33 Mavzu Ta’minlagichlar va ularning turlari
Ta’minlagichlar deb sepiluvchi mahsulotlarning konveyerlarga yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri texnologik agregatlar (maydalagich, tegirmon va boshqalar)ga bir tekis berish maqsadida bunker va vo- 14 ronkalarning bo‘shatish tuynugiga o‘rnatiladigan mexanizmga aytiladi. Ta’minlagichlarning katta guruhi konveyerlarning bir turi hisoblanadi: tasmali, plastinkali, vintli, vibratsion va h.k. Shu turdagi konveyerlardan ta’minlagichlar kaltaligi, yuqori mustahkamliligi bilan ajraladi, chunki ular bunker teshigi ostidagi mahsulot bosimini qabul qilishi mumkin va katta harakatlanishi qarshilikni yengishi kerak. Ta’minlagichlarning boshqa guruhi – diskli (tarelkali), zanjirli, barabanli, tebranuvchi tarnovchalilarining konveyerlar orasida tengi yo‘q va ular faqat mahsulotni bunker tuynugidan to‘g‘ridan to‘g‘ri tushirib olishga xizmat qiladi. Tasmali, plastinkali, tarelkali, vibratsion va vintli ta’minlagichlar ko‘p tarqalgan. Tasmali ta’minlagichlar (2.4-rasm) gorizontal (6) yuqori yoki pastga og‘ilgan holda o‘rnatilishi mumkin. Ular tasmali konveyerlardan tayanch rolik (5) lari tez-tez joylashishi, qattiq bortlar (3) ning mavjudligi va tasmaning kichik harakatlanish tezligi (0,1–0,5 m/sek) bilan farq qiladi. Cheksiz rezinaning tasma uzatma va taranglovchi barabanlar (4) va (7) ni egadi. Changlanuvchi mahsulotlarda ishlaydigan ta’minlagichlar zich yopiladi. Tasmani mahsulot bosimidan bo‘shatish uchun voronka (1) ning devori 45–50 o C burchak ostida egiladi, bu mahsulotni boshqaruvchi moslama (2) yordamida tasmaga bir tekis, ohista tushishini ta’minlaydi.
Ta’minlagichlar statsionar siljiydigan turlarga bo‘linadi. Mahsulotni tasmali konveyerlarga berish uchun bir nechta bo‘shatish tuynuklariga ega. Siljiydigan ta’minlagichlar bunkerlar ostiga o‘rnatiladi. Uzatmasi bitta yoki ikkita reduktorli ta’minlagichlar ko‘p tarqalgan. Ta’minlagichlarning ishlab chiqarish unumdorligi quyidagi formula orqali hisoblanadi: Q=3,6· b· h· v · p· k, bu yerda: b – tasmaning bortlar orasidagi kengligi, m; h – tasmadagi mahsulot qatlamining balandligi, m; v – tasmaning harakatlanish tezligi, m/sek; p – mahsulotning hajmiy massasi, kg/m3 ; – tasmaning mahsulot bilan to‘ldirish koeffitsiyenti, 0,7–0,8 ga teng. Ishlab chiqarish unumdorligini boshqarish almashtiriluvchi zulfin (2) orqali amalga oshiriladi.
Ta’minlagichlarning asosiy parametrlariga tasmaning kengligi va barabanlar orasidagi masofa (ta’minlagich uzunligi) kiradi. Tasmali konveyerlar, asosan, donali, mayda va o‘rtacha bo‘lakli mahsulotni (maydalangan ruda va boshqalar) bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirishda qo‘llaniladi. Ta’minlagichlarning keng ishlatilishi 16 ularning konstruksiyalarining soddaligi va ishonchliligi, og‘irligi va energiya sarfi kamligi, nisbatan kichik ekspluatatsiya xarajatlari va ishlab chiqarish unumdorligining keng chegarada o‘zgarishi bilan asoslanadi.
. Plastinkasimon ta’minlagichlar Plastinkasimon ta’minlagichlar o‘zining tuzilishi bo‘yicha plastinkasimon konveyerlarga o‘xshaydi. Ularning ikkalasida ham ishchi organ bilan mahkamlangan plastinkali uzluksiz zanjir hisoblanib, u zanjirlar bilan birga ta’minlagich tasmasini hosil qiladi. Ta’minlagichlar yengil va og‘ir turda bo‘ladi. Yengil ta’minlagichlar 300–400 mm gacha bo‘lakdagi mahsulotni (ruda, shixta komponentlari), shuningdek, issiq bo‘lakli mahsulotlar (algomerat, klinker)ni berish uchun ishlatiladi. Og‘ir ta’minlagichlar 1250 mm gacha o‘lchamdagi bo‘laklarning joyini o‘zgartirishda ishlatiladi. Plastinkasimon ta’minlagichlar gorizontal holda va mahsulot berish tarafiga 15–35o burchak ostida o‘rnatilishi mumkin. Og‘ir ta’minlagichlarda katta qiyalik burchagi qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |