Кино ва телевидениеда монтаж



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/86
Sana30.06.2021
Hajmi2,75 Mb.
#105266
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   86
Bog'liq
Монтаж ўқув қўлланмаси ТАТУ 26 01

57-rasm. 


109
 
 
Huddi  shu  muammoni  yechishning  ikkinchi  variantini 
ko‘rib  chiqamiz:  endi  har  ikkala  kadrimizni  “kuzatuv 
panoramasi” usulida tasvirga olamiz. Ob’ekt bu kadrlarda ekran 
chegaralariga  nisbatan  harakatsiz  bo‘lib,  endi  faqat  fon  bizning 
ob’ektimizga  nisbatan  harakatda  bo‘lyapti.  Ob’ekt  sifatida  biz 
dengizda,  sohilga  yaqin  joyda  suzib  ketayotgan  yaxtani
18
  va 
uning shkiper
19
ini tasvirga oldik.  
Birinchi  nuqtaga  kamerani  o‘rnashtirdik  va  yaxtani 
o‘rmon  fonida,  kamerada  panorama  orqali  kemani  kuzatgan 
holda  tasvirga  oldik.  Hammasi  juda  zo‘r  –  olis  plan.  Kamera 
sohilga  o‘rnashtirilganligi  uchun  ham  tasvirga  olish  juda  qulay, 
turli chayqalishlarsiz bo‘ldi. 
Endi  tomoshabinga  yaxtachi  sportchining  harakatlarini 
ko‘rsatib  berish  uchun  ikkinchi  kadrni  tasvirga  olish  kerak. 
Operator  tezlik    bilan  transfokator  ob’ektivni  burab  uni 
maksimal  fokus  masofasiga  to‘g‘riladi,  plan  sezilarli  darajada 
yiriklashdi,  masshtab  bo‘yicha  shkiper  endi  kadrda  umumiy-
o‘rta planda ko‘rinyapti (58-rasm).  
 
58-rasm. 
                                                      
18
 yaxta – sportda yoxud sayohat uchun ishlatiladigan kichikroq kema. 
19
 shkiper – kema kapitani, xo‘jalik boshlig‘i yoki palubadagi narsalar uchun javobgar 
shaxs.
 


110
 
 
Agar  bu  vaziyat  sport  musobaqalarining  televizion 
translyatsiyasi  bo‘lganida,  u  holda  ikkinchi  kamera  uzun  fokus 
masofali  ob’ektiv  bilan  jixozlangan  bo‘lardi  va  rejissyorning 
ko‘rsatmasiga  binoan  shunchaki  birinchi  kameraga  yaqin  joyga 
o‘rnatilgan  bo‘lardi.  Lekin,  bunday  variant  ham  ekrandagi 
natijani sezilarli darajada o‘zgartirmagan bo‘lardi. 
Taxlil  qilib  ko‘ramiz.  Yaxta  bir  xil  tezlikda  harakatlanib 
ketmoqda. Birinchi kadrdagi  fon, ya’ni bir-ikkita archalar o‘sib 
turgan  sohilning  ko‘rinishi  ekranning  chap  chegarasidan  o‘ng 
chegarasi  tomonga  suzib  o‘tadi,  aytaylik,  10  sekund  vaqt 
davomida. Uzun fokus masofali ob’ektiv orqali tasvirga olingan 
ikkinchi  kadrda,  huddi  shu  fon  ekranning  chap  chegarasidan 
o‘ng  chegarasiga,  birinchi  kadrdagiga  nisbatan,  besh  karra 
tezroq  o‘tib  ketadi.  Bu  vaziyatda  tezlik  oshishi  effektining 
yuzaga  kelishi  shubxasiz,  buning  ustiga  u  dramaturgiya 
tomonlama  asoslanmagan  bo‘ladi.  Nima  qilish  mumkin?  Turli 
variantlarni ko‘rib chiqamiz. 
 
59-rasm. 
 
Faraz  qilaylik,  qandaydir  badiiy  filmning  epizodi  tasvirga 
olinmoqda.  Rejissyor  shkiperdan  kemada  kameradan  chamasi  7 
metrcha  uzoqlikdan  yana  bir  bor  suzib  o‘tishni    ilti-mos  qiladi. 


111
 
 
Kameradagi  ob’ektiv  o‘zgartirilmadi.  Kameraga  huddi  birinchi 
kadrdagi  kabi  yana  sohilning  20  metr  masofasi  tushib  turibdi. 
Bir qarashda, hammasi joyida (59-rasm). 
Bo‘lmagan  gap!  Kadrlarni  ulashda  yana  kutilgan  natija 
chiqmaydi. 
Gap  shundaki,  operator  tasvirga  olar  ekan  yaxtani 
kompozitsiya  bo‘yicha  kadr  markazida  tutib  turish  uchun 
paroma  qiladi.  Bunda,  yaxta  kameraga  yaqinroq  joylashgani 
sababli  panorama  qilish  paytida  kameraning  panorama  qilish 
tezligi  yanada  ortadi.  Demak,  ekranda  fon  tasvirlarining 
harakati  ham  yanada  kuchayadi  va  kemamizning  teligi  ham 
ortgandek  ko‘rinadi.  Biz  esa  aksincha  uning  harakatini 
sekinlashtirmoqchi  edik.  Fon  va  yaxta  harakatining  tempi 
bo‘yicha bu ikki kadrni hech qanaqasiga montaj qilib bo‘lmaydi 
va tomoshabin uchun ham bu montaj bog‘lanishini ko‘rish qulay 
bo‘lmaydi. Ekranda tomoshabin uchun huddi mo‘jiza ro‘y berib 
kema  birdaniga  tezlashib  ketgandek  taassurot  uyg‘onadi. 
Shuning uchun, tasvirga olish chizmasida kameraning panorama 
qilish  tezligi  uzun  qora  strelka  bilan  ko‘rsatilgan.  Bundan 
tashqari, tomoshabin albatta yaxta va sohil, ya’ni fon o‘rtasidagi 
masofa  keskin  o‘zgarganligini  darrov  sezadi  –  fon  masshtabi 
o‘zgarishsiz  qoldi,  lekin  kema  va  shkiperning  o‘lchamlari 
birdaniga bir-necha marta kattalashib ketdi (60-rasm). 
 
60-rasm. 


112
 
 
Yana o‘sha savol: masalaning biror yo‘li bormi? 
Albatta!  Televizion  translyatsiya  paytida  ham,  badiiy 
filmni tasvirga olishda ham ikkinchi kamerani katerga o‘rnatish 
kerak  va  bu  kater  kema  kapitanini  tasvirga  olish  paytida 
yaxtaning  yonida  suzib  borishi  kerak  bo‘ladi..  Biroq  bunda 
kameraga  yanada  kengroq  burchakli,  ya’ni  kichik  fokus 
masofali  ob’ektiv  o‘rnatish  lozim  bo‘ladi.  Faqat  shunday 
tasvirga olish usuli bilangina siz  bu ikkita kadrlarni  montajning 
barcha  tamoyillari  talablarini  bajargan  holda  o‘zaro  birlashtira 
olasiz 
va 
tomoshabinga 
ham 
montajning 
eng 
asosiy 
vazifalaridan  biri  bo‘lgan  filmni  idrok  etishga  qulay  sharoitni 
yaratib bergan bo‘lasiz (61-rasm).  
 
61-rasm. 
 
Endi  yaxtaning  sohilga,  ya’ni  fonga  nisbatan  harakat 
tezligi  uning  birinchi  kadrdagi  tezligi  bilan  mos  bo‘ladi.  (62-
rasm).  Agar,  Siz  yaxtaning  birinchi  kadrini  statik  holatda, 
panoramasiz tasvirga olishingiz kerak bo‘lsa, va ikkinchi kadrni 
aksincha  harakatda  tasvirga  olishni  rejalashtirgan  bo‘lsangiz, 
bunda nima qilish kerak? 
 
 
62-rasm. 


113
 
 
Bu  savolga  javobni  endi  o‘zingiz  montajning  o‘ninchi 
tamoyilini o‘qib bilib olasiz. 
Statik  olingan  tasvirlarni  o‘zida  harakatni  aks  ettirgan, 
yoki  tamomila  harakat  bilan  to‘lgan  kadrlar  bilan  birlashtirish 
vazifasi,  garchi  kino  va  televidenie  ijodkorlarining  kundalik 
amaliyotida ko‘p uchrab tursa ham, oddiy ish emas. 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish