Nazorat savollari:
1. Ob’ekt harakat fazasi bo‘yicha montaj qanday amalga
oshiriladi?
2. Siklli harakat deganda nimani tushunasiz?
3. Ob’ekt harakat fazasi bo‘yicha montaj qoidasini ayting?
4. Voqeani tomoshabinga to‘g‘ri yetkazib berishda faza
bo‘yicha montajning ahamiyati qanday?
102
1.6. Beshinchi tamoyil: Kadrdagi asosiy ob’ekt harakat
tezligi bo‘yicha montaj
Mavzu montajning beshinchi tamoyiliga bag‘ishlangan.
Kadrda harakatlanayotgan ob’ektlarning harakat tezligini va
ekrada yuz berayotgan tezlik bilan bog‘liq voqeylikni
tomoshabinga to‘g‘ri yetkazib berish bu tamoyilning asosiy
talabi hisoblanadi.
Keling, tasavvurimizni ishga solamiz.
O‘z taqdiridan norozi bo‘lgan qahramonimiz shahar
ko‘chalari bo‘ylab chopib ketmoqda. Birinchi ko‘chadan chopib
ketmoqda, ikkinchi ko‘chadan, hiyobon va ko‘priklardan...
Bunaqa epizodni tasvirga olishning nimasi qiyin? Bir
qarashda, harakat yo‘nalishi aniq, uchinchi tamoyil talablari
bajarilgan, kamerani qo‘lga olib tasvirga olishni boshlasak ham
bo‘ladi. Hammasi to‘g‘ri!
Biroq bu misolning ham o‘z “lekin”i bor. Aktrisa hamma
kadrlarda bir xil tezlikda yugurishi kerak. Fizik til bilan
aytganda, uning ekrandagi qadamlari chastotasi hamma
kadrlarda bir xil bo‘lishi lozim. Bordiyu, u birinchi kadrda
tezroq, ikkinchisida sal sekinroq yugursa, tomoshabin buni
darrov sezadi va qahramonimiz o‘z fikrini o‘zgartirdimi, yoki
o‘z qarorining to‘g‘riligiga ikkilanib qoldimi deya o‘ylab
qoladi. Balki, ayol o‘z fikridan qaytdi va boshqa tomonga, yangi
maqsad tomon chopib ketyapti degan xulosaga kelishi ham
mumkin.
Turli ichki harakat tezligiga ega bo‘lgan kadrlarning
o‘zaro montaj qilinishi nafaqat harakatning davomini anglatadi,
balki,
ekrandagi
voqealarda
o‘zgarish, burilishi sodir
bo‘lganligini ham bildiradi. Biroq, bunday usul, qahramon
harakatlarini bu ko‘rinishda ifoda etish film voqeasini
yoritishda yaxshi rejissyorlik topilmasi bo‘la olmaydi.
Ekran ijodkorlari oldida aynan shunday vazifa turgan
paytda, ya’ni qahramonda o‘z hatti-harakatlarining to‘g‘riligiga
103
gumon paydo bo‘lganini ko‘rsatish lozim bo‘lganda, unda bu
vazifa
tamomila boshqa usuldan
foydalanib bajariladi.
Tomoshabin qahramonning o‘z harakatlarining to‘g‘riligiga
nisbatan shubha paydo bo‘lganini, uning harakatlarida,
ruhiyatidagi o‘zgarishni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishi lozim. Eng
asosiysi, buning hammasi bir kadr ichida, voqealar rivoji
paytida ko‘rsatilishi kerak. Sizdan so‘zimiz avvalida aytilgan
voqeani ko‘z oldingizga keltirishinigizni so‘raganimizda, biz
o‘z oldimizga boshqa maqsad qo‘yganmiz.
Rejissyor
M.Kalatozovning
“Turnalar uchmoqda...”
filmidagi Veronikaning shahar ko‘chalari bo‘ylab chopishini bir
eslab ko‘ring. Bu film – jaxon kinosi klassikasi. Bir qancha
planlar davomida Veronika shahar ko‘chalari bo‘ylab chopib
boradi, biroq uning harakatlari tezligi kadrlarda bir xil saqlanib
qoladi. Film syujeti bo‘yicha Veronika birdaniga to‘xtab qolishi
kerak bo‘lganida Kalatozov buni bir kadrning ichida bajardi.
Biroq, bu holatgacha epizod davomidagi barcha kadrlarda
akstrisa Samoylovaning harakat jaddaligi bir hilligi saqlanib
qolgan.
“Temp” tushunchasini “ritm” so‘zi bilan adashtirib
yuborish kerak emas. Ritm haqida hali alohida mavzuda
gaplashamiz.
Mashxur rejissyorlardan biri hali yosh bo‘lgan paytlarda u
bilan achinarli voqea yuz bergan ekan.
Film qahramonining bulvardan yurib ketayotgani aks
etgan kadrlardan biri tasvirga olinayotgan edi.
Operator tasvirga olish uchun ajoyib kompozitsiyaga ega
kadrni qidirib topdi, lekin u statik kadr edi. Aynan shu kadrni
tasvirga olishni rejissyorga taklif qildi. Lekin rejissyor bu kadrni
olishga rozi bo‘lmadi. Chunki, bu kadr kompozitsiyasida
qahramonning harakatlanishi uchun juda kichik maydon bor edi
xolos. Bu statik kadrda aktyor bor yo‘g‘i besh qadam tashlay
olardi. Bunday qisqa kadr esa epizodning uzun va sokin
kadrlardan tarkib topgan montaj yechimiga mos kelmasdi, bir
104
so‘z bilan aytganda “yopishmasdi”. Operator rejissyorni
o‘zining xaqligiga bir amallab ishontirdi: “Qaragin, qanaqa
ajoyib kadr, mukammal kompozitsiya. Kel, tasvirga olaylik,
mayli, aktyor kadrda sal sekinroq harakat qila qolsin...”.
Kompozitsiya, tan olish kerakki, haqiqatda juda ajoyib
edi. Rejissyor rozi bo‘ldi, kadrni tasvirga olishdi. Keyinchalik,
montaj jarayonida bu kadr epizoddagi o‘z joyiga montaj qilindi.
Biroq, afsuski, bu kadr o‘z montaj iborasi va ichki dinamikasi
bo‘yicha boshqa kadrlar bilan hech qanaqasiga birlasha olmadi.
Kadr undagi aktyorning harakat tezligi past bo‘lgani uchun na
o‘zidan oldingi va na keyingi kadr bilan mos kelmadi. Operator
mehnatini qanchalik hurmat qilmasin rejissyor bu kadrni axlat
chelagiga tashlashga majbur bo‘ldi.
Bunday vaziyatlarda rejissyor yaxshisi ijodiy guruhning
qimmatli vaqtini va mablag‘ni bekorga sarflamasdan o‘z
qat’iyatini ko‘rsatib masalani uzil-kesil hal qilgani yaxshiroq.
Musiqa san’atida asarning ijro etilish tezligi, taktlarning
vaqt bo‘yicha qanchalik cho‘zilgan yoki siqilganligini ifodalash
uchun “temp” terminidan foydalaniladi. “Temp” atamasini o‘z
ma’nosi bilan bemalol ekran asarlarining voqealar rivojiga
tavsif berish uchun ham foydalanish mumkin.
Biroq, shunday o‘rinli savol tug‘ilishi mumkin: agar
ob’ekt kadrda siklik harakat qilmayotgan bo‘lsa, bu holatda ham
biz temp iborasini qo‘llashimiz mumkinmi? Avtomobil yurib
ketayotganda yoki kater dengizda suzayotganida ular siklik
harakat qilmaydiku! Ularga nisbatan ham ekrandagi “harakat
tempi” tushunchasini qo‘llasa bo‘ladimi? Ular haqida ob’ekt
yuqori yoki past tempda harakatlanyapti deb aytsak bo‘ladimi?
Albatta mumkin! Temp deganda, nafaqat biror-bir davriy
takrorlanuvchi (siklik) harakatning ro‘y berish chastotasi
nazarda tutiladi, balki ob’ektning kadrda fonga nisbatan
ko‘chishi, va shu bilan birga, uning kadr chegaralari ichida
harakatlanish tezligi ham tushuniladi.
Demak,
ob’ekt
harakatida
sikllar
almashinuvi
105
chastotasidan tashqari, ob’ektlarning qo‘shni kadrlardagi
harakatlarining temp bo‘yicha farqi namoyon bo‘ladigan yana
ikkita ko‘rinishi mavjud ekan. Birinchisida har ikkala kadr ham
statik holda tasvirga olinadi va ob’ektning tezligi uning kadr
chegaralariga
nisbatan
ko‘chishida
namoyon
bo‘ladi.
Ikkinchisida ikkala kadr ham harakatdagi kamera usulida
tasvirga olinadi va bu variant, statik bir nuqtadan turib
panorama usulida tasvirga olishni yoki kamera harakatlangan
holda, traveling usulida tasvirga olishni nazarda tutadi.
Ikkinchi ko‘rinishda ob’ektning kadrda harakatlanish
tezligini uning kadrdagi fonga nisbatan ko‘chish tezligi orqali
aniqlab olish mumkin bo‘ladi.
Birinchi variantni ko‘rib chiqamiz. Kadr statik holatda
tasvirga olingan. Avtomobil har ikkala kadrda ham bir xil
tezlikda – 30 km/soat tezlikda harakatlanib ketyapti. Lekin, bu
ikkala kadrni ketma-ket montaj qilib ko‘rilganda tomoshabinda
ikkinchi kadrda avtomobilning tezligi birinchi kadrdagiga
nisbatan uch marta tezlashgandek, buning ustiga, hech bir aniq
sababsiz birdaniga tezlik o‘zgarib qolgandek tassurot uyg‘onadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |