Metallar (yun. metalleuo — qaziyman, yerdan qazib olaman) — oddiy sharoitda yuqori elektr oʻtkazuvchanligi, issiq oʻtkazuvchanligi, elektr oʻtkazuvchanligi, elektr magnit toʻlqinlarini yaxshi qaytarishi, plastikligi kabi oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan oddiy moddalar. M. qattiq holatda kristall tuzilishda boʻladi. Bugʻ holatida esa bir atomlidir. M.ning oksidlari suv bilan birikkanida koʻpincha gidroksidlar (asoslar) ga aylanadi. M. elektron tuzilishi tu-fayligina yuqorida aytib oʻtilgan oʻziga xos xususiyatlarga ega. M. atomlari tashqi (valent) elektronlarini osonlikcha beradi. M.ning kristall panjarasida hamma elektron oʻz atomi bilan birikkan boʻlavermaydi. Ulardan baʼzilari harakatlanadi.
Kimyoviy xossalari. D. I. Mendeleyevning davriy sistemasidagi 118 kimyoviy elementning 96 tasi M., 22 tasi metallmasdir. Barcha M.ni "oddiy metallar", "oraliq metallar", "lantanoid va aktinoidlar" tashkil qiladi. Davriy sistemada asosiy guruhchalardagi metallar oddiy metallar (s- va r-elementlar), qoʻshimcha guruhchaga joylashgan metallar — oraliq metallar yoki (d- va f- elementlar) nomi bilan yuritiladi. Oddiy moddalarni metallar va metallmaslar deb shartli ravishda ikki guruhga boʻlinadi. Mac, Ge va Sb qaysi turkumga kirishi toʻgʻrisida yagona fikr mavjud emas. Lekin germaniyni yarimoʻtkazgich xossalariga ega boʻlgani uchun metallmas, surmani esa fizik xossalariga koʻra yarim metall boʻlsada, M. deb hisoblash toʻgʻriroqdir. Qalayning metall (Z-Sn) va yarim-oʻtkazgich (a-Sn) modifikatsiyalari bor. Germaniy, kremniy, fosfor va baʼzi metallmaslarning yuqori bosim ostida M. kabi oʻtkazuvchi modifikatsiyalari mavjudligi aniqlangan. Bundan tashqari, yuqori bosim ostida barcha moddalar ham metallik xossalarini namoyon qilishi mumkin. Shu sababli, u yoki bu elementni M.ga yoki metallmaslarga taallukli ekanligini belgilashda uning nafaqat fizik xossalarini, balki kimyoviy xossalarini ham hisobga olish zarur. M. kimyoviy reaksiyalarga elektronlar donorlari sifatida kirishadi, birikmalarda yoki eritmalarda musbat zaryadli ionlar hosil qiladi. M.ning elektromanfiyligi metallmaslarning elektromanfiyligidan pastroq boʻladi. Koʻpchilik M. vodorod, galogenlar, xalkogenlar bilan faol reaksiyaga kirishadi. Ishqoriy va ishqoriy yer metallar suv bilan oddiy temperaturalarda, rux va temir kabi M. esa suv bugʻi bilan yuqori temperaturalarda reaksiyaga kirishadi. Azot bilan qator M., mas, litiy xona temperaturasida, magniy, sirkoniy, gafniy, titan esa qizdirilganda reaksiyaga kirishadi. Metall oʻziga qaraganda aslroq metallni oʻsha metall tuzi eritmasidan siqib chiqaradi. Bu xossalarga asoslanib, barcha M. ku-yidagicha joylashadi (Beketov qatori): Li, K, Sa, Na, Mg, Al, Mn, Zn, Fe, Cd, Co, Ni, Sn, Pb, H2, Cu, Ag. Hg, Au. Fizik xossalari. Koʻpchilik M. oddiy kub va geksagonal kristall tuzilishda, baʼzi M. murakkab kristall panjara tuzilishida boʻladi. Koʻpchilik M. tashqi sharoitga (tra, bosim) koʻra, ikki yoki undan koʻp modifikatsiyada boʻlishi mumkin. M.ning suyukdanish temperaturalari — 38,87° dan (Hg) 3380° gacha (W), zichligi 0,531 g/sm3 dan (Li) 22,5 g/sm3 gacha (Os). M. oʻziga xos optik, termik, mexanik, elektrik va boshqa bir necha xossalarga ega; chunonchi, suyukdanish va qaynash temperaturasining yuqoriligi, sirtidan yorugʻlik va tovushni qaytishi, issiq va elektrni yaxshi oʻtkazishi, zarba taʼsiridan yassilanishi va choʻzilishi koʻpchilik M.ning eng muhim fizik xossasidir.
Zichligi 5 dan kichik M. yengil, 5 dan kattalari — ogʻir M. deyiladi. Temir va uning qotishmalari qora M., qolganlari rangli M. deb yuritiladi. Asl M. bunga qaramaydi. Nodir M. jumlasiga vanadiy, molibden, berilliy, indiy, sirkoniy, lantan, niobiy, tantal, reniy, germaniy, galliy, talliy va boshqa kiradi. "Nodir M." degan ibora shartli ibora boʻlib, sof metall ajratib olish usullarining qanchalik takomillashganiga bogʻliq; bir vaqtlar "nodir" deb hisoblangan titan endilikda "nodirlar" jumlasigakirmaydi (M.ning kimyoviy va fizik xossalari haqida metall elementlarga oid maqolalarga qarang). M.ning baʼzi birikmalarida (qotishmalarda ham) metall bogʻlanish (metallni hosil qiluvchi zarralar orasidagi bogʻlanish) saqlanib qoladi. M. tabiatda erkin va kimyoviy birikmalar holida uchraydi. Asl M. (oltin, platina, kumush), baʼzan mis, qalay va simob sof holda topiladi.
Olinishi. Sanoat miqyosida sof metall olish uchun yaroqli tabiiy xom ashyo — metalli ruda nomi bilan yuritiladi. Rudalarga, koʻpincha, qoʻshimcha jinslar — loy, qum, ohaktosh va h.k. aralashgan boʻladi. Shu sababli rudani qayta ishlashdan avval uni bu jinslardan tozalash, boshqacha aytganda, rudani boyitish lozim. Boyitilgan ruda "konsentrat" deb ataladi. Koʻpchilik rudalar flotatsiya usulida boyitiladi. M. rudalarining birinchi turkumi tabiiy M. boʻlsa, ikkinchisi — oksidli rudalar hisoblanadi. Oksidli rudalarga qizil temirtosh Gʻe2 O3, qoʻngʻir temirtosh Fe2O33H2O, magnit temirtosh Fe3O4, boksit A12O3-2N,O, pirolyuzit MpO2, qalaytosh SnO2, vismut oxrasi BiO3 kiradi. Yer poʻstining chu-qurroq qismlarida M.ning sulfidli rudalari uchraydi, mas, mis kolchedani CuFeS2, mis yaltirogʻi Cu2S, kinovar HgS, qoʻrgʻoshin yaltirogʻi PbS, ruxyaltirogʻi ZnS va h.k. Baʼzan bir necha M.ning sulfidlari aralash xrlda uchrab, polimetall rudani tashkil qiladi. Baʼzi M. xloridlar, sulfatlar, karbonatlar va fosfatlar bilan birga boʻladi, baʼzilari silikatlar tarkibiga kiradi. M. Yer pustila bir xilda tarqalmagan. Yer poʻstida massa jihatidan alyuminiy 8,05%, temir 4,65%, kalsiy 2,96%, natriy 2,5%, kaliy 2,5%, magniy 1,85% boʻlsa, qolgan barcha M. Yer pusti massasining juda oz qismini (qariyb 0,2% ni) tashkil qiladi.
1958-yilda Oʻzbekistonda avitsenit (tarkibida talliy va temir oksidi bor) minerali, keyinroq Olmaliq xududining polimetallik minerallarini tekshirish jarayonida b i r u nit, nasledovit minerallari topildi. Tarkibida vanadiy va uran M.i boʻlgan tuyamunit minerali [Ca(UO2)2(VO4)2nH2O] ham Oʻzbekistonda topilgan.
Rudalardan M.ni sof holda olish ishi texnikada qaytarish, termik parchalash, almashinish jarayonlari natijasida metallurgiyaning turli tarmoqdari (pirometallurgiya, gidrometallurgiya va elektrometallurgiya)da amalga oshiriladi. Oʻta sof M. olish uchun moddalarni vaku-umda haydash usulidan ham foydalaniladi. Keyingi yillarda zonalar boʻylab suyuklantirish usuli koʻp qoʻllanilmoqda. Bu usul asosida (elektron-nurli lampalar bilan qizdirib) niobiy, tantal, volfram va boshqa M. yot moddalardan tozalanadi. M. sof holda kamdankam ishlatiladi. Koʻpincha, qotishma holida qoʻllaniladi. Mac, choʻyan, poʻlat, jez, bronza, konstantan, melxior, nixrom va boshqa Atmosfera sharoitida M. yemiriladi (korroziyaga uchraydi). Metall buyumlarni yemirilishdan saqlash muqim ahamiyatga ega. Maxsus zanglamaydigan poʻlatlar tayyorlash usulining topilishi bu masalani hal qilishga yordam beradi. M. turmushda, qurilishda, kosmonavtika, kemasozlik, mashinasozlik, samolyotsozlikda va boshqa koʻp sohalarda ishlatiladi (ya na q. Metallarni ishlash).
Mavzuni bayon qilish yuzasidan metodik tavsiyanoma.
Darslardagi asosiy vazifalar chilangarlik, zargarlik, pichoqchilik kasblarida
qo’llaniladigan ish usullari haqida ma`lumotlar berish va ulardan nimalar
yasalishini o’rgatishdan iboratdir.
O’quvchilar chilangarlik, zargarlik, pichoqchilik kasblari to’g’risida bilgan
ma`lumotlarini ularning afzalliklarini yasashni bilishlari to’g’risida mavzuda
baYon etsa maqsadga muvofiq bo’ladi.
Chilangarlik, zargarlik, pichoqchilik kasblarida qo’llaniladigan ish usullari
haqida ma`lumotlar berishdan tashqari, chilangarlik, zargarlik, pichoqchilik
kasblari milliy hunarmandchilik ekanligi ularning tarixini aytib o’tish va
o’quvchilar shular haqida ma`lumotlarni o’zlashtirsa maqsadga muvofiq bo’ladi.
Odatda ko’pchilik o’quvchilar ular haqida muayyan ma`lumotlarga ega
bo’lish bilan birga ayrim o’quvchilar ularning tarixi, yasash usullarini ham bajara
oladilar. Shuning uchun mavzuning turmushga ahamiyati chilangarlik, zargarlik, pichoqchilik kasblari to’g’risida bilganlarni umumiy suhbat tarzda baholash kerak. O’quvchi o’zlari bilganlaricha chilangarlik, zargarlik, pichoqchilik kasblarida qo’llaniladigan ish usullari, turlari va vazifalari ularning eskirish sabablari, ishlashdagi tartib qoidalari, texnika xavfsizligi chora tadbirlarini Yoddan
chiqarmasligi lozimligi qayd etish lozimdir.
O’quvchilar olingan bilimlarini mustahkamlash maqsadida laboratoriya
xonalaridagina
foydlaniladigan
chilangarlik,
zargarlik,
pichoqchilikda
120
ishlatiladigan asboblar bilan cheklanib qolmasdan balki ishlab chiqarish
korxonalariga ekskurtsiyalar uyushtirish maqsadga muvofiqdir.
Olingan bilimlarni mustahkamlash maqsadida o’quvchilarga ko’rgazmali
tarzda darsni tashkil etish kerak. O’quvchilarning qiziqishlarini oshirish maqsadida
darslarni yangi pedagogik va informatsion texnologiyalardan foydalangan holda
o’tish lozim. Bundan tashqari xar xil gazeta va jurnallardagi yangiliklardan
foydalangan holda mavzuni yoritish tavsiya qilinadi.
Darsning borishi
1. Tashkiliy qism. (5 daqiqa).
Darsga o’qituvchi kirib keladi va o’quvchilar bilan salomlashib, navbatchini
aniqlaydi, xona tozaligini tekshirib bo’lgach, davomatni aniqlaydi.
2. O’tgan dars mavzusi va yangi mavzu uchun zaruriy materiallarni
takrorlash ( 10 daqiqa).
O’quvchilar javoblari umumlashtirilib va yangi mavzu yuzasidan Yo’l-
Yo’riqlar beriladi.
3. Yangi mavzu yuzasidan yo’l-yo’riqlar (45 daqiqa).
Yangi mavzuni tushuntirish uchun reja beriladi va rejaga asosan
tushuntiriladi.
Mavzu: Chilangarlik, zargarlik, pichoqchilik kasblarida qo’llaniladigan ish
usullari mavzusini o’qitish metodikasi.
REJA:
1. Chilangarlik, zargarlik, pichoqchilik kasblarida qo’llaniladigan ish usullari.
2. Chilangarlik, zargarlik, pichoqchilik kasblari tarixi va ularning ishlatish.
Pichoqchilik san`ati deganda biz pichoq yasash kasbini tushunamiz. Pichoq
bobolarimiz uchun qadimdan tirikchilik vositasi bo’lib, xizmat qilgan. Hozirgi
vaqtda pichoq yasash san`ati xalq amaliy san`ati qatorida e`zozlanib kelinayotir.
Nodir pichoqlar yasashda o’zbek pichoqsoz ustalarining oldiga tushadigan usta
kam topilgan. Pichoq yasash boshlang’ich paleolit davridayoq ma`lum bo’lgan.
Temir davrida hunarmandchilik paydo bo’lgan va rivojlangan. Mis va bronzadan
pichoq yasash bronza davriga kelib avj olgan. Temirning kashf etilishi
pichoqchilik san`ati taraqqiYotida katta burilish bo’ldi. Gesiodning «Mehnat va
kunlar», Gomerning «Iliada» asarlarida pichoqning xo’jalikdagi roli haqida batafsil
baYon etilgan. O’rta Osiyoda pichoqchilikning eng rivojlangan joyi arab
mamlakatlari bo’lgan, Ispaniya va Italiyada esa tez o’sib rivojlanib ketgan.
Pichoqlar turlari.
XVI asrda Germaniya, Angliya, Avstriya, Frantsiyalarda pichoqchilikni kasb
sifatida taqdirlab, pichoqni oshxonalarda ishlatishgan.
Keyinchalik pichoqchilikning o’ziga xos maktablari paydo bo’ldi. Farg’ona
vodiysi, Samarqand, Buxoro, Toshkent, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo
qadimdan pichoqchilik markazlari bo’lib, ular o’zining ishlash texnologiyasi,
shakli, katta-kichikligi va bezaklari bilan farq qilgan.
O’rta Osiyoda qadimdan metallni qayta ishlash, ya`ni hunarmandchilik
qurollari ishlab chiqarish uchun sharoit deyarli mavjud edi. Misning tabiiy
zapaslari, kumush, qo’rg’oshin, alyuminiy kabi materiallar juda ko’p edi.
121
Hunarmandlar qadimdan bir-biri bilan birikib bir mahallada yashaganlar,
shuning uchun mahallalarining nomi ko’pchilik qaysi hunar bilan shug’ullansa shu
nom bilan yurgizilgan. Masalan, zargarlik bilan shug’ullansa zargarlik (zargaron),
misgarlik bilan shug’ullansa misgarlik (misgaron) va hokazo mahallalar deb
yuritilgan. Buxoroda «So’fikordgar» qishlog’ining nomi hali ham saqlanib qolgan.
U erda hozir ham pichoqsozlar avlodi yashaydi. O’rta Osiyo territoriyasidagi
viloyatlarda bunday mahallalar ko’p bo’lgan. Pichoqdan kesuvchi asbob tariqasida
kunda foydalanilsa, qadimda O’rta Osiyoda erkaklarning eng zarur ish quroli,
bezagi tariqasida foydalanilgan. Pichoqlarni badiiy bezash ham katta rol o’ynagan.
Shuning uchun ham sharq madaniyatining eng yaxshi an`analarini qayta tiklash va
o’zlashtirish natijasida O’zbekiston jumhuriyatidagi pichoqsozlar milliy pichoqni
san`at darajasiga ko’targanlar.
Labaratoriya mashg’ulotida egallashi lozim bo’lgan
kompetentligi.
Talabaning
kasbiy
kompetentligining
shakllanganlik
darajasi.
Tizimli ravishda fikrlay olish
Tanqidiy fikrlashga qodirlik
Noan`anaviy (nostandart) fikrlay olish
Mantiqiy fikrlay olish taqqoslay olish
Amaliy fikrlay olish
Jamoaviy fikrlashga qodirlik
O’z vaqtini rejalashtirish va tashkillashtira olish
Muammolarning eChimini topa bilish
Qarorlarni qabul qilishga qodirlik
Kompyuter savodxonligi
Og’zaki muloqot madaniyati
Innovatsion faoliyatga qodirlik
Natijani ko’zlash
Mavzu:Qora metallarning asosiy mexanik xossalari, qattiqlik, elastiklik,
plastiklik va mo’rtlik mavzusini o’qitish metodikasi.
Dars maqsadi:
Ta`limiy: Qora va rangli metallar ishlab chiqarishi haqida
umumiy ma`lumotlar berish;
Tarbiyaviy: mavzuning texnik xavfsizlik qoidalari, sanitariya gigiena
talablariga rioya etishga o’rgatish;
Rivojlantiruvchi: o’quvchilarni bilim va ko’nikmalarni shakllantirish,
ijodkorlikka Yo’naltirish, ilmiy izlanishga o’rgatish;
Dars tipi: ko’nikma va malakalarni shakllantirish.
Dars turi: laboratoriya
Dars metodlari: amaliy, ko’rgazmali, savol-javob.
Fanlararo bog’lanish: mashinasozlik yo’nalishidagi mutaxassislik fanlar,
materiallarga ishlov berish, asboblar va dastgohlar, o’quv ustaxonalarida kasb
ta`lim amaliyoti, konstruktsion materiallar texnologiyasi, fizika, pedagogika,
pedagogik mahorat, psihologiya, axborot texnologiyalari.
122
Moddiy-texnik jihatdan jihozlash va ko’rgazmali qurollar: ko’rgazmali
qurollar va tarqatma materiallar: randalash keskichlari, yig’ma egilgan randalash
keskichi, mavzuga oid adabiyotlar, dars o’tishga oid o’quv-uslubiy qo’llanmalar,
laboratoriya ishi yo’riqnomalari.
Mavzu yuzasidan tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1. Avazboeva O.I., Isyanov R.G., Odilboev X. Mehnat ta`limi uslubiYotidan
amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari. Toshkent, TDPU. 1995.
2. Davlatov K. Mehnat va kasb ta`limi tarbiyasi hamda kasb tanlash nazariyasi
va metodikasi. – T.: «O’qituvchi», 1992.
3. Davlatov K. Mehnat va kasb ta`limi, tarbiyasi hamda kasb tanlash
nazariyasi va metodikasidan amaliy mashg’ulotlar: Pedagogika instituti talabalari
uchun qo’llanma. – T.: «O’qituvchi», 1995.
4. Boltaboev S.A., Magdiev O.Sh. Mehnat va kasb ta`limi metodikasidan
amaliy mashg’ulotlar (Metodik qo’llanma). T.: TDPU, 2002.
5. Sharipov Sh.S. va b. Pedagogik amaliyot (metodik qo’llanma). T.: TDPU,
2006.
6. Sharipov Sh.S., Jalilov T. Xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish
sanitariyasi qoidalari. metodik yo’riqnoma. Toshkent-2002.
7. Boltaboev S.A., Magdiev O.Sh., Sattorov V.N., Avazboev O.I. Mehnat va
kasb ta`limi metodikasidan o’quv mashg’ulotlari. Uslubiy qo’llanma. 2002.
8. Iskandarov A.S. Materiallarni kesib ishlash, kesuvchi asboblar va stanoklar.
o’quv qo’llanma. Toshkent-2004.
Mavzuni bayon qilish yuzasidan metodik tavsiyanoma.
Darslardagi asosiy vazifalar qora va rangli metallar ishlab chiqarish haqida
umumiy ma`lumotlarni qora va rangli metallar haqida to’liq tushunchalarga ega
bo’lishni o’rganishdan iborat.
Bundan tashqari qora va rangli metallarni sanoatda keng ko’lamda
ishlatilishini, ba`zi hollarda rangli metallar o’rniga qora metallar yoki metalmas
materiallardan foydalanishni aytib o’tish maqsadga muvofiqdir.
Odatda rangli metallarning xossalari, ulardan misning korroziyabardoshligi,
alyuminiyning samolyotsozlikda, avtomobil, vagansozlikda, asbobsozlikda
ishlatilishiga tuxtalish maqsadga muvofiqdir.
Temir va rangli metallarning korroziyadan va saqlashning quyidagi usullari
ya`ni
metall
qoplamlar,
ximiyaviy
himoya,
elektroximiyaviy
himoya,
metalmaslardan qoplamlardan foydalanish mumkinligini aytish muhimdir.
Odatda, ko’pchilik o’quvchilar qora va rangli metallarni namunalaridan
farqlashni ularning ishlatilishini, mavzuga tayangan holda, ular turmushdagi
ahamiyatiga to’xtalish maqsadga muvofiqdir.
O’quvchilarning bilim darajalarini aniqlash maqsadida ularga «Aqliy hujum»
metodidan foydalanib savollar beriladi va ularning javoblari eshitiladi va
umumlashtiriladi. Shundan so’ng mavzuga doir ma`lumotlarni berish taklif
qilinadi. Bulardan tashqari o’quvchilarni ekskursiyalarga ya`ni metalla ishlab
chiqarish korxonalariga, maxalliy sharoitga qarab konlarga olib borish
o’quvchilarni nazariy olgan bilimlarini amaliyotda qo’llash imkonini beradi.
Darsning borishi
123
1. Tashkiliy qism (5 daqiqa). Darsga o’qituvchi kirib keladi va o’quvchilar
bilan salomlashib, navbatchini aniqlaydi, xona tozaligini tekshiradi va davomatni
aniqlaydi.
2. O’tgan dars mavzusi va yangi mavzu uchun zaruriy materiallarni takrorlash
( 10 daqiqa).
3. Yangi mavzu yuzasidan yo’l-yo’riqlar. (45 daqiqa).
Yangi mavzuni tushuntirish uchun reja beriladi va rejaga asosan
tushuntiriladi.
Mavzu: Qora metallarning asosiy mexanik xossalari, qattiqlik, elastiklik,
plastiklik va mo’rtlik mavzusini o’qitish metodikasi.
REJA:
1. Qora metlalarning turmushdagi o’rni.
2. Qora metallarning asosiy xosssalari qattiqligi.
3. Qora metallarning elastkligi va plastikligi.
Turmush, ishlab chiqarish va ro’zg’or buyumlarining aksariyat ko’pchiligini
metallar tashkil qiladi.
Cho’yan, po’lat kabilar qora metallar turiga kiradi. Yupqa list metall po’latdan
tayyorlanadi. Tunuka 0,5 mm qalinlikda bo’ladi. Yupqa list metalldan konserva va
bo’yoq bankalari, bolalar o’yinchoqlari, turli qutilar va shunga o’xshash buyumlar
tayyorlanadi.
Simlardan mix, to’r, prujina, turli ilgaklar va hokazolarni yasash mumkin.
Metallar rangli va qora metallarga bo’linadi. qora metallarga cho’yan va
po’lat kiradi. Ular temir va uglerodning qotish-masidan iborat bo’ladi. Sof
temirdan kam foydalaniladi. Temir va uglerod qotishmasida uglerod mikdori 1,7%
dan kam bo’lsa, po’lat va shundan ko’p bo’lsa, cho’yan )hisoblanadi.
Rangli metallarga mis, alyuminiy, rux, qalay, oltin, nikel va boshqalar kiradi.
Listli metallar 0,5 dan 2 mm gacha qalinlikdagi yupqa me-tallardan iboratdir.
Metall listlar sirtining qalay bilan qoplanishi va qoplanmasligiga qarab oq va qora
metallarga bo’linadi. qora metall listidan texnik maqsadlarda foydalaniladi, yupqa
oq metallar esa ko’proq uy-ro’zg’or buyumlari tayyorlash uchun ishlatiladi.
Cho’yan va po’lat
qora metallarning asosiy tarkibiy qismini temir tashkil qiladi. Ularning
tarkibida temirdan boshqa ximiyaviy element-lar ham mavjud. qora metallar
mashinasozlikda eng ko’p qo’llaniladigan arzon materialdir. qora metall materiali
qotishma-laridan cho’yan va po’lat olinadi.
Cho’yan deb tarkibida temir bilan 1,7% dan ortiq uglerod, kremniy,
marganets, fosfor, oltingugurt bo’lgan metall qotishmasiga aytiladi. Cho’yan
quymachilik materiali bo’lib, u domna pechlarida temir rudalaridan eritib olinadi.
Cho’yan ishlab chiqarishda temir rudalari, koks va flyuslar yordamida eritishni va
keraksiz moddalarni ajratib chiqarishini osonlashtiriladi. Cho’yan kulrang, oq va
bolg’alanuvchi turlarga ajraydi.
Kulrang cho’yanni sindirib qaralsa, uning to’q kulrang tusli ekani yaqqol
ko’rinadi. Kulrang cho’yanni yaxshi kesib ishlatish mumkin. Undan mashina va
stanoklarning staninalari tayyorlanadi. Kulrang cho’yan juda mo’rtligi uchun uni
124
payvand qilib bo’lmaydi va undan uriladigan, cho’ziladigan, egiladigan detallar
tayyorlash mumkin emas.
Po’lat deb temir bilan uglerodning turli qotishmalariga ay-tiladi. Uning
tarkibida 1,7% uglerod, bundan tashqari uning mexanik xususiyatlarini ancha
o’zgartiradigan boshqa qo’shimcha elementlar ham bo’ladi. Po’lat marten,
konverter va elektr pechlarida ishlab chiqariladi. Po’latning markalari quyidagicha:
Konstruktsion po’latlar: ST. 0, ST). 1, ST. 2, ST. 3, ST. 4,
ST. 5, ST. 6.
Asbobsozlik po’latlari: U7, U8, U9, U10, U11, U12, U13; yuqo-
ri sifatlilari: U7A, U8A, U9A, UYUA, UNA, U12A, U13A.
Elastiklik deb metall materialining tashqi kuch ta`sirida o’z shaklini
o’zgartirishi, kuch ta`siri to’xtagach, o’z shaklini qayta tiklay olishiga aytiladi.
Metallarning zlastikligi metall turiga qarab xar xil bo’ladi. Materiallarning tashqi
kuchlar ta`siri ostida sinmay o’z shaklini o’zgartirishi, kuch ta`siri to’xtagandan
keyin ham o’zgargan shaklini saqlashi plas-tiklik deb ataladi. Plastik metallarning
aksi bo’lgan mo’rt metallar tashki kuch ta`siri ostida shaklini o’zgartirmay sina-di.
Texnikada metallning mustahkamligi bilan birga ma`lum darajada plastik bo’lishi
ham jatta ahamiyatga ega.
4. Yangi o’quv materialini mustahkamlash va o’quvchilar bilimini baholash.
(10 daqiqa).
Savollar:
1. Qora metallarga qaysi metallar kiradig’
2. Qora metallarning xossalari to’g’risida ma`lumotlar beringg’
3. Qora metallarning qattiqligi elastikligi ularni qayerlarda ishlatiladig’
O’quvchilarga yuqoridagi savollar beriladi va savollar berishlari so’raladi,
javoblar umumlashtiriladi.
5. Darsni yakunlash (10 daqiqa).
a) Uyga vazifa berish;
O’tilgan mavzu yuzasidan qo’shimcha adabiYotlardan foydalanib mavzuni
mustahkamlab tayyorlanib, mavzu bo’yicha 10 ta test to’zib kelish.
b) Darsni tugatish.
Labaratoriya mashg’ulotida egallashi lozim bo’lgan
kompetentligi.
Talabaning
kasbiy
kompetentligining
shakllanganlik
darajasi.
Tizimli ravishda fikrlay olish
Tanqidiy fikrlashga qodirlik
Noan`anaviy (nostandart) fikrlay olish
Mantiqiy fikrlay olish taqqoslay olish
Amaliy fikrlay olish
Jamoaviy fikrlashga qodirlik
O’z vaqtini rejalashtirish va tashkillashtira olish
Muammolarning eChimini topa bilish
Qarorlarni qabul qilishga qodirlik
Kompyuter savodxonligi
125
Og’zaki muloqot madaniyati
Innovatsion faoliyatga qodirlik
Natijani ko’zlash
Mavzu:Tokarlik-vint qirqish stanogining vazifasi, qo’llanilishi umumiy
to’zilishi, asosiy qismlari va ularning vazifasi umumiy to’zilishi mavzusini
o’qitish metodikasi.
Dars maqsadi:
Ta`limiy: o’quvchilarga tokarlik vint-qirqish stanogi to’zilishi haqida
ma`lumotlar, umumiy tushunchalar berish;
Tarbiyaviy: ushbu mavzuning texnik xavfsizlik qoidalari, mavzuga doir
e`tibor berilishi zarur bo’lgan tarbiyaviy xususiyatlar bilan tanishtirish;
Rivojlantiruvchi: o’quvchilarning ko’nikma va malakalarini shakllantirish,
fikrlashga, ilmiy izlanishga, ijodkorlikka Yo’naltirish.
Dars tipi: ko’nikma va malakalarni shakllantirish
Dars turi: laboratoriya
Dars metodlari: amaliy, ko’rgazmali, savol-javob.
Fanlararo bog’lanish: mashinasozlik yo’nalishidagi mutaxassislik fanlar,
materiallarga ishlov berish, asboblar va dastgohlar, o’quv ustaxonalarida kasb
ta`lim amaliyoti, konstruktsion materiallar texnologiyasi, fizika, pedagogika,
pedagogik mahorat, psihologiya, axborot texnologiyalari.
Moddiy-texnik jihatdan jihozlash va ko’rgazmali qurollar: ko’rgazmali
qurollar va tarqatma materiallar: 1K62 metall qirqish stanogi tushirilgan plakat,
metallarga kesib ishlov berish asboblari, kechkichlar, egovlar, metall namunalari,
mavzuga oid adabiyotlar, dars o’tishga oid o’quv-uslubiy qo’llanmalar,
laboratoriya ishi yo’riqnomalari.
Mavzu yuzasidan tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1. Avazboeva O.I., Isyanov R.G., Odilboev X. Mehnat ta`limi uslubiyotidan
amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari. Toshkent, TDPU. 1995.
2. Davlatov K. Mehnat va kasb ta`limi tarbiyasi hamda kasb tanlash nazariyasi
va metodikasi. – T.: «O’qituvchi», 1992.
3. Davlatov K. Mehnat va kasb ta`limi, tarbiyasi hamda kasb tanlash
nazariyasi va metodikasidan amaliy mashg’ulotlar: Pedagogika instituti talabalari
uchun qo’llanma. – T.: «O’qituvchi», 1995.
4. Boltaboev S.A., Magdiev O.Sh. Mehnat va kasb ta`limi metodikasidan
amaliy mashg’ulotlar (Metodik qo’llanma). T.: TDPU, 2002.
5. Sharipov Sh.S. va b. Pedagogik amaliyot (metodik qo’llanma). T.: TDPU,
2006.
6. Sharipov Sh.S., Jalilov T. Xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish
sanitariyasi qoidalari. Metodik yo’riqnoma. Toshkent-2002.
7. Boltaboev S.A., Magdiev O.Sh., Sattorov V.N., Avazboev O.I. Mehnat va
kasb ta`limi metodikasidan o’quv mashg’ulotlari. uslubiy qo’llanma. 2002.
8. Iskandarov A.S. Materiallarni kesib ishlash, kesuvchi asboblar va stanoklar.
o’quv qo’llanma. Toshkent-2004.
Mavzuni bayon qilish yuzasidan metodik tavsiyanoma.
126
Stanoklarning tokarlik-vint qirqish stanogi turi haqida ma`lumotlar berish
uchun avvalo o’qituvchining o’zi etarli bilim, ko’nikma va malakaga ega bo’lishi
lozim. Mavzuni o’qitishni o’qituvchi ustaxonada tashkil qilsa maqsadga muvofiq
bo’ladi. Chunki stanokning to’zilishini tushuntirib berish uchun stanokning o’zi
ko’rgazma sifatida qo’llanilsa, o’quvchilar ongiga chuqurroq etib borishga zamin
yaratadi. Bundan tashqari o’qituvchi o’quvchilarga plakatlar yordamida, tokarlik
vint-qirqish stanogi detallarini alohida-alohida ko’rsatib o’tsa tushunarliroq
bo’ladi. Bundan tashqari o’qituvchi darsda pedagogik texnologiya elementlaridan
foydalansa maqsadga muvofiq bo’ladi.
Darsning borishi
1. Tashkiliy qism (5 daqiqa). Darsga o’qituvchi kirib keladi va o’quvchilar
bilan salomlashib, navbatchini aniqlaydi, xona tozaligini tekshirib bo’lgach,
davomatni aniqlaydi.
2. O’tgan dars mavzusi va yangi mavzu uchun zaruriy materiallarni
takrorlash (10 daqiqa).
3. YAngi mavzu yuzasidan yo’l-yo’riqlar .(45 daqiqa).
YAngi mavzuni tushuntirish uchun reja beriladi va rejaga asosan
tushuntiriladi.
Mavzu: Tokarlik-vint qirqish stanogining vazifasi, qo’llanilishi umumiy
to’zilishi, asosiy qismlari va ularning vazifasi.
REJA:
1. Tokarlik – vint qirqish stanogining vazifasi, qo’llanilishi.
2. Tokarlik – vint qirqish stanogining umumiy to’zilishi.
3. Tokarlik – vint qirqish stanogining asosiy qismlari va ularning vazifalari.
Tokarlik vint qirqish stanogi 1 – rasmda berilgan.
1- rasm. Tokarlik vint-qirqish stanogi.
Tokarlik – vint qiriqsh stanogi yassi yuzali qilib yasalgan, staninaning
Yo’naltiruvchilari aniq va to’g’ri chiziqli hamda bir-biriga parallel qilib ishlanadi.
Oldingi babka ishlanayotgan detalni maxkamlash va unga aylanma harakat
uzatish uchun xizmat qiladi. Oldingi babkaga tezliklar qutisi va shpindel montaj
qilingan bo’ladi. Oldingi babkaning eng muhim qismi shpindeldir. Shpindel
127
ishlanayotgan detalga kulachokli yoki povodokli patron yordamida aylanma
harakat uzatadi. Patron shpindelning rezbali uchiga burab mahkamlanadi.
Shpindelni aylantirish uchun, shuningdek, uning aylanishlar sonini o’zgartirish
uchun oldingi babka korpusida maxsus mexanizm bo’ladi.
Tokarlik stanoklarida ana shunday mexanizm vazifasini tezliklar qutisi
bajaradi. Tezliklar qutisi oldingi babkaning cho’yandan yasalgan korpusi ichiga
o’rnatilgan bo’lib, u bir necha shesternya, val va boshqa detallardan iborat.
Tezliklar qutisi stanokda ishlanadigan zagotovkaning diametri va qattiqligi,
qirindining qalinligi, keskichning materiali va boshqa faktorlarga qarab,
zagotovkaning aylanish tezligini, shuningdek, shpindelning tezligini oshirish yoki
pasaytirish uchun xizmat qiladi. Tezliklar qutisi alohida elektr dvigatel bilan
harakatga keltiriladi.
Stanokning surish mexanizmi surish yo’nalishini o’zgartirish uchun xiemat
qiladigan reversiv mexanizm; almashtiriluvchi shesternyalar o’rnatilgan gitara;
surish vintidan iborat. Surish mexanizmi stanokning asosiy qismi hisoblanadi.
Uning vazifasi shpindeldan supportga uzatilartgan aylanma xarakat uzatish sonini
o’zgartirishdan iborat.
4. Yangi o’quv materialini mustahkamlash va o’quvchilar bilimini baholash.
(10 daqiqa).
Adabiyot
Zaysev B. Ye., Obshiye fizicheskiye i ximicheskiye svoystva metallov, M., 1987.
Peksheva N. P., Ximiya metallov, Krasnoyarsk, 1987.
BobilevA. V., Mexanicheskiye i texnologicheskiye svoystva metallov, 2 izd., M., 1987.
Nusrat Parpiyev, Omonulla Xoʻjayev
Do'stlaringiz bilan baham: |