Кино ва телевидениеда монтаж



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/86
Sana30.06.2021
Hajmi2,75 Mb.
#105266
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   86
Bog'liq
Монтаж ўқув қўлланмаси ТАТУ 26 01

55-rasm. 


106
 
 
Biroq,  agar  bu  kadrlarning  tasvirga  olish  chizmalariga 
diqqat  bilan  qarasak  va  yaxshilab  o‘ylab  ko‘rsak,  muammo 
nimadaligini, 
tasvirga 
olishda 
qanday 
xatolikka 
yo‘l 
qo‘yilganini  hech  qanday  qiyinchiliksiz  anglab  olishimiz 
mumkin (55-rasm). 
Chizmalardan ko‘rinib turibdiki, avtomobil kadrning chap 
chegarasidan  o‘ng  chegarasigacha  bosib  o‘tgan  yo‘l  birinchi 
kadrda ikkinchi kadrdagiga nisbatan uch marta uzunroq ekan.  
Bir xil tezlik bilan birinchi kadrda mashina kadrning chap 
chegarasidan o‘ng chegarasigacha bo‘lgan masofani taxminan 3 
sekunddan ko‘proq vaqt davomida bosib o‘tadi. Ikkinchi kadrda 
esa  u  bu  masofani  bosib  o‘tish  uchun  bor  yo‘g‘i  1  sekund  vaqt 
sarflaydi.  Umuman  olganda  bu  oddiy  va  tushunarli  hol, 
mashinalar bu ikkita kadrda ham bir xil 36 km/s tezlikda harakat 
qilayotganini  va  turlicha  masofani  bosib  o‘tayotganini  biz 
bilamiz.  Biroq, tomoshabin uchun ekranning chap chegarasidan 
o‘ng chegarasigacha bo‘lgan masofa huddi bir hildek ko‘rinadi. 
Chunki, u bu filmni kinoteatr ekrani orqali ko‘radi va har ikkala 
kadrni  ko‘rayotganda  ham  kinoteatr  oq  ekranining  o‘lchamlari 
eniga  12  metr  bo‘lib  qolaveradi.  Mashina  esa  bu  “12  metr”lik 
masofani  tomoshabin  nazdida  birinchi  kadrda  3  soniyada, 
ikkinchi  kadrda  esa  1  soniyada  bosib  o‘tdi.  Tomoshabin  o‘z-
o‘zidan  demak,  ikkinchi  kadrda  mashina  3  karra  tezroq 
harakatlanyapti degan fikrga boradi.  
Bundan  tashqari,  tasvirga  olish  masshtabining  avtomobil 
kadrning  qariyb  to‘liq  maydonini  egallab  turadigan  darajada 
kattalashishi 
tomoshabinda 
mashinaning 
harakat 
tezligi 
birdaniga  oshib  ketganligi  haqidagi  taassurotini  battarroq 
kuchaytiradi  xolos.  O‘zingiz  o‘ylab  ko‘ring,  hayotda  bunaqa 
holat 
hech 
qanaqasiga 
yuz 
berishi 
mumkin 
emasku. 
Harakatlanayotgan  har  bir  narsa  yuqori  tezlikka  o‘z  tezligini 
sekin  astalik  bilan  ko‘tarib  borish  bilan  erishadi.  Ekranda  bu 
ikkita kadrning birikishidan keyin ishonarsiz va notabiiy vaziyat 
yuzaga keladi va tomoshabin bu voqeaning haqiqatligiga ishona 


107
 
 
olmaydi.  
Agar 
rejissyor 
kadrlarni 
montaj 
qilishda 
kadrda 
harakatlanayotgan  asosiy  ob’ekt  tezligi  bo‘yicha  montaj 
talablarini  bajarmas  ekan,  tomoshabinda  bu  filmni  tanqid 
qilishga yuz foiz asosi bo‘ladi. 
Albatta,  agar  birinchi  kadrda  avtomobil  harakatda  davom 
etib  kadrdan  batamom  chiqib  ketsa  va  undan  keyin  ikkinchi 
kadr  montaj  qilinsa,  qaysidir  ma’noda  tomoshabinga  filmni 
to‘g‘ri  idrok  etishga  imkoniyat  yaratish  mumkin.  Ammo, 
tomoshabinning  bu  ikki  kadr  montajidan  oladigan  taassuroti 
o‘zgarishsiz  qolaveradi,  u  baribir  bu  voqeaning  haqiqatligiga 
ishona olmaydi. 
Unda  nima  qilish  kerak?  Bunday  vaziyatda  qanday  yo‘l 
tutilsa  to‘g‘ri  bo‘ladi?  Montajning  birinchi  tamoyili  bizdan  bir 
ob’ektning  o‘zini  bir  nechta  kadrlarda  ko‘rsatish  kerak  bo‘lgan 
vaziyatda planlar yirikligini albatta o‘zgartirish lozimligini talab 
qiladi.  Beshinchi  tamoyil  bo‘yicha  esa  ekranda  harakat  tempini 
bir  hilda  saqlashimiz  shart.  Masalaga  qanday  yechim  topishi 
mumkin? Javob esa siz kutganingizdan ancha oddiyroq. 
 
 
56-rasm. 


108
 
 
Kadrlar  montajida  ikkita  montaj  tamoyillari  –  planlar 
yirikligi  bo‘yicha  montaj  va  kadrda  harakatlanayotgan  asosiy 
ob’ekt  tezligi  bo‘yicha  montaj  talablarini  bajarish  va 
tomoshabinga  filmni  idrok  etishda  qulaylik  yaratish  uchun, 
tezlikni  bir  xil  saqlab  qolgan  holda,  mashinaning  ikkinchi 
kadrda  bosib  o‘tadigan  yo‘lini  huddi  birinchi  kadrdagidek 
masofaga  tenglashtirish  kerak,  yoki  hech  bo‘lmasa  o‘sha 
masofaga  yaqinlashtirish  kerak  bo‘ladi  (56-rasm).  Soddaroq 
aytganda,  mashina  birinchi  kadrda  qancha  masofani  bosib 
o‘tgan  bo‘lsa,  ikkinchi  kadrda  ham  huddi  shuncha  masofani 
bosib o‘tishi kerak. 
Ho‘sh,  qanday  qilib  bu  ikki  kadrning  plan  yirikligini 
o‘zgartirgan  holda  masofani  bir  xil  saqlab  qolish  mumkin? 
Buning 
yo‘li  oson,  ikkinchi  kadrdagi  mizanssena  va 
kompozitsiyani  bir  oz  o‘zgartiramiz.  Lekin,  uchinchi  tamoyilga 
asosan  ob’ektning  harakat  yo‘nalishini  saqlab  qolamiz.  Endi 
mashina  ikkinchi  kadrda  bizga  nisbatan  bir  oz  burchak  ostida, 
diagonal  yo‘nalishda  harakatlanadi.  Kompozitsiyadagi  bunday 
o‘zgarish  kadrlarga  yanada  go‘zallik  baxsh  etadi  va 
tomoshabinga  ham  ko‘rish  qulayligini  yaratadi.  Endi  kadrlar 
o‘zgarishi  tomoshabin  tomonidan oson idrok qilinadi. Voqealar 
rivoji  esa  hech  qanday  buzilishlarsiz  rejissyor  g‘oyasi  bo‘yicha 
rivojlanishda davom etadi (57-rasm).  
 
 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish