘tarmanmi, allanima baloga turtinib ketdim. (Abdulla Qahhor)
C) Aniq yili esimda yo‘q, Allaqaysi zamonda Bir qishloqda ota-o‘g‘il Yashar ekan omonda. (A. Oripov)
D) Shorahim ko‘z yoshidan hech narsani ko‘rmay, allanimalar deb g‘udrandi. (O.Yoqubov)

29. Hamma jim qoldi. Har kim o‘z oldida bir narsa topib, shunga ko‘z tikkan va u narsada Zebi o‘z otasini, Qurvonbibi o‘z erini, Salti qovog‘idan qor yog‘ib turgan sovuq bir so‘fini ko‘rardi. Bu bulutli havoni ochmoq faqat onaning vazifasi edi: – Otasi bomdoddan kirsin, – dedi u Saltiga qarab, – men o‘zim yotig‘i bilan aytib ko‘ray, yo‘q demas, – so‘ngra Zebiga yuzlandi. – Sen, qizim, uyga joy qil, o‘rtog‘ingni o‘tqiz, dasturxon sol... Biz otang bilan choyni so‘rida ichib, haligi gapni gaplashamiz.


Berilgan mikromatnda nechta “ichi bo‘sh” so‘z qatnashgan?
A) 13 ta B) 14 ta C) 12 ta D) 11 ta

30. Saroyga tegishli barcha shaxslar: amaldorlar, aslzodalar, vazir-u ulamolar shoh huzuriga yig‘ilgan edi.


Olmoshning sintaktaktik xususiyatini toping?
A) ega B) to‘ldiruvchi C) hol D) aniqlovchi


2-test
1. Qaysi olmoshlar gapda ishtirok etsa, bunday gaplarning kesimi inkor shaklida bo‘ladi?
A) so‘roq B) belgilash C) gumon D) bo‘lishsizlik

2. Qaysi gapda olmoshlar soni boshqalaridan koʻra koʻproq?


A) Haqing berma hech kimga, urho-yo, urho (To‘xtamishev.)
B) Yo‘q, xo‘jayin, qorin to‘q. Hech nima yegim kelmay turibdi.
C) Moziylar sasiga quloq tutgum jim, ustun bo‘lgan emas dunyoga hech kim. (I. To‘xtamishev)
D) Hammasi joyida, do‘stlar, men hech kimdan hech narsadan xafa emasman. (P. Qodirov)

3. Qaysi gapdagi olmoshlarning ikkitasi fonetik hodisaga uchragan, ikkitasi uchramagan holda qoʻllangan?


A) Men undan so‘radim: Mehringni qo‘yib, bunchalar saralab gul terding kimga? (Q. Muhammadiy)
B) Shu-shu biz bordi-keldi qilamiz. (A. Rahmat)
C) Mana bu manzarani qaranglar, qizlar, – dedi Manzura. (Oybek)
D) Hamma unga o‘girilib qarar, ammo Sattor Roziyadan boshqa hech kimni ko‘rmas edi. (P. Qodirov)

4. Barimiz kerakmi, birimiz kerakmi?


Olmoshning sintaktaktik xususiyatini aniqlang?
A) ega B) to‘ldiruvchi C) hol D) aniqlovchi

5. Imloviy jihatdan xato yozilgan soʻz qaysi gapda mavjud?


A) Shu-shu biz qadrdon bo‘lib qoldik. (Asqad Maxtor)
B) O‘sha voqealarni eslasam, o‘zimdan o‘zim xursand bo‘lib ketaman. (Mirmuhsin)
C) Qanchadan-qancha ajdodlarimiz orzu qilgan kunlar siz-u bizga nasib etdi. (I. To‘lakov)
D) Yormat Yo‘lchi bilan yonma-yon yurib, uncha-muncha eski tanish kabi so‘zlashib bordi. (Oybek)

6. Ibora qatnashgan gapni toping.


A) Ikromjon xotinini qoldirib, o‘zi idora tarafga qarab ketdi. (SaidAhmad)
B) O‘zingni er bilsang, o‘zgani sher bil. (Maqol)
C) O‘zi bukir, Tishi o‘tkir, Dehqonga o‘rtoq.
D) Qurvonbibi fotiha to‘yidan keyin biroz o‘ziga kelgan edi.

7. Asilbek haq gapni gapirdi. Bu esa E‘zozaga yoqmadi.


Ko‘rsatish olmoshi nimani niqoblagan?
A) so‘zni B) so‘z birikmasini
C) gapni D) yordamchi so‘zni

8. Birovlarga ularning har biriga har oyda qancha pul to‘lashingni aytib yurmagandirsan?


Nechta olmosh mavjud?
A) 5 ta B)2 ta C)3ta D) 4 ta

9. Olmoshning nechta ma’noviy turi bor?


A) 5 ta B) 7 ta C) 6 ta D) 8 ta

10. Quyidagi jadval olmoshning qaysi ma’no turi uchun xizmat qiladi?





A) ko‘rsatish B) so‘roq


C) gumon D) kishilik

11. 0‘zi haqida o‘ylamay, faqat elga bilim berish haqida o‘уlagan olim kishi xuddi shamga o‘xshaydi, u o‘zini yondiradi va xalqni ziyoli qiladi.


Olmoshlar qanday sintaktik vazifa bajarmagan?
A) vositali to‘ldiruvchi B) vositasiz to‘ldiruvchi
C) ega D) kesim

12. Quyidagi qoida bo‘yicha sifat so‘z turkumi o‘rnida almashinib kelgan olmosh qaysi qatorda berilgan?





A) Nochor odamlar kreditga yopishishadi, unda esa barakani qochirish “kuchi” bor.


B) Issiq non mayin va shirin bo‘ladi, bunaqa non qandaydir kasallikka ham davo bo‘ladi.
C) Xurrak otaverarkan-da odam-a, bu boshqalarga erish tuyiladi, axir.
D) Ataylab kechiktirilgan maosh boshliqning zarariga ishladi, shu maosh luqmasiga urdi.

13. Qaysi turdagi olmoshlar rasmda ko‘rsatilmaganligini misollari orqali toping.





A) har nima, o‘zimiz, hech


B) sizlar, hech nima, allaqayer
C) birov, qalay?, men
D) necha?, bir nima, ushbu

14. Quyida berilgan so‘zlar ichida qaysi turdagi olmosh misollari yo‘q?



A) o‘zlik, gumon B) belgilash, gumon
C) so‘roq, o‘zlik D) Hamma turiga misol berilgan.

15. 1) Marhamat, biz sizni kutyapmiz, avvalgi joyingizda ishlayverasiz;


2) Bu hol odamni beixtiyor ajib o‘ylarga g‘arq qiladi;
3) Nazir ota yuzlarida qandaydir tabassum bilan qutini tita boshladi;
4) Yutuqlar o‘zimizniki.
Ushbu gaplarni tarkibidagi olmoshlariga ko‘ra to‘g‘ri tanlovda joylashtiring.
A) 1-gapda kishilik olmoshi, 2-gapda ko‘rsatish olmoshi, 3-gapda so‘roq olmoshi, 4-gapda o‘zlik olmoshi mavjud.
B) 1-gapda kishilik olmoshlari, 2-gapda ko‘rsatish olmoshi, 3-gapda gumon olmoshi, 4-gapda o‘zlik olmoshi mavjud.
C) 1-gapda kishilik olmoshlari, 2-gapda ko‘rsatish olmoshi, 3-gapda belgilash olmoshi, 4-gapda o‘zlik olmoshi mavjud.
D) 1-gapda o‘zlik olmoshlari, 2-gapda ko‘rsatish olmoshi, 3-gapda so‘roq olmoshi, 4-gapda kishilik olmoshi mavjud.

16. Quyida berilgan qoida “Savol va topshiriq”larning qaysi savoliga javob bo‘la olmaydi?








A) 1-savolga B) 2-savolga


C) 5-savolga D) 4-savolga

17. 1) Ehsonning Moskvaga ketishi mana shu kunlarga to‘g‘ri keldi;


2) −Voy, manavi bolaning shirinligini!−Parcha xola do‘rillab xitob qildi.
Ushbu ikki gapdagi olmoshga taalluqli bo‘lmagan qoidani ko‘rsating.

A)


B)


C)


D)


18. Qaysi qatorda tuzilishiga ko‘ra boshqalaridan farq qiluvchi olmosh qatnashgan?


A) Siz bolalik qilib bunaqa xomxayollarga borib yurmang. (Abdulla Qahhor)
B) Shunaqa gaplardan qachon qutulamiz? (Abdulla Qahhor)
C) Kitobi bor uyning oftobi bor. Bunday uyning ostonasidan jaholat hatlamaydi.(Qo‘chqor Norqobil)
D) O‘sha-o‘sha bujur tol. Shoxchalarida hanuz qushlar chug‘urlashyapti. (Isajon Sulton)

19. To‘g‘ri hukmni toping.


A) Bitta kishilik olmoshi 3 shaxsga ham ishora qila oladi.
B) Ba’zan biz, siz, ular birlik ma’nosida ham qo‘llana oladi.
C) Siz hurmat ma’nosini ifodalaganda, ko‘pincha, qiyoshlash-o‘xshatish qo‘shimchasini o‘ziga qo‘shib oladi.
D) U olmoshi o‘rnida ular olmoshi qo‘llansa, kamtarlik, o‘z ishida o‘zini ta’kidlamaslik ma’nolarini ifodalaydi.

20. Gap o‘rnida qo‘llangan olmoshni aniqlang.


A) Olim musobaqada g‘olib chiqdi. Bu hammamizni quvontirdi.
B) Qizchaga biror narsa bo‘lganini payqagan Alisher bor kuchi bilan unga qarab yugurdi. (L. Bat)
C) Hamid Olimjon o‘z she’riyatida
shunday kamolot darajasiga erishadiki, u so‘zdan tanbur torlaridek turli pardalarda foydalanar, uni o‘ynata, jaranglata bilardi. (N. Karimov)
D) Kitobni ko‘p o‘qisangiz, undan ko‘p hikmat topasiz.

21. Men, sen olmoshlariga…


Qoidani davom ettiring.
A) … -ning, -ni, -niki qo‘shimchalari qo‘shilganda, talaffuzda bitta “n” tovushi ortadi.
B) … -ning, -ni, -niki qo‘shimchalari qo‘shilganda, talaffuzda bitta “n” tovushi almashadi.
C) … -ning, -ni, -niki qo‘shimchalari qo‘shilganda, talaffuzda bitta “n” tovushi tushadi va bitta “i” harfi ortadi.
D) … -ning, -ni, -niki qo‘shimchalari qo‘shilganda, talaffuzda bitta “n” tovushi tushadi.

22. Qaysi gapda kishilik olmosho qatnashgan?


A) Vatanni ulug‘laymiz, ardoqlaymiz. Uning qudrati, shon-shuhrati, erk-u farovonligi yo‘lida xizmat etish bilan baxtlimiz.
B) Kitoblar — insoniyatning eng bebaho ma’naviy mulki, mislsiz xazinasi. Undan har birimiz foydalanamiz.
C) To‘ybekaning shuningdek hangamalari boshqa vaqtlarda Kumushni yaxshigina kuldirsa ham, hozir unga yotishib kelmadi.
D) Hayot murakkab, uni har kim har xil tarzda yashab o‘tadi.

23. She’rdagi qaysi misrada olmoshning o‘rniga boshqasini qo‘llash mantiqsizlikni keltirib chiqarmoqda?



A) Va shu on shukrona aytib qaytdim men


Va shu on shukrona aytib qaytdim kamina

B) Kimdir ko‘rmay ketgan baxtni men ko‘rdim


Birov ko‘rmay ketgan baxtni men ko‘rdim

C) U mening iqbolim, mening baxtimdir


Ular mening iqbolim, mening baxtimdir

D) Men aytmagan so‘zni aytajak kimdir


Qulingiz aytmagan so‘zni aytajak kimdir

24. Qaysi gap(lar)da ikkita o‘zlik olmoshi qatnashgan?





A) 1-,3-,4-gaplarda
B) faqat 3-gapda
C) 1-,4-gaplarda
D) Hamma gapda bittadan qatnashgan

25. Ajratib berilgan qoida qismiga mos misolni toping.





A) Sen bilan o‘zimiz faxrlanamiz.


B) O‘zingcha osmonsanda-a?
C) O‘zlik−doim hamroh yo‘ldosh.
D) O‘zi suvga tushib ishlamay qolmagandir, kimdir tushirib yuborgan-da.

26. O‘zni sezib pahlavonday, ulg‘ayib zo‘r kuchga to‘ldim, o‘zim xohlab, askar bo‘ldim.


Ajratib ko‘rsatilgan so‘z qaysi shaxsdagi kishilik olmoshi o‘rnida qo‘llanyapti?
A) 1-shaxs birlik B) 1-shaxs ko‘plik
C) 2-shaxs birlik D) 2-shaxs ko‘plik

27. O‘zlik olmoshi ibora tarkibida qatnashgan gaplarni ko‘rsating?





A) 1,2,4 B) 3,4


C) faqat 4 D) 3,4,5

28. Qaysi gapdagi so‘roq olmoshiga ko‘plik shaklini qo‘shish g‘alizlikni hosil qilmaydi?





A) 1- B) 4-


C) 2- D) 3-

29. Ilm va odob−tagi yo‘q xazina. Kimki unga ega bo‘lsa, (…) qadr-qiymati baland bo‘ladi.


Nuqtalar o‘rniga qo‘yiladigan mos so‘zni toping.
A) u B) uni
C) unga D) uning

30. Qaysi gapda to‘pdan ajratish vazifasini bajargan olmosh qatnashgan?


A) Butun xalq yopirilib, Katta Farg'ona kanalini qazdik. (Hamid Olimjon)
B) Yutuqlaridan har qancha maqtansa, arziydi.
C) Hamma perronda. Hamma o‘z jigarini qidiradi. (Said Ahmad)
D) O‘zim xoqon, o‘zim nolon…


3-test

1. Qaysi gapda olmoshning uch turiga oid so‘z qatnashgan?


A) Bu gapning butun dahshati shu topda bilindi.
B) Har bir so‘zning o‘z o‘rni bor, har bir ishning − o‘z mavridi.
C) Hamma nopok, hamma egri, yolg‘iz siz to‘g‘ri.
D) Aybdor o‘zi har bir savolga bergan javobi bilan jinoyatini bizga iqror qildi.

2 “Har ikki qo‘shimcha asos qism bilan qo‘shib yoziladi


Berilgan qoida faqat birgina olmosh turiga taalluqli. Qaysi olmosh nazarda tutilganini aniqlang.
A) gumon B) bo‘lishsizlik
C) belgilash D) so‘roq

3. Qaysi ijodkorning asaridan olingan gapda bo‘lishsizlik olmoshi yakka o‘zi, hech qanday birliksiz gap tarkibida qo‘llangan?





A) I. To‘xtasinov B) O‘. Hoshimov


C) G‘. G‘ulom D) P. Qodirov

4. Qaysi gapda bir so‘zi gumon olmoshi o‘rnida qo‘llangan?


A) Bir kishi ariq qaziydi, ming kishi suv ichadi.
B) Bir narsa ichimga kirib ketdi..
C) Bir kishi o‘n kishiga bas kela olarmidi?
D) Senga bersam bir narsa, Xudo berar ming narsa.

5. Kim o‘z yurtini sevmasa, u hech nimani seva olmaydi.


Gapda nechta olmosh bor?
A) 4 ta B) 5 ta
C) 3 ta D) 2 ta

6. Quyidagi gaplar bo‘yicha qilingan to‘g‘ri hukmni toping.





A) 2-gapda faqat kishilik olmoshi qatnashgan.


B) 3-gapda faqat qo‘shma olmosh qatnashgan.
C) 5-gapda olmoshning ikki turiga oid so‘zlar qatnashgan.
D) 7-gapda o‘zlik olmoshi qatnashmagan.

7. Qaysi qatorga ko‘proq olmosh jo bo‘ladi? (Jadval va misollar quyida berilgan)





A) 1- B) 2-


C) 3- D) 4-

8. Ali Qushchi nechundur yana o‘sha iliq bahor kunini esladi.


Olmoshga qo‘shilgan qo‘shimcha bilan omonim bo‘la olmaydigan qo‘shimcha nomini aniqlang.
A) bog‘lama B) yuklama
C) orttirma nisbat D) son shakli

9. Qaysi gaplarda takroriy olmoshlar mavjud?





A) 1-,2-,3-gaplarda B) faqat 1-gapda


C) 1- va 3-gaplarda D) faqat 3-gapda

10. Yoshim bir yerga borib qolganida, yurtim boshiga kulfat tushdi. La᾽nati urush kattalargamas, begunoh norasidalarga ham changalini soldi. Qarab turolmadik. Baholi qudrat shulardan bir nechtasini bagʻrimizga oldik. Endilikda qurbim yetib, ana shu toychoqlarga oʻzim taqa boʻla olsam, shular toymay, qoqilmay, yiqilmay yurib ketsa, gurs-gurs bosgan qadamlarining ovozi quloqlarimga kirib tursa, dunyodan bearmon oʻtardim. Niyatim shu! (Rahmat Fayziy)


Qanday turdagi olmoshlar ishtirok etgan?
1) koʻrsatish; 2) kishilik; 3) gumon; 4) oʻzlik; 5) belgilash
A ) 1,3,4 B) 2,3,5 C) 1,4 D) 1,3

11. Oʻzi ma᾽nosini aniqlayotgan ko‘rsatish olmoshi qaysi gapda aniqlanayotgan (aniqlanmish) soʻzdan oldin qoʻllangan?


A) Demak, bu ramziy belbog'ning kuchi, qudrati ona tilimizga bo'lgan munosabatimizga bog'liqdir.
B) Qayerdaki mafkuraviy bo'shliq vujudga kelsa, o'sha yerda begona mafkura hukmronlik qilishi ham tayin.
C) Inson uzluksiz ravishda ezgulikka yo'g'rilgan ruhiy, ma'rifiy va ma'naviy oziqa olib turmasa, bularning o'rnini yot ta'sirlar ishg'ol etadi.
D) Bizning istiqlol mafkuramiz asriy milliy qadriyatimizga, yangi vujudga kelgan va kelayotgan xalqimizning bugungi va kelajakdagi manfaatlarini ifodalaydigan fikrlarga – xalq tafakkuriga asoslanishi lozim.

12. Qaysi qatordagi gapda olmosh ishtirok etmagan?


A ) Gunohi ne edi bu tilla boshning, Gunohi ne edi porloq quyoshning. (I. Sulton)
B) Yanvarning o‘n beshlarida
butun qishloq to‘g‘on qurishga otlandi. (O.)
C) O‘zlari masalani tuzukroq tushunib yetmay turib, haqiqatni arzon shov-shuvga ayanaltirishmoqda.
D) Insoniyat dushmani mal’unga qiron solib, Qilichim tili bilan so‘zimni ayta oldim. (G‘.G‘.)

13. Qachondir barvasta yigit bo‘lursan,


Toleyingni ko‘rib to‘lgaydir ko‘nglim.
Ulardan sadoqat sabog‘ini ol,
Daraxtlar xiyonat qilmaydi, o‘g‘lim.
Tagiga chizilgan soʻz olmoshning qaysi ma᾽no turiga oid?
A) boʻlishsizlik B) kishilik C) gumon D) soʻroq

14. l) Meniki va seniki shu aziz tuproq, koʻz qorachigʻiday asraylik, oʻrtoq!


2) Mening ikki onam bor, ikkisi ham mehribon. (Uygʻun)
3) Shundaylar boʻlmasa agar dunyoda, bunchalar muhtaram boʻlmasdi ayol. (A. Oripov)
4) Otang seni koʻrmadi, chogʻi.
5) Sen qancha kitob olgan boʻlsang, men ham oʻshancha miqdorda olib keldim.
Yuqorida berilgan gaplarning qaysi (lar)sida ikkitadan fonetik hodisaga uchragan olmoshlar kuzatiladi?
A ) 1,2,3,4,5 B) 1,3 C) 3,5 D) 1

15. Mening hech kimim yo'q – o'zingdan boshqa.


Aziz zamondoshim, ruhing – beorom,
Ammo ishonchingdan ziyo taralsin –
Har tong «Yo, VATAN» deb sachranib uyg'on,
Dilingda «Qur'onday» – VATAN yaralsin.
Ushbu she᾽riy parchada nechta “ichi boʻsh” soʻzlar mavjud?
A ) 5 ta B) 4 ta C) 3 ta D) 2 ta

16. Fonetik hodisaga uchramagan olmosh qaysi qatorda ishtirok etgan?


A) G‘azal ham bo‘lurmi buncha dilrabo, Bunchalar serishva, bunchalar sernoz. (E. V.)
B) Lekin general unga parvo qilmay ochiq yuz, tabassum bilan kapitanni chaqirdi. (Sh.)
C) Hamisha shunday baxtli, farog‘atda yashashimga yuragim bovar qilmaydi. (Sh.)
D) Ul yor agar yoshursa yuz oh,
Ag‘yorga gar ko‘rinsa yuz oh.

Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish