Kirish. 1 Maruza Boyitish jarayonlarida texnika xavfsizligi qoidalari. Reja: Boyitish jarayonida umumiy xavfsizlik talablari


Mavzu Gidrosiklonlarda quyultirish



Download 2,25 Mb.
bet73/78
Sana31.12.2021
Hajmi2,25 Mb.
#255915
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78
Bog'liq
FQB ASOSIY JARAYONLARI

40Mavzu Gidrosiklonlarda quyultirish

Gidrosiklonlar quyultirish, tasniflash va boyitish uchun ishlatiladi. Gidrosiklonlar quyma va po‘lat listdan payvandlangan bo‘lishi mumkin va ichki tomonidan rezina bilan qoplanadi. Bu uni yeyilib ketishidan saqlaydi. Ular silindr va konussimon qismlardan iborat bo‘lib, bo‘tana yuboruvchi va ajralgan suyuqlik chiqib ketadigan quvurlari bor. Dastgohda berilayotgan bo‘tana katta aylanma tezlik bilan harakat qiladi. Hosil bo‘lgan markazdan qochma kuch ta’sirida qattiq zarrachalar gidrosiklon devorlariga borib uriladi va tezligini yo‘qotib sekin-asta pastga qarab sirpanib tusha boshlaydi. Suyuqlik esa ichki aylanma harakat orqali yuqoriga ko‘tariladi va qopqoqdan teshik orqali chiqarib olinadi. Quyma va payvandlangan gidrosiklonlarning tuzilishi 3.6- rasmda ko‘rsatilgan. Har qaysi gidrosiklon silindrsimon (1), konussimon (2) shakldagi korpusdan iborat bo‘lib, ta’minlovchi (3), chiqaruvchi patrubka (6) va qum uchun (7) nasadkadan iborat. Ta’minlovchi patrubka korpusining silindrik qismiga urinma orqali ulangan. Buning natijasida gidrosiklonga tushayotgan bo‘tana katta burchak tezlikda aylanma harakatga keladi. Bo‘tana tarkibidagi muallaq qattiq zarrachalar bo‘tananing aylanishidan hosil bo‘lgan markazdan qochuvchi kuch ta’sirida korpusning devoriga siqilib, pastlovchi spiral bo‘ylab pastga sirg‘anib tushadi va qumli nasadka orqali quyulgan mahsulot ko‘rinishida chiqarib olinadi.

Tingan suv gidrosiklon korpusining markaziy o‘qi bo‘ylab harakatlanib, chiqarib oluvchi nasadka orqali yig‘uvchi idishga tushirib olinadi. Gidrosiklonga tushuvchi bo‘tananing kirish tezligini boshqarish uchun ta’minlovchi patrubka almashinuvchi qismlariga ega. Ular yordamida gidrosiklonning bo‘tana kiruvchi tuynugining shakli va o‘lchamini o‘zgartirish mumkin. Bo‘tananing gidrosiklonga kirishdagi kerakli bosimi (0,3 dan 2,5 kg/sm3 gacha) markazdan qochuvchi qumli nasos yordamida yoki bo‘tanani yig‘uvchi idish gidrosiklondan yuqori joylashib, u o‘zi oqib gidrosiklonga tushadigan bo‘lsa, bo‘tana ustunining bosimi yordamida hosil qilinadi. Bo‘shatish tuynugining berilgan o‘lchamini ushlab turish uchun egiluvchan rezina manjet qo‘llanadi. Manjet halqasimon vtulkaga siqiladi. Manjet bilan vtulka orasidagi bo‘shliqqa siqilgan havo yoki moy beriladi. Bunda manjet berilayotgan havo yoki moyning miqdoriga bog‘liq holda bo‘shatish tuynugini hosil qilib shishadi.


Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish