31 Mavzu Yordamchi jarayonlarda ishlatiladigan yordamchi qurilmalar haqida ma’lumot
Boyitish fabrikalaridagi texnologik jarayonlarning xilma-xilligi turli fizik-mexanik xususiyatlariga ega mahsulotlarni fabrika bo‘limlari ichida va orasida tashish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bu esa, o‘z navbatida, uzluksiz (konveyer transporti, gidrotransport, pnevmotransport) va davriy (yuk ko‘tarish kranlari, telferlar) ravishda ishlaydigan tashuvchi mashina va mexanizmlarning ham xilma-xilligini ta’minlaydi. Boyitish fabrikalarida sepiluvchi mahsulotlar tashish uchun konveyerlar va gidroaralashmalar uchun gidrotransportlar qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |