9-bo`lim Olmosh so`z turkumi test savollari To`plovchi N. Ahrorov 2016-17



Download 26,05 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi26,05 Kb.
#229517
Bog'liq
9-bo`lim olmosh-конвертирован


9-bo`lim Olmosh so`z turkumi test savollari To`plovchi N.Ahrorov 2016-17

  1. Olmoshlar haqida bildirilgan qaysi hiikm noto'g'ri? A) bir so'zi gumon olmoshi o'rnida qo'llanishi mumkin.B) olmoshlarni gap o'rnida almashtirib qo'llash mumkin.

C) yasama sodda olmosh qismlari qo'shib, qo'shma olmosh qismlari esa ajratib yoziladi. D) barcha hukmlar to'g'ri.

  1. To'pdan ajratilgan narsa, shaxs, belgi, harakat-holatlarni ifodalaydigan olmoshlar turini belgilang. A) kishilik olmoshlari B) ko'rsatish olmoshlari

C) belgilash olmoshlari D) o'zlik olmoshi

  1. Cho’lquvarni na issiq, na suvsizlik yenga oladi, balki ular o’z jasoratlari, mehnatlari bilan tabiatni zabt etishar. Ikkinchi gap tarkibidagi olmoshlar birinchi gap tarkibi dagi qaysi so’z turkumlari o’rnida qo’llangan?A)ot B)sifat C)fe’l,sifat D)ot,sifat

  2. Qaysi qatorda ko'rsatish olmoshi gap o'rnida qo'llanilgan?

A) Kim ko'p o'qisa, u ko'p biladi. B) U Saidiy bilan do'st edi, bu dolstlik otalarini ham munosabatdor qilgan edi. C) Istagim shuki, doimo tinchlik bo'lsin.

D) Kitobni ko'p o'qisangiz, undan ko'p hikinat topasiz.



  1. Qaysi gapda o'zlik olmoshi o'rnida kishilik olmoshini qo'llab bo'lmaydi?

  1. Rostini aytsam, o'zim ham unchalik yomon bola emasman.

  2. Qurvonbibi fotiha to'yidan keyin biroz o'ziga kelgan edi. C) Bu ishlarni qilgan o'zi. D) Yutuqlar o'zimizniki.

  1. Qaysi gapda narsa-hodisa so'rog`i belgi xususiyat o'rnida qo'llangan?

A) Nega uni otdami, aravadami eltib qo'ymadi? B) Kechagi gaplardan keyin qaysi yuzi bilan boradi? C) Nima ishlari bor ekan? - so'radi Zulayho xola. D) Yo qudratingdan, bu qanday odam?

  1. Qaysi gapda belgilash olmoshi ot o'rnida qo'llangan? A) Dildorning ban gaplari haqiqat edi. B) Har bir inson o'z baxti uchun kurashadi. C) Ovozi har qachongidan ham ta'sirhroq edi. D) Hamma perronda, hamma o'z jigarini qidiradi.

  2. Qaysi gapda bo'lishsizlik olmoshi ishtirok etmagan?

A) Majlisda bu masala haqida hech kim churq etmadi. B) Hech vaqt ayol qalbini og'ritmang. C) Hech bandaning boshiga farzand dog'ini solmasin ekan.

D) Berilgan gaplarning barchasida bo'lishsizlik olmoshi ishtirok etgan.



  1. Qaysi qatordagi gapda to'rtta o'rinda olmosh qo'llangan? A) Hozir ham hech kim o'z ismini aytmaydi. B) Hammasi joyida, do'stlar, men hech kimdan, hech narsadan xafa emasman. C) Sizga ne bo'ldi, ikki haftadan buyon faqiringizni zoriqtirib qo'ydingiz. D) Hamma unga o'girilib qarar, ammo Sattor Roziyadan boshqa hech kiinni ko'rmas edi.

  2. Qaysi gapda qo'shma olmosh mavjud? A) Siz o'zingizni tuproq bilan tenglashtirmoqchi bo'lgansiz, lekin men hozir Kumushga ham qanoatlanmay, Oltinbibi deb atamoq fikriga tushdim. B) Shu-shu bo'ldi-yu, Tursunboyning qulog'idan Zebixonning ovozi nari ketmay qoldi.

C) Hamma unga o'girilib qarar, ammo Sattor Roziyadan boshqa hech kimni ko'rmas edi. D) O'zboshimcha unmas, o'zbilarmon yolchimas.

  1. Siz o’z xalqingiz, vataningiz, millatingizning ko’z qarog’larisiz, ammo siz unutmangki, tanbal, daqqi, bezori kishi ma’naviy nogiron degan so’z. Ushbu gapda bosh gap tarkibida tusib qolgan so’z olmoshning qaysi turiga mansub?

A) belgilash B)ko’rsatish C) o’zlik D) kishilik

  1. Kishilik olmoshlariga quyidagi qo'shimchalardan qaysi biri qo'shilmaydi?

A) so'z yasovchi qo'shimcha B) egalik qo'shimchasi C) kelishik qo'shimchasi

D) Sanalgan qo'shimchalar kishilik olmoshlariga qo'shiladi.



  1. Qaysi gapda to'pdan ajratilgan shaxsni ifodalagan olmosh qo'llangan?

A) Rostini aytsam, o'zim ham unchalik yomon bola emasman. B) Kim ko'p o'qisa, u ko'p biladi. C) Men kclajagi buyuk Vatanning farzandhnan. D) Vatan har bir inson uchun aziz va muqaddasdir.

  1. Qaysi qatorda gapda olmosh belgiga ishora qilgan? 1) Bu kabi voqeani oldin ham bir eshitganman. 2) Shunday voqeani oldin ham bir eshitganman. 3) Bunga o'xshash voqeani oldin ham bir eshitganman. A) 1,2, 3 B) l,2 C) faqat 2 D) 2, 3

  2. 1) Endi nima qilsam ekan, - deya Otabek o'z-o'zidan so'radi. 2) Qizcha o'z- o'zidan raqsga tushib ketdi. 3) O'z-o'zidan, mamlakat taqdiri hammani qiziqtiradi. Berilgan gaplardagi o'z-o'zidan so'zining qaysi turkumga mansubligini izohlang.

A) 1-gapda olmosh, 2-gapda ravish, 3-gapda modal so'z B) 1-2-gaplarda olmosh, 3-gapda kirish so'z C) 1-gapda olmosh, 2-gapda ravish, 3-gapda kirish so'z

D) 3 ala gapda ham olmosh

16 . Berilgan gaplaming qaysi birida olmosh sifat o'rnida qo'llangan?

A) Gul ochildi. Uning ochilishi kishilarga rohat berdi. B) Gullarning ko'pi pushtirang. Ana shu rang menga juda yoqadi. C) Karim gullarni uza boshladi. Bu esa bog'bonning jahlini chiqardi. D) Barchasi to'g'ri



  1. Qyai gapda olmosh fe'l o'rnida qo'llangan? A) Gul ochildi. Uning ochilishi kishilarga rohat berdi. B) Gullarning ko'pi pushtirang. Ana shu rang menga juda yoqadi. C) Karim gullarni uza boshladi. Bu esa bog'bonning jahlini chiqardi.

D) Xolid toshni o'n marta ko'tardi. Men ham shuncha ko'tarishni orzu qilaman.

  1. Qaysi gapda qo'llangan o'lchov so'zi alohida olinganda predmet nomini bildirib, matn ichidagina o'lchov ma'nosini bildiradi?

A) Shahargacha hali uch chaqirim bor. B) Uygacha yuz qadam qoldi. C) Uyning orqasida 4 sotix ekin maydoni bor. D) To'rt nafar talaba darsga qatnashmadi.

  1. Ega belgilash-jamlash olmoshi bilan ifodalangan gapni aniqlang.

A) Dildoming bari gaplari haqiqat edi. B) Kela berdilar bari kattakon chinor sari.

C) Har bir inson o'z baxti uchun kurashadi. D) Gilosning yonidan o'tayotganimda allanima baloga turtinib ketdim.



  1. Haqiqat shunday jonki, pardoz lining husnini buzadi. Bosh gapdagi olmoshning sintaktik vazifasini aniqlang. A) qaratqich aniqlovchi B) sifatlovchi aniqlovchi

  1. vositasiz to'ldiruvchi D) vositali to'ldiruvchi

  1. Qaysi qatordagi gapda belgilash olmoshi ishtirok etmagan?A) Dildora hali yosh bo'lsa ham, aqli butun. B) Dunyoning shodligi yig'ilsa, butun Do'stlar diydoridan bo'lolmas ustun. C) Barcha shodlik senga bo'lsin, Bor sitam, zorlik menga ...

  1. Har kim o'z quvonch ham orzularini bildirib turarkan.

  1. Quyidagi olmoshlardan qaysi biri egalik qo‘shimchasi bilan qo‘llanmaydi?

    1. kim B. nima C. o‘z D. biz

  2. Qaysi olmoshlar juft holda ham ishlatiladi?

    1. kishilik va ko‘rsatish olmoshlari B. ko‘rsatish, so‘roq, belgilash olmoshlari

C. ko‘rsatish va o‘zlik olmoshlari D. faqat ko‘rsatish olmoshlari 24.Qaysi gapda olmosh ishtirok etmagan?

A. Bahor andoqki, bulbul gul uzori toza istarmen. B. Na bo‘ldiki, siz shunchalar jim qoldingiz? C. Bolalar yugurgancha ketishdi, kimdir gullarga suv quya boshladi. D ... ba’zi odamlar mehnatdan qochadilar. 25.Belgilash olmoshi berilgan qatorni toping.



A. har yerda B. Allaqachon C. hech yoqdan D. butun

  1. Olmoshga xos bo‘lmagan xususiyat qaysi qatorda berilgan?A. Egalik qo‘shimchasini oladi B. kelishik qo‘shimchasini qabul qiladi C. so‘z yasov chi qo‘shimchasini qabul qiladi D. shaxs-son qo‘shimchalarini qabul qiladi

  2. Qaysi qatordagi gapda ---bir--- so‘zi gumon olmoshi ma’nosini ifodalaydi?

    1. Sizni ko‘chada bir kishi chaqiryapti. B. Darsga bir Karim kelmadi.

C. Bir qor yog‘adi, bir yomg‘ir. D. Ertaga bir dam olsam edi.

  1. So‘roq olmoshlariga quyidagi qo‘shimchalardan qaysi biri qo‘shilishi mumkin?

A. shaxs-son qo‘shimchalari B. egalik qo‘shimchasi C.nisbat yasovchi qo‘shimcha D. Sanalgan qo‘shimchalar kishilik olmoshlariga qo‘shilmaydi.

  1. Kishilik olmoshlari turlanganda qanday fonetik hodisa kuzatiladi?

A. tovush almashishi B. tovush tushishi C. tovush orttirilishi va tushishi D. fonetik o‘zgarish kuzatilmaydi

  1. So‘zlovchining nutqi odatda kishilik olmoshlarining qaysi biriga qaratilgan bo‘ladi? A. I shaxsga B. II shaxsga C. III shaxsga D. barcha shaxslarga 31.Kishilik olmoshlarining qaysi biri uslubiy talab bilan birlikni ham, ko‘plikni ham ko‘rsatuvchi olmosh o‘rnida kelishi mumkin?

A. biz, men B. siz, sen C. sen D. biz va siz

  1. Olmoshlar tarkibida ko‘rsatish ma’nosini kuchaytiruvchi so‘zni toping.

    1. bu B. Mana C. shu D. o‘sha

  2. Qaysi olmosh o‘rnida faqir, kamina so‘zlari ma’nodosh sifatida qo‘llanishi mumkin? A.men o‘rnida B.biz o‘rnida C.o‘z olmoshi o‘rnida D. U o‘rnida

  3. Qanday so‘zlar gap tarkibida boshqa so‘zlarga nisbatan kuchliroq ohang bilan aytiladi? A. kishilik olmoshlari B. so‘roq olmoshlari

C. ega vazifasida kelgan so‘z D. kesim vazifasida kelgan so‘z 35.Quyidagi qaysi so‘zlar ba’zan nutqda ---men--- kishilik olmoshi

o‘rnida qo‘llanishi mumkin? 1.~kamina; 2.~kishi; 3.~faqir; 4.~banda A. 1, 2, 3, 4 B. 1, 2, 3 C. 1, 3, 4 D. 1, 2



  1. Tinglovchiga ishora qiluvchi shaxs olmoshlarini belgilang.

    1. men, biz B. sen, siz C. u, ular D. kamina, faqir

  2. Tarkibida belgilash olmoshi mavjud gapni toping.

A. Buncha kitobni qachon o‘qishga ulgurdingiz? B. Ushbularni sizga ma’lum qilishni lozim deb bilaman.C. Mana bu kitobni men sizga o‘qishga beraman.

D. Berilgan gaplarda belgilash olmoshlari qo‘llanmagan.



  1. Belgilash olmoshlari qaysi olmoshlardan hosil qilinishi mumkin?

    1. faqat so‘roq olmoshlaridan B. so‘roq va ko‘rsatish olmoshlaridan

C. so‘roq va kishilik olmoshlaridan D. so‘roq va o‘zlik olmoshlaridan

  1. Qiziq voqea ekan. Shunday voqeani oldin ham eshitgandim. Ushbu gapdagi shunday--- so‘zi qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan?

A. belgilash olmoshi B. ko‘rsatish olmoshi C. sifat D. Ravish

  1. Qaysi qatordagi gapda olmosh belgiga ishora qilgan?A. Shundoq voqeani oldin ham bir eshitganman. B. Unga bergan va’damning ustidan chiqdim. C. Bunda bor harorat, muhabbat, shafqat D. "Mana bunisi Manzuraxonga", -- deb uzatdi.

  2. Qaysi qatordagi gapda gumon olmoshi qo‘llanmagan?A. Ali Qushchi allanimalarni o‘ylab ketdi. B. Vaqt allamahal bo‘lib qolgan edi C. Negadir taftishchining ovozi menga yoqmadi. D. Ot nima uchundir o‘rnidan jilmasdi.

  3. Qaysi qatorda belgilash olmoshi ishtirok etgan gap berilgan?

A. Har kim o‘z qilmishiga yarasha mukofot oladi.B. Hech bir his aqldan ustun bo‘lmaydi. C. Siz bilan allaqayerda uchrash ganmiz. D. Eshik orqasidan kimningdir xirgoyisi eshitilardi.

  1. Qaysi gapda o‘zlik olmoshi hurmat ma’nosida qo‘llangan? A. O‘zlari xon, ko‘lankalari maydon. B. Rais amakim o‘zlari kelib ketdilar. C. Donolar uchun o‘zlarining hayotlari o‘zlariga ravshan. D. O‘zlarimi, kelsinlar!

  2. Kishilik olmoshlari o`zlik olmoshsi bilan almashganda qanday ma`no yuklanadi?

A) yakkalash ma`nosi B) ta`kid ma`nosi

C) manmanlik ma`nosi D) g`ururlnish ma`nosi



  1. Qaysi gapda narsa-hodisa so`rog`i belgi-xususiyat so`rog`i o`rnida qo`llangan?

A. Nega uni otdami, aravadami eltib qo`ymadi B. Kechagi gaplardan keyin qaysi yuzi bilan boradi C. Nima ishlari bor ekan? – so`radi Zulayho xola D. Yo qudratingdan, bu qanday odam?

  1. Qaysi gapda belgilash olmoshi ot o`rnida qo`llangan? A. Dildorning bari gaplari haqiqat edi B. Har bir inson o`z baxti uchun kurashadi C. Ovozi har

qachongidan ham ta’sirliroq edi D. Hamma perronda, hamma o`z jigarini qidiradi 47.Har kim ko`z oldida bir narsa topib, shunga ko`z tikkan va u narsada Zebi o`z otasini, Qurvonbibi o`z erini, Salti qovog`idan qor yog`ib turgan sovuq bir so`fini ko`rardi. Ushbu gapda nechta o`rinda olmosh qo`llangan? A. 5 B. 4 C. 6 D.7 48.Olmoshlar quyida berilgan birliklardan qaysi biri o`rnida almashinib qo`llaniladi?

    1. so`z o`rnida B. so`z birikmasi o`rnida C. gap o`rnida D. barcha o`rinda 49.Qaysi gapda ko`rsatish olmoshi so`z ma’nosini aniqlab kelgan?

A. Bu cholni butun yurt izzat qilardi B. Bu tushmi yo xayol, bu na turli kuy...

C. Mana buni aytsa bo`lar eng oliy zo`r muammo D. A B va C 50.Qaysi gapda ko`rsatish olmoshi gap o`rnida qo`llangan?

A. Kim ko`p o`qisa, u ko`p biladi B. U Saidiy bilan do`st edi, bu do`stlik otalarini ham munosabatdor qilgan edi C. Istagim shuki, doimo tinchlik bo`lsin

D. Kitobni ko`p o`qisangiz, undan ko`p hikmat topasiz

51.Qaysi gapda ko`rsatish olmoshi mavjud? A) Hamma o`g`ri bitta siz to`gri B) Ikromjon xotinini qoldirib o`zi idora tomon ketdi C) O`zimni moziyning bag`riga urdim D) Bu tushmi na hayol., bu turli bir hayol, qayerdan bu turli qushlar sayrashi? 52.Quyidagi qaysi olmoshlar egalik qo`shimchasi bilan qo`llanmaydi?

A) kim B) nima C) biz D) o`z



  1. Olmoshga xos bo`lmagan xususiyatni belgilang.

A) egalik qo`shim chasini oladi B) kelishik qo`shimchasini oladi

C) so`z yasovchi qo`shimchasini oladi D) shaxs-son qo`shimchasini oladi



  1. Nimani eksang, shuni o`rasan. Maqolida qanday olmoshlar qo`llangan?

A) so`roq, kishilik B) so`roq,ko`rsatish C) so`roq ,belgilash D) ko`rsatish belgilash

  1. So`z ma`nosini aniqlab kelayotgan olmoshlar qanday tarzda qo`llanadi?

A) oldin keladi B) keyin keladi C)uning o`rni erkin D) olmoshlar ma`no anglatmaydi 56.Olmoshlarning qaysi turida qo`shma olmoshlar bir turdagiolmoshlardan tashkil topgan? A) belgilash B) so`roq C) ko`rsatish D) kishilik

  1. Uchala shaxs birlik, ko`plikdagi olmoshlarga sinonim bo`lgan olmoshlarni toping. A) ko`rsatish B) so`roq C) kishilik D) o`zlik

  2. Unda-bunda chiroqlar ko`rinar edi. Gapda gumon olmoshi anglatgan ma`noni toping. A) o`rin B) payt C) miqdor D) chegara

  3. 1. Belgilash 2. Bo`lishsizlik 3.gumon 4.kishilik 5.ko`rsatish .Berilgan olmoshlarning qaysi turiga qo`shimcha qo`shilgandatovush tushishi va tovush orttirilishi bo`lishi mumkin? A) 4,5 B) 1,5 C) 4 D)5

  4. To`pdan anglashilgan narsa ma`nosini anglatgan olmosh ishtirok etgan gapni toping. A) Mashina yuborsam u-bu narsalarni berib yuborasiz B) O`g`limning har bir holidan xabar olish sening vazifang C) So`fi hech bir narsa demay o`rnidan turdi D) Har narsaga jahl qilavermaslik kerak

  5. Har bir bekning navkarlari o’zlariga qarashli yuklarni tuya qo’shilgan og’ir aravalarga ortib kelmoqda edilar. Gapdagi olmoshning turini aniqlang.

A) belgilash, o’zlik olmoshlari B) so’roq, belgilash olmoshlari

C) kishilik, belgilash olmoshlari D) ko’rsatish, belgilash olmoshlari

62 Biznikiga mehmon keldi, Hammasining qoshi qora. Gapdagi olmoshning turini aniqlang. A) belgilash, o’zlik olmoshlari B) kishilik, belgilash olmoshlari

C) belgilash, so’roq olmoshlari D) ko’rsatish, belgilash olmoshlari



  1. Hamma nopok, hamma egri, yolg’iz siz to’g’ri. Gapdagi olmoshning turini aniqlang. A) o’zlik, belgilash olmoshlari B) belgilash, kishilik olmoshlari

C) so’roq, belgilash olmoshlari D) belgilash, ko’rsatish olmoshlari

  1. Gumon olmoshi qanday hosil qilinadi?

A) so’roq olmoshlariga alla- qo’shiladi B) narsa so’ziga alla- qo’shiladi

C) so’roq olmoshiga –dir qo’shiladi D) barchasi to`g`ri



  1. Men olmoshi o’rnida qo’llangan so’z ishtirok etgan gapning kesimi I shaxsda ifodalangan gapni aniqlang. A) Janoblarini yangi bir vazifaga tayinlamoq fikriga keldim. B) Faqir hozir taxmin qildimkim, Movarounnahrda ko’chki bosgan buloq, balki, shu yerga kelib qayta ko’z ochgandir. C) Kechirasiz, rais, kamina bugun emas, o’g’lingizni shogirdlikka olgandayoq aytganman. D) B, C

  2. Taqdir uni qanchalar do’stlaridan ayirmasin, oxir-oqibatda u yana o’ziga do’st topib olaberadi. Tuzilishiga ko’ra olmoshning qaysi turi mavjud?

A) sodda olmosh B) qo’shma olmosh C) juft olmosh D) takror olmosh

  1. Qaysi gapda ikkita qo’shma olmosh mavjud?

A) Bunday nusxalarning bor-yo’qligidan hech kimga hech qanday foyda yoki zarar

yo’q. B) Komil inson esa hammaning joni. C) Shu-shu biz qadrdon bo’lib qoldik.



D) O’sha voqealarni eslasam, o’zimdan-o’zim xursand bo’lib ketaman.

  1. Shu-shu Nabijon ham dilni erkalovchi, ham allaqanday iztirobga soluvchi g’alati hislar girdobiga tushib qoldi. Olmoshning tuzilishiga ko’ra turini aniqlang.

A) sodda olmosh B) juft olmosh C)takroriy olmosh D) olmosh yo`q

  1. Qaysi gapda to’pdan ajratilgan olmosh qo’llangan? A)Rostini aytsam, o’zim ham uncha yomon bola emasman. B)Kim ko’p kitob o’qisa, u ko’p biladi C)Men kelajagi buyuk yurt farzandiman D)Vatan har bir inson uchun aziz va muqaddasdir

  2. 1.Mingta siz-u bizdan, bitta jiz-u biz yaxshi 2. Sen ham siz ham bir og’izdan chiqadi Maqollarning tarkibida kelayotgan olmoshlar o’rtasida qanday farq bor. A)1-juft,2-uyushiq holda qo’llanilgan B) har iki gapda juft qo’llanilgan C)har ikkalasida juft va uyushiq holda qo’llanilgan D) har gapda uyushiq holda

qo’llanilgan lekin bachasida umumiylik ma’nosi mavjud

  1. Ba’zi, ayrim so’zlari olmoshning qaysi turiga xos.

A)ko’rsatish B)belgilash C)gumon D)bular olmosh emas sifat

  1. O’zimni moziyning bag’riga urdim, Va shu on shukrona aytib qaytdim men

Kimdir ko’rmay ketgan baxtni ko’rdim men, Kimdir aytmay ketgan so’zni aytdim men. Gapdagi olmoshlar sonini toping. A)4 B)5 C) 6 D ) 7

  1. Belgilash olmoshlari haqida berilgan qaysui fikr to’g’ri emas?

A) har so’zi so’roqqa qo’shilib, to’pdan ajratilgan shaxs, narsa, belgilarni bildirgan olmosh belgilash olmoshidir B) hamma, barcha, butun, belgilash olmoshlari shaxs, narsa, belgi, harakat jamlash ma’nosini ifodaalaydi C) bir so’zi so’roq olmoshlariga qo’shilb, to’pdan ajratilgan shaxs, narsa, belgilarni bildirgan belgilash olmoshini hosil qiladi D) har so’zi bir so’ziga qo’shilib, to’pdan ajratiilgan shaxs, narsa, belgilarni bildiradigan belgilash olmoshlarini hosil qiladi

  1. Bosh harflar bo’yicha bildirilgan qaysi fikr noto’g’ri?

A)Mukofotlar, faxriy unvonlar, nishonlar nomidagi birinchi so’zgina bosh harf bilan yoziladi B) Hurmat ma’nosida qo’llanilgan siz va o’zingiz olmoshlari bosh harf bialn yoziladi C) Vazirlik va korxonalar, idora tashkilotlar nomi tarkibidagi har bir so’z bosh harf bilan yoziladi D)Oliy tashkilotlar va oliy unvonning har bir so’zi bosh harf bilan yoziladi

  1. Qaysi gapda qatnashgan sodda olmoshni juft olmoshlar bilan almashtirish mumkin? A) Ammo shuni, bolajon, unutma B) Uvoq seping, ularga inlar quring C)Halimaxonni ko’rdim, hali ham o’zgarmabdi: hamon o’shanday D)Bolalar, qariyalarga yordam berish bizning eng birinchi shartimiz

  2. Bir olmoshning ayrim tovush o’zgarishi bilan takrorlanishidan hosil bo’lgan olmosh qaysi gap tarkibida mavjud? A) O’sha voqealarni eslasam, o’zimdan o’zim xursand bo’lib ketaman.B) Yormat Yo’lchi bilan yonma-yon yurib, eski tanish kabi undan-bundan so’zlashib bordi.C)Mashina yuborsam , u-bularni berib yuborarsiz.

D) O’g’lingiz uncha-muncha dardni ko’rdim demaydi.

  1. Kimnikim do 'st dedim, dushmani jon topdim oni, Neki andin tiladim sud, ziyon topdim oni. Baytda nechta olmosh qoilangan? A) 5 B) 4C) 3 D) 6

  1. Qaysi gapda II shaxs egalik qo'shimchasini qabul qilgan ko'rsatish olmoshi qo'llangan?

A) Buning nimasi yomon? B) Unim yo'q, bunim yo'q, Ro'zg'orda unim yo'q.

C) Buning nomi "Sindirish" deb ataladi. D) Buning meni bir kuni aqldan ozdiradi



  1. .Bunim yo’q, unim yo’q, Uyimda unim yo’q. Ishimda unum yo’q, Aytishga unim yo’q.She`rda olmoshning nechta ma`no turi qo`llangan? A) 1 B) 2 C) 3 D) 4

  1. Olmoshlarning qaysi turida ko'plik va kelishik qo'shimchalarining so'z o'rtasiga qo'shilishi kuzatiladi? A) o'zlik olmoshida B) belgilash olmoshlarida C) bo' lishsizlik olmoshlarida D) gumon olmoshlarida

  2. Qaysi olmoshlar oldidan kishilik olmoshlari qo'llansa ta'kid ma'nosi ifodalanadi?

A) ko'rsatish olmoshlari B) o'zlik olmoshi C) so'roq olmoshlari D) belgilash olmoshlari

  1. Olmoshning qaysi turida o’xshatish, ta 'kidlash ma'nolari ifodalanadi?

A) ko'rsatish olmoshi B) belgilash olmoshi C) kishilik olmoshi D) o'zlik olmoshi

  1. Qaratqich qaysi shaxsdagi olmosh bilan ifodalanganda, qaralmish belgisiz qo'llanishi mumkin?

A) I shaxs birlik B) III shaxs birlik C) III shaxs birlik va ko'plik D) I shaxs ko'plik

  1. O'n oykim, so'nmishdir u tanish na'ra. Hamon firog'ida fig'on chekar Shosh. Bahor kelayotir, bosh ko'tar, qara, O, surur kuvchisi, dongdor zamondosh. She`rda olmoshning qaysi ma`no turi qo`llangan?

A) kishilik B) ko`rasatish C) so`roq D) belgilash

  1. 1.U ona bo'lishdan behad shod.2.U qiz uzoqda yashaydi.3. U biz qidirgan odam emas.4. Faqat u kishidan bir gap chiqadi. Qaysi gaptarkibida u so'zi ko'rsatish olmoshi bo’lib kelgan? A) 1,2,3 B)l,3 C)2,4 D)2,3,4

  2. Olmosh qo'llangan birikmani aniqlang. A) sensirab gapirish B) o'zbekning o'zligi

C) manmanlikning zavoli D) ayrim o'zbilarmonlar

  1. Qaysi qatorda belgilash olmoshi ishtirok etmagan?

A)Har kim o'z quvonch, shodliklarini bildirib turarkan.B) Barcha shodlik senga bo'lsin, Bor sitam, zorlik menga.C) Dildora hali yosh bo'lsa ham, aqli butun.

D) Dunyoning shodligi yig'ilsa butun, Do'stlar diydoridan bo'lolmas ustun. 88.Qaysi olmoshlarga kelishik qo'shimchalari bevosita qo'shila olmaydi?



A) kishilik olmoshi B) o'zlik olmoshi C) so'roq olmoshi D) ko'rsatish olmoshi 89.Biz ona yurt, aziz vatan debon sog`inch va orziqishlarda yashaymiz, mo`tabar tuprog`imizning har bir qarich yerini, har bir giyohini asraymiz.Gapda olmoshning nechta turi bor? A) 2 ta B)3 ta C) 5 ta D) 4 ta

90.U har kuni qo`yini sog`ib , sutni qo`y egasining oldiga keltirardi. Gap to`g`risidagi hukmlarning nechtasi to`g`ri ? 1. Gapda 2 ta olmosh bor 2. Gapda ko`rsatish olmoshi bor 3. Gapda belgilahs olmoshi bor 4. Gapda olmosh ot o`rnida almashib kelgan A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta

91.Men yoshligimdan hindlarning mehmon kelganda nikoh va boshqa marosim- larida qadrdonlari bo`yniga gulchambar taqishlaridan o`z –oz`imcha faxrlanaman. Gapda nechta olmosh turi qatnashgan? A) olmosh yo`q B) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta 92.Biz hayotlik chog`larida ota-onamizning qadriga yetishimiz kerak. Axir ular bizni deb go`dakligimizda allamahalgacha uxlashmaydi. Biz esa manman bo`lib ularni qadriga yetmaymiz. Gapda olmoshning nechta turi bor? A) 1 B) 2 C) 3 D) 4

93.Har doim turlangnan holda qo`llanadigan olmosh(lar) sonini toping.

A) o`zlik kishilik B) kishilik ko`rsatish C) gumon bo`lishsizlik D) tog`ri javob yo`q 94.Barcha shodlik senga bo`lsin, bor sitam zorlik menga.Barcha dildorlik senga-yu barcha xushtorlik menga. Gapda olmoshning necha turi qo`llangan?

A) 1 B) 2 C) 3 D) 4



  1. Badavlat donishmaddan so'radilar: “Turmushingiz farovon bo'lsa ham, nima uchun sizning xursand bo'lib yurganingizni ko'rgan emasmiz?” U shunday javob beribdi: “Chunki och-yalang'och yashayotganlarni men hech qachon unutolmayman”. Keltirilgan parchada olmoshning nechta turi ishtirok etgan?

A) 1 B) 2 C) 3 D) 4

  1. Birovning do`stlar-u xorijlari bor, Mening hech kimim yo`q o`zingdan boshqa. Gapda olmoshning nechta turi ishtirok etgan? A) 1 B) 2 C) 3 D) 4

  2. Qaysi gapda o`zlik olmoshi predmetlik vazifasini bajargan? A) Biz o`z tuprog`imzini qo`z qorachig`idek asraymiz B) O`zlik olmoshi predmetni ko`rsatmaydi C)Soat o`zi ishlab ketdi D) O`zim ham yaxhsi bola emasman 98.Mana menman, u isyonning olmas avlodi, Mana menman, u gullaming hech sonmas yodi, Mana menman, falaklarga lov-lov o't qo'yib, Otalarimning boshidan poydevor uyib. Kelajagim obidasin qurgan insonman! O'sha jonman, o'sha qonman va o'sha shonman. Parchadagi olmoshlar haqidagi to'g'ri fikrni belgilang.

A) Ko'rsatish olmoshlari aniqlovchi va to`ldiruvchi vazifasida kelgan.B) 3 o'rinda kishilik olmoshi, 8 o'rinda ko'rsatish olmoshi qo'llangan.C) 5 o'rinda kishilik olmoshi, 6 o'rinda ko'rsatish olmoshi qo'llangan. D)Kishilik olmoshi ega va kesim vazifasida kelgan

99. Ayo g'uncha, qizil qonlar aro sen o'zni tark etding, Ayon etgil, nadir sevgi, nadir ul o'zni tark etmoq. (Rumiy) Berilgan baytda olmoshlar necha o'rinda qo'llangan? A) 5 B) 3 C) 4 D) 6



Download 26,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish