Kirish. 1 Maruza Boyitish jarayonlarida texnika xavfsizligi qoidalari. Reja: Boyitish jarayonida umumiy xavfsizlik talablari



Download 2,25 Mb.
bet1/78
Sana31.12.2021
Hajmi2,25 Mb.
#255915
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
Bog'liq
FQB ASOSIY JARAYONLARI


Kirish.

1 Maruza Boyitish jarayonlarida texnika xavfsizligi qoidalari.

Reja: 1. Boyitish jarayonida umumiy xavfsizlik talablari.

2. Flotatsiya bo’linalarida xavfsizlik talablari

Xavfsizlikning umumiy talablari

1.Boyitish vazifasida mustaqil ishlashga ruxsat etiladigan shaxslar:



  • 18 yoshga to‘lganlar, kasbiy tayyorgarlikdan o‘tganlar;

  • tibbiy ko‘rikdan o‘tganlar;

  • kirish instruktajini o‘tganlar;

  • kasb bilan bog‘liq malakaga ega, xavfsiz ish uslubini o‘rgangan, imtihon topshirgan va belgilangan tartibda ruxsatnoma olganlar;

  • ish joyida birlamchi instruktajni o‘tganlar;

  • elektr xavfsizligi bo‘yicha 1-malaka guruhiga ega bo‘lganlar.

2. Mehnat xavfsizligi bo‘yicha takroriy instruktaj 3 oyda bir martadan kam bo‘lmagan tartibda o‘tkaziladi.

3. Mehnat xavfsizligi bo‘yicha rejadan tashqari instruktaj quyidagi hollarda o‘tkaziladi:



  • mehnat xavfsizligi talablariga yoki yo‘riqnomalariga o‘zgartirish, qo‘shimchalar kiritish, almashtirishlar kiritilgan taqdirda;

  • baxtsiz hodisalarni tekshiruvchi nazorat organlari yoki komissiyasi talab qilgan taqdirda;

  • texnologik jarayonlardagi o‘zgarish, mehnat xavfsizligiga ta’sir etuvchi jihozlar, jihoz, asbob, materiallar, dastlabki xom-ashyo almashtirilgan, zamonaviylashtirilgan va boshqa o‘zgarishlar yuz bergan taqdirda;

  • yo‘riqnoma talablari bajarilmagan, avariya, portlash, yong‘in kabi baxtsiz hodisa larga sabab bo‘lgan yoki bo‘lishi mumkin bo‘lgan ish uslubi qo‘llangan taqdirda;

ish joyida 30 kundan ortiq tanaffus bo‘lgan taqdirda.

. Boyituvchini zararli va xavfli ishlab chiqarish omillaridan himoya qilish maqsadida namunaviy tarmoq me’yorlariga muvofiq quyidagilar beriladi:



  • paxtali oq xalat,

  • polistirolli ich ko‘ylak,

  • issiq astarli paxtalik kurtka,

  • rezina etiklar,

  • Kaska

  • polistirolli rezina qo‘lqoplar,

  • Poristirolli fartuklar.

Har bir boyituvchi belgilangan yong‘in xavfsizligi qoidalarini aniq bilishi va ularga qat’iy amal qilishi majbur; o‘t olishga yoki yong‘inga olib keluvchi harakatlarga yo‘l quymasligi shart.

Yong‘inga qarshi ishlatiladigan asbob va anjomlar, o‘t o‘chirish va aloqa vositalariga o‘tish yo‘llarini tiqilinch qilib yuborishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Boyituvchi birlamchi o‘t o‘chirish vositalari, yong‘in chiqqanda zaxira chiqish yo‘laklari, evakuatsiya yo‘llari joylashuvini bilishi shart.

Yong‘in texnikasini va o‘t o‘chirish birlamchi vositalarini yong‘in o‘chirishga tegishli bo‘lmagan xo‘jalik, ishlab chiqarish va boshqa ehtiyojlarda ishlatish taqiqlanadi.

Ish joyida yonuvchi-moylovchi va artish materiallarini yopiq metall idishlarda sutkali ehtiyojdan ortiq bo‘lmagan miqdorda saqlashga ruxsat beriladi. Ish joyida tez alangalanuvchi moddalar (benzin, kerosin va b.lar) ni saqlash ruxsat etilmaydi.

Ish joylarida taqiqlanadi:



  • ish joyini benzin, kerosin va boshqa tez alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar bilan tozalash;

  • turli tizimdagi muzlagan truboprovodlarni kavsharlash lampasi yordamida yoki ochiq olov ishlatiladigan boshqa usullar bilan isitish;

  • elektr isitgich anjomlarini o‘tga chidamli tagliklarsiz ishlatish, shuningdek ularni yoqilgan holda qarovsiz qoldirish;

  • shikastlangan rozetka, rubilniklardan va boshqa elektrotexnik buyumlardan foydalanish.

Ishlab chiqarishdagi har bir baxtsiz hodisa haqida jabrlanuvchi yoki guvoh zudlik bilan ishlar rahbariga (ustaga, brigada boshlig‘iga, ular bo‘lmaganda smena boshlig‘iga) xabar berishi, shu bilan birga ish joyidagi vaziyatni va ish jihozlari holatini ushbu hodisa vaqtida qanday bo‘lsa shundayligicha saqlab qolishi (agar bu atrofdagilar hayoti va sog‘ligiga xavf solmasa, avariyaga olib kelmasa va texnologiya bo‘yicha uzluksiz davom etishi kerak bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonini izdan chiqarmasa) shart.

Insonlarning xavfsizligiga yoki normal ish jarayoniga xalaqit beruvchi asbob, jihoz, moslamalarning buzilganligi aniqlangan taqdirda, buzilganlikni bartaraf qilish choralarini ko‘rish,brigadirga yoki smena boshlig‘iga xabar berish.

Boyituvchi baxtsiz hodisalardan,zaharlanishlardan, elektr tokidan jabrlangan kishilarga birinchi tibbiy yordam berish qoidalarini o‘rgangan va amalda qo‘llab bilishi shart.

Ish joyida ovqatlanish, texnologik va ishlab chiqarish vodoprovodlaridan suv ichish taqiqlanadi.

Ushbu yo‘riqnoma talablari, ichki mehnat tartib qoidalarini bajarmaslik mehnat intizomini buzish hisoblanadi. Aybdor shaxs amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.


Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish