Kimyoviy xossalari. D. I. Mendeleyevning davriy sistemasidagi 118 kimyoviy elementning 96 tasi M., 22 tasi metallmasdir. Barcha M. ni "oddiy metallar", "oraliq metallar", "lantanoid va aktinoidlar" tashkil qiladi



Download 31,58 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi31,58 Kb.
#334310
Bog'liq
METAL


Metallar (yun. metalleuo — qaziyman, yerdan qazib olaman) — oddiy sharoitda yuqori elektr oʻtkazuvchanligi, issiq oʻtkazuvchanligi, elektr oʻtkazuvchanligi, elektr magnit toʻlqinlarini yaxshi qaytarishi, plastikligi kabi oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan oddiy moddalar. M. qattiq holatda kristall tuzilishda boʻladi. Bugʻ holatida esa bir atomlidir. M.ning oksidlari suv bilan birikkanida koʻpincha gidroksidlar (asoslar) ga aylanadi. M. elektron tuzilishi tu-fayligina yuqorida aytib oʻtilgan oʻziga xos xususiyatlarga ega. M. atomlari tashqi (valent) elektronlarini osonlikcha beradi. M.ning kristall panjarasida hamma elektron oʻz atomi bilan birikkan boʻlavermaydi. Ulardan baʼzilari harakatlanadi.

Kimyoviy xossalari. D. I. Mendeleyevning davriy sistemasidagi 118 kimyoviy elementning 96 tasi M., 22 tasi metallmasdir. Barcha M.ni "oddiy metallar", "oraliq metallar", "lantanoid va aktinoidlar" tashkil qiladi. Davriy sistemada asosiy guruhchalardagi metallar oddiy metallar (s- va r-elementlar), qoʻshimcha guruhchaga joylashgan metallar — oraliq metallar yoki (d- va f- elementlar) nomi bilan yuritiladi. Oddiy moddalarni metallar va metallmaslar deb shartli ravishda ikki guruhga boʻlinadi. Mac, Ge va Sb qaysi turkumga kirishi toʻgʻrisida yagona fikr mavjud emas. Lekin germaniyni yarimoʻtkazgich xossalariga ega boʻlgani uchun metallmas, surmani esa fizik xossalariga koʻra yarim metall boʻlsada, M. deb hisoblash toʻgʻriroqdir. Qalayning metall (Z-Sn) va yarim-oʻtkazgich (a-Sn) modifikatsiyalari bor. Germaniy, kremniy, fosfor va baʼzi metallmaslarning yuqori bosim ostida M. kabi oʻtkazuvchi modifikatsiyalari mavjudligi aniqlangan. Bundan tashqari, yuqori bosim ostida barcha moddalar ham metallik xossalarini namoyon qilishi mumkin. Shu sababli, u yoki bu elementni M.ga yoki metallmaslarga taallukli ekanligini belgilashda uning nafaqat fizik xossalarini, balki kimyoviy xossalarini ham hisobga olish zarur. M. kimyoviy reaksiyalarga elektronlar donorlari sifatida kirishadi, birikmalarda yoki eritmalarda musbat zaryadli ionlar hosil qiladi. M.ning elektromanfiyligi metallmaslarning elektromanfiyligidan pastroq boʻladi. Koʻpchilik M. vodorod, galogenlar, xalkogenlar bilan faol reaksiyaga kirishadi. Ishqoriy va ishqoriy yer metallar suv bilan oddiy temperaturalarda, rux va temir kabi M. esa suv bugʻi bilan yuqori temperaturalarda reaksiyaga kirishadi. Azot bilan qator M., mas, litiy xona temperaturasida, magniy, sirkoniy, gafniy, titan esa qizdirilganda reaksiyaga kirishadi. Metall oʻziga qaraganda aslroq metallni oʻsha metall tuzi eritmasidan siqib chiqaradi. Bu xossalarga asoslanib, barcha M. ku-yidagicha joylashadi (Beketov qatori): Li, K, Sa, Na, Mg, Al, Mn, Zn, Fe, Cd, Co, Ni, Sn, Pb, H2, Cu, Ag. Hg, Au. Fizik xossalari. Koʻpchilik M. oddiy kub va geksagonal kristall tuzilishda, baʼzi M. murakkab kristall panjara tuzilishida boʻladi. Koʻpchilik M. tashqi sharoitga (tra, bosim) koʻra, ikki yoki undan koʻp modifikatsiyada boʻlishi mumkin. M.ning suyukdanish temperaturalari — 38,87° dan (Hg) 3380° gacha (W), zichligi 0,531 g/sm3 dan (Li) 22,5 g/sm3 gacha (Os). M. oʻziga xos optik, termik, mexanik, elektrik va boshqa bir necha xossalarga ega; chunonchi, suyukdanish va qaynash temperaturasining yuqoriligi, sirtidan yorugʻlik va tovushni qaytishi, issiq va elektrni yaxshi oʻtkazishi, zarba taʼsiridan yassilanishi va choʻzilishi koʻpchilik M.ning eng muhim fizik xossasidir.

Zichligi 5 dan kichik M. yengil, 5 dan kattalari — ogʻir M. deyiladi. Temir va uning qotishmalari qora M., qolganlari rangli M. deb yuritiladi. Asl M. bunga qaramaydi. Nodir M. jumlasiga vanadiy, molibden, berilliy, indiy, sirkoniy, lantan, niobiy, tantal, reniy, germaniy, galliy, talliy va boshqa kiradi. "Nodir M." degan ibora shartli ibora boʻlib, sof metall ajratib olish usullarining qanchalik takomillashganiga bogʻliq; bir vaqtlar "nodir" deb hisoblangan titan endilikda "nodirlar" jumlasigakirmaydi (M.ning kimyoviy va fizik xossalari haqida metall elementlarga oid maqolalarga qarang). M.ning baʼzi birikmalarida (qotishmalarda ham) metall bogʻlanish (metallni hosil qiluvchi zarralar orasidagi bogʻlanish) saqlanib qoladi. M. tabiatda erkin va kimyoviy birikmalar holida uchraydi. Asl M. (oltin, platina, kumush), baʼzan mis, qalay va simob sof holda topiladi.

Olinishi. Sanoat miqyosida sof metall olish uchun yaroqli tabiiy xom ashyo — metalli ruda nomi bilan yuritiladi. Rudalarga, koʻpincha, qoʻshimcha jinslar — loy, qum, ohaktosh va h.k. aralashgan boʻladi. Shu sababli rudani qayta ishlashdan avval uni bu jinslardan tozalash, boshqacha aytganda, rudani boyitish lozim. Boyitilgan ruda "konsentrat" deb ataladi. Koʻpchilik rudalar flotatsiya usulida boyitiladi. M. rudalarining birinchi turkumi tabiiy M. boʻlsa, ikkinchisi — oksidli rudalar hisoblanadi. Oksidli rudalarga qizil temirtosh Gʻe2 O3, qoʻngʻir temirtosh Fe2O33H2O, magnit temirtosh Fe3O4, boksit A12O3-2N,O, pirolyuzit MpO2, qalaytosh SnO2, vismut oxrasi BiO3 kiradi. Yer poʻstining chu-qurroq qismlarida M.ning sulfidli rudalari uchraydi, mas, mis kolchedani CuFeS2, mis yaltirogʻi Cu2S, kinovar HgS, qoʻrgʻoshin yaltirogʻi PbS, ruxyaltirogʻi ZnS va h.k. Baʼzan bir necha M.ning sulfidlari aralash xrlda uchrab, polimetall rudani tashkil qiladi. Baʼzi M. xloridlar, sulfatlar, karbonatlar va fosfatlar bilan birga boʻladi, baʼzilari silikatlar tarkibiga kiradi. M. Yer pustila bir xilda tarqalmagan. Yer poʻstida massa jihatidan alyuminiy 8,05%, temir 4,65%, kalsiy 2,96%, natriy 2,5%, kaliy 2,5%, magniy 1,85% boʻlsa, qolgan barcha M. Yer pusti massasining juda oz qismini (qariyb 0,2% ni) tashkil qiladi.

1958-yilda Oʻzbekistonda avitsenit (tarkibida talliy va temir oksidi bor) minerali, keyinroq Olmaliq xududining polimetallik minerallarini tekshirish jarayonida b i r u nit, nasledovit minerallari topildi. Tarkibida vanadiy va uran M.i boʻlgan tuyamunit minerali [Ca(UO2)2(VO4)2nH2O] ham Oʻzbekistonda topilgan.

Rudalardan M.ni sof holda olish ishi texnikada qaytarish, termik parchalash, almashinish jarayonlari natijasida metallurgiyaning turli tarmoqdari (pirometallurgiya, gidrometallurgiya va elektrometallurgiya)da amalga oshiriladi. Oʻta sof M. olish uchun moddalarni vaku-umda haydash usulidan ham foydalaniladi. Keyingi yillarda zonalar boʻylab suyuklantirish usuli koʻp qoʻllanilmoqda. Bu usul asosida (elektron-nurli lampalar bilan qizdirib) niobiy, tantal, volfram va boshqa M. yot moddalardan tozalanadi. M. sof holda kamdankam ishlatiladi. Koʻpincha, qotishma holida qoʻllaniladi. Mac, choʻyan, poʻlat, jez, bronza, konstantan, melxior, nixrom va boshqa Atmosfera sharoitida M. yemiriladi (korroziyaga uchraydi). Metall buyumlarni yemirilishdan saqlash muqim ahamiyatga ega. Maxsus zanglamaydigan poʻlatlar tayyorlash usulining topilishi bu masalani hal qilishga yordam beradi. M. turmushda, qurilishda, kosmonavtika, kemasozlik, mashinasozlik, samolyotsozlikda va boshqa koʻp sohalarda ishlatiladi (ya na q. Metallarni ishlash).

Mavzuni bayon qilish yuzasidan metodik tavsiyanoma. 
Darslardagi  asosiy  vazifalar  chilangarlik,  zargarlik,  pichoqchilik  kasblarida 
qo’llaniladigan  ish  usullari  haqida  ma`lumotlar  berish  va  ulardan  nimalar 
yasalishini o’rgatishdan iboratdir.  
O’quvchilar  chilangarlik,  zargarlik,  pichoqchilik  kasblari  to’g’risida  bilgan 
ma`lumotlarini  ularning  afzalliklarini  yasashni  bilishlari  to’g’risida  mavzuda 
baYon etsa maqsadga muvofiq bo’ladi.  
Chilangarlik,  zargarlik,  pichoqchilik  kasblarida  qo’llaniladigan  ish  usullari 
haqida  ma`lumotlar  berishdan  tashqari,  chilangarlik,  zargarlik,  pichoqchilik 
kasblari  milliy  hunarmandchilik  ekanligi  ularning  tarixini  aytib  o’tish  va 
o’quvchilar shular haqida ma`lumotlarni o’zlashtirsa maqsadga muvofiq bo’ladi.  
Odatda  ko’pchilik  o’quvchilar  ular  haqida  muayyan  ma`lumotlarga  ega 
bo’lish bilan birga ayrim o’quvchilar ularning tarixi, yasash usullarini ham bajara 
oladilar.  Shuning  uchun  mavzuning  turmushga  ahamiyati  chilangarlik,  zargarlik, pichoqchilik kasblari to’g’risida bilganlarni umumiy suhbat tarzda baholash kerak.  O’quvchi o’zlari bilganlaricha chilangarlik, zargarlik, pichoqchilik kasblarida qo’llaniladigan  ish  usullari,  turlari  va  vazifalari  ularning  eskirish  sabablari, ishlashdagi  tartib  qoidalari,  texnika  xavfsizligi  chora  tadbirlarini  Yoddan 
chiqarmasligi lozimligi qayd etish lozimdir. 
O’quvchilar  olingan  bilimlarini  mustahkamlash  maqsadida  laboratoriya 
xonalaridagina 
foydlaniladigan 
chilangarlik, 
zargarlik, 
pichoqchilikda 

 
120 


ishlatiladigan  asboblar  bilan  cheklanib  qolmasdan  balki  ishlab  chiqarish 
korxonalariga ekskurtsiyalar uyushtirish maqsadga muvofiqdir. 
Olingan  bilimlarni  mustahkamlash  maqsadida  o’quvchilarga  ko’rgazmali 
tarzda darsni tashkil etish kerak. O’quvchilarning qiziqishlarini oshirish maqsadida 
darslarni  yangi  pedagogik  va  informatsion  texnologiyalardan  foydalangan  holda 
o’tish  lozim.  Bundan  tashqari  xar  xil  gazeta  va  jurnallardagi  yangiliklardan 
foydalangan holda mavzuni yoritish tavsiya qilinadi. 
Darsning borishi 
1. Tashkiliy qism. (5 daqiqa).  
Darsga  o’qituvchi  kirib  keladi  va  o’quvchilar  bilan  salomlashib,  navbatchini 
aniqlaydi, xona tozaligini tekshirib bo’lgach, davomatni aniqlaydi.  
2.  O’tgan  dars  mavzusi  va  yangi  mavzu  uchun  zaruriy  materiallarni 
takrorlash ( 10 daqiqa).  
O’quvchilar  javoblari  umumlashtirilib  va  yangi  mavzu  yuzasidan  Yo’l-
Yo’riqlar beriladi.  
  3. Yangi mavzu yuzasidan yo’l-yo’riqlar (45 daqiqa).  
Yangi  mavzuni  tushuntirish  uchun  reja  beriladi  va  rejaga  asosan 
tushuntiriladi. 
 
 Mavzu:  Chilangarlik,  zargarlik,  pichoqchilik  kasblarida  qo’llaniladigan  ish 
usullari mavzusini o’qitish metodikasi. 
 REJA: 
1. Chilangarlik, zargarlik, pichoqchilik kasblarida qo’llaniladigan ish usullari. 
2. Chilangarlik, zargarlik, pichoqchilik kasblari tarixi va ularning ishlatish.   
Pichoqchilik  san`ati  deganda  biz  pichoq  yasash  kasbini  tushunamiz.  Pichoq 
bobolarimiz  uchun  qadimdan  tirikchilik  vositasi  bo’lib,  xizmat  qilgan.  Hozirgi 
vaqtda  pichoq  yasash  san`ati  xalq  amaliy  san`ati  qatorida  e`zozlanib  kelinayotir. 
Nodir  pichoqlar  yasashda  o’zbek  pichoqsoz  ustalarining  oldiga  tushadigan  usta 
kam  topilgan.  Pichoq  yasash  boshlang’ich  paleolit  davridayoq  ma`lum  bo’lgan. 
Temir  davrida hunarmandchilik  paydo bo’lgan va rivojlangan.  Mis va bronzadan 
pichoq  yasash  bronza  davriga  kelib  avj  olgan.  Temirning  kashf  etilishi 
pichoqchilik  san`ati  taraqqiYotida  katta  burilish  bo’ldi.  Gesiodning  «Mehnat  va 
kunlar», Gomerning «Iliada» asarlarida pichoqning xo’jalikdagi roli haqida batafsil 
baYon  etilgan.  O’rta  Osiyoda  pichoqchilikning  eng  rivojlangan  joyi  arab 
mamlakatlari bo’lgan, Ispaniya va Italiyada esa tez o’sib rivojlanib ketgan. 
Pichoqlar turlari. 
XVI  asrda  Germaniya, Angliya, Avstriya, Frantsiyalarda  pichoqchilikni kasb 
sifatida taqdirlab, pichoqni oshxonalarda ishlatishgan.  
Keyinchalik  pichoqchilikning  o’ziga  xos  maktablari  paydo  bo’ldi.  Farg’ona 
vodiysi,  Samarqand,  Buxoro,  Toshkent,  Xorazm,  Qashqadaryo,  Surxondaryo 
qadimdan  pichoqchilik  markazlari  bo’lib,  ular  o’zining  ishlash  texnologiyasi, 
shakli, katta-kichikligi va bezaklari bilan farq qilgan. 
O’rta  Osiyoda  qadimdan  metallni  qayta  ishlash,  ya`ni  hunarmandchilik 
qurollari  ishlab  chiqarish  uchun  sharoit  deyarli  mavjud  edi.  Misning  tabiiy 
zapaslari, kumush, qo’rg’oshin, alyuminiy kabi materiallar juda ko’p edi. 

 
121 


Hunarmandlar  qadimdan  bir-biri  bilan  birikib  bir  mahallada  yashaganlar, 
shuning uchun mahallalarining nomi ko’pchilik qaysi hunar bilan shug’ullansa shu 
nom bilan yurgizilgan. Masalan, zargarlik bilan shug’ullansa zargarlik (zargaron), 
misgarlik  bilan  shug’ullansa  misgarlik  (misgaron)  va  hokazo  mahallalar  deb 
yuritilgan. Buxoroda «So’fikordgar» qishlog’ining nomi hali ham saqlanib qolgan. 
U  erda  hozir  ham  pichoqsozlar  avlodi  yashaydi.  O’rta  Osiyo  territoriyasidagi 
viloyatlarda bunday mahallalar ko’p bo’lgan. Pichoqdan kesuvchi asbob tariqasida 
kunda  foydalanilsa,  qadimda  O’rta  Osiyoda  erkaklarning  eng  zarur  ish  quroli, 
bezagi tariqasida foydalanilgan. Pichoqlarni badiiy bezash ham katta rol o’ynagan. 
Shuning uchun ham sharq madaniyatining eng yaxshi an`analarini qayta tiklash va 
o’zlashtirish  natijasida  O’zbekiston  jumhuriyatidagi  pichoqsozlar  milliy  pichoqni 
san`at darajasiga ko’targanlar.  
Labaratoriya mashg’ulotida egallashi lozim bo’lgan 
 kompetentligi. 
Talabaning 
kasbiy 
kompetentligining 
shakllanganlik 
darajasi. 

 
Tizimli ravishda fikrlay olish 

 
Tanqidiy fikrlashga qodirlik 

 
Noan`anaviy (nostandart) fikrlay olish 

 
Mantiqiy fikrlay olish taqqoslay olish  

 
Amaliy fikrlay olish 

 
Jamoaviy fikrlashga qodirlik 

 
O’z vaqtini rejalashtirish va tashkillashtira olish 

 
Muammolarning eChimini topa bilish 

 
Qarorlarni qabul qilishga qodirlik 

 
Kompyuter savodxonligi 

 
Og’zaki muloqot madaniyati 

 
Innovatsion faoliyatga qodirlik 

 
Natijani ko’zlash 
 
Mavzu:Qora metallarning asosiy mexanik xossalari, qattiqlik, elastiklik, 
plastiklik va mo’rtlik mavzusini o’qitish metodikasi. 
Dars maqsadi:  
Ta`limiy: Qora va rangli metallar ishlab chiqarishi haqida  
umumiy ma`lumotlar berish; 
Tarbiyaviy:  mavzuning  texnik  xavfsizlik  qoidalari,  sanitariya  gigiena 
talablariga rioya etishga o’rgatish; 
Rivojlantiruvchi:  o’quvchilarni  bilim  va  ko’nikmalarni  shakllantirish, 
ijodkorlikka Yo’naltirish, ilmiy izlanishga o’rgatish; 
Dars tipi: ko’nikma va malakalarni shakllantirish. 
Dars turi: laboratoriya 
Dars metodlari: amaliy, ko’rgazmali, savol-javob. 
Fanlararo  bog’lanish:  mashinasozlik  yo’nalishidagi  mutaxassislik  fanlar, 
materiallarga  ishlov  berish,  asboblar  va  dastgohlar,  o’quv  ustaxonalarida  kasb 
ta`lim  amaliyoti,  konstruktsion  materiallar  texnologiyasi,  fizika,  pedagogika, 
pedagogik mahorat, psihologiya, axborot texnologiyalari. 

 
122 


Moddiy-texnik  jihatdan  jihozlash  va  ko’rgazmali  qurollar:  ko’rgazmali 
qurollar  va  tarqatma  materiallar:  randalash  keskichlari,  yig’ma  egilgan  randalash 
keskichi,  mavzuga  oid  adabiyotlar,  dars  o’tishga  oid  o’quv-uslubiy  qo’llanmalar, 
laboratoriya ishi yo’riqnomalari.  
Mavzu yuzasidan tavsiya etiladigan adabiyotlar: 
1. Avazboeva O.I., Isyanov R.G., Odilboev X. Mehnat ta`limi uslubiYotidan 
amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari. Toshkent, TDPU. 1995. 
2. Davlatov K. Mehnat va kasb ta`limi tarbiyasi hamda kasb tanlash nazariyasi 
va metodikasi. – T.: «O’qituvchi», 1992. 
3.  Davlatov  K.  Mehnat  va  kasb  ta`limi,  tarbiyasi  hamda  kasb  tanlash 
nazariyasi va  metodikasidan  amaliy  mashg’ulotlar:  Pedagogika  instituti talabalari 
uchun qo’llanma. – T.: «O’qituvchi», 1995. 
 4.  Boltaboev  S.A.,  Magdiev  O.Sh.  Mehnat  va  kasb  ta`limi  metodikasidan 
amaliy mashg’ulotlar (Metodik qo’llanma). T.: TDPU, 2002. 
5. Sharipov Sh.S. va b. Pedagogik  amaliyot (metodik qo’llanma). T.: TDPU, 
2006.  
6.  Sharipov  Sh.S.,  Jalilov  T.  Xavfsizlik  texnikasi  va  ishlab  chiqarish 
sanitariyasi qoidalari. metodik yo’riqnoma. Toshkent-2002.  
7. Boltaboev S.A., Magdiev O.Sh., Sattorov V.N., Avazboev O.I. Mehnat va 
kasb ta`limi metodikasidan o’quv mashg’ulotlari. Uslubiy qo’llanma. 2002.  
8. Iskandarov A.S. Materiallarni kesib ishlash, kesuvchi asboblar va stanoklar. 
o’quv qo’llanma. Toshkent-2004. 
Mavzuni bayon qilish yuzasidan metodik tavsiyanoma. 
Darslardagi  asosiy  vazifalar  qora  va  rangli  metallar  ishlab  chiqarish  haqida 
umumiy  ma`lumotlarni  qora  va  rangli  metallar  haqida  to’liq  tushunchalarga  ega 
bo’lishni o’rganishdan iborat. 
Bundan  tashqari  qora  va  rangli  metallarni  sanoatda  keng  ko’lamda 
ishlatilishini,  ba`zi  hollarda  rangli  metallar  o’rniga  qora  metallar  yoki  metalmas 
materiallardan foydalanishni aytib o’tish maqsadga muvofiqdir.  
Odatda  rangli  metallarning  xossalari,  ulardan  misning  korroziyabardoshligi, 
alyuminiyning  samolyotsozlikda,  avtomobil,  vagansozlikda,  asbobsozlikda 
ishlatilishiga tuxtalish maqsadga muvofiqdir. 
Temir  va  rangli  metallarning  korroziyadan  va  saqlashning  quyidagi  usullari 
ya`ni 
metall 
qoplamlar, 
ximiyaviy 
himoya, 
elektroximiyaviy 
himoya, 
metalmaslardan qoplamlardan foydalanish mumkinligini aytish muhimdir. 
Odatda,  ko’pchilik  o’quvchilar  qora  va  rangli  metallarni  namunalaridan 
farqlashni  ularning  ishlatilishini,  mavzuga  tayangan  holda,  ular  turmushdagi 
ahamiyatiga to’xtalish maqsadga muvofiqdir. 
O’quvchilarning bilim darajalarini aniqlash maqsadida ularga «Aqliy hujum» 
metodidan  foydalanib  savollar  beriladi  va  ularning  javoblari  eshitiladi  va 
umumlashtiriladi.  Shundan  so’ng  mavzuga  doir  ma`lumotlarni  berish  taklif 
qilinadi.  Bulardan  tashqari  o’quvchilarni  ekskursiyalarga  ya`ni  metalla  ishlab 
chiqarish  korxonalariga,  maxalliy  sharoitga  qarab  konlarga  olib  borish 
o’quvchilarni nazariy olgan bilimlarini amaliyotda qo’llash imkonini beradi.   
Darsning borishi 

 
123 


1.  Tashkiliy  qism  (5  daqiqa).  Darsga  o’qituvchi  kirib  keladi  va  o’quvchilar 
bilan  salomlashib,  navbatchini  aniqlaydi,  xona  tozaligini  tekshiradi  va  davomatni 
aniqlaydi.  
2. O’tgan dars mavzusi va yangi mavzu uchun zaruriy materiallarni takrorlash 
( 10 daqiqa).  
3. Yangi mavzu yuzasidan yo’l-yo’riqlar. (45 daqiqa). 
Yangi  mavzuni  tushuntirish  uchun  reja  beriladi  va  rejaga  asosan      
tushuntiriladi.     
Mavzu:  Qora  metallarning  asosiy  mexanik  xossalari,  qattiqlik,  elastiklik, 
plastiklik va mo’rtlik mavzusini o’qitish metodikasi. 
REJA: 
1. Qora metlalarning turmushdagi o’rni. 
2. Qora metallarning asosiy xosssalari qattiqligi. 
3. Qora metallarning elastkligi va plastikligi.  
Turmush,  ishlab  chiqarish  va  ro’zg’or  buyumlarining  aksariyat  ko’pchiligini 
metallar tashkil qiladi. 
Cho’yan, po’lat kabilar qora metallar turiga kiradi. Yupqa list metall po’latdan 
tayyorlanadi. Tunuka 0,5 mm qalinlikda bo’ladi. Yupqa list metalldan konserva va 
bo’yoq bankalari, bolalar o’yinchoqlari, turli qutilar va shunga o’xshash buyumlar 
tayyorlanadi. 
Simlardan mix, to’r, prujina, turli ilgaklar va hokazolarni yasash mumkin. 
Metallar  rangli  va  qora  metallarga  bo’linadi.  qora  metallarga  cho’yan  va 
po’lat  kiradi.  Ular  temir  va  uglerodning  qotish-masidan  iborat  bo’ladi.  Sof 
temirdan kam foydalaniladi. Temir va uglerod qotishmasida uglerod mikdori 1,7% 
dan kam bo’lsa, po’lat va shundan ko’p bo’lsa, cho’yan )hisoblanadi. 
Rangli metallarga mis, alyuminiy, rux, qalay, oltin, nikel va boshqalar kiradi. 
Listli metallar 0,5 dan 2 mm gacha qalinlikdagi yupqa me-tallardan iboratdir. 
Metall listlar sirtining qalay bilan qoplanishi va qoplanmasligiga qarab oq va qora 
metallarga bo’linadi. qora metall listidan texnik maqsadlarda foydalaniladi, yupqa 
oq metallar esa ko’proq uy-ro’zg’or buyumlari tayyorlash uchun ishlatiladi. 
Cho’yan va po’lat 
qora  metallarning  asosiy  tarkibiy  qismini  temir  tashkil  qiladi.  Ularning 
tarkibida  temirdan  boshqa  ximiyaviy  element-lar  ham  mavjud.  qora  metallar 
mashinasozlikda eng ko’p qo’llaniladigan arzon materialdir. qora metall materiali 
qotishma-laridan cho’yan va po’lat olinadi. 
Cho’yan  deb  tarkibida  temir  bilan  1,7%  dan  ortiq  uglerod,  kremniy, 
marganets,  fosfor,  oltingugurt  bo’lgan  metall  qotishmasiga  aytiladi.  Cho’yan 
quymachilik materiali bo’lib, u domna pechlarida temir rudalaridan eritib olinadi. 
Cho’yan ishlab chiqarishda temir rudalari, koks va flyuslar yordamida eritishni va 
keraksiz  moddalarni  ajratib  chiqarishini  osonlashtiriladi.  Cho’yan  kulrang,  oq  va 
bolg’alanuvchi turlarga ajraydi. 
Kulrang  cho’yanni  sindirib  qaralsa,  uning  to’q  kulrang  tusli  ekani  yaqqol 
ko’rinadi.  Kulrang  cho’yanni  yaxshi  kesib  ishlatish  mumkin.  Undan  mashina  va 
stanoklarning  staninalari  tayyorlanadi.  Kulrang  cho’yan  juda  mo’rtligi  uchun  uni 

 
124 


payvand  qilib  bo’lmaydi  va  undan  uriladigan,  cho’ziladigan,  egiladigan  detallar 
tayyorlash mumkin emas. 
Po’lat  deb  temir  bilan  uglerodning  turli  qotishmalariga  ay-tiladi.  Uning 
tarkibida  1,7%  uglerod,  bundan  tashqari  uning  mexanik  xususiyatlarini  ancha 
o’zgartiradigan  boshqa  qo’shimcha  elementlar  ham  bo’ladi.  Po’lat  marten, 
konverter va elektr pechlarida ishlab chiqariladi. Po’latning markalari quyidagicha: 
Konstruktsion  po’latlar:  ST.  0,  ST).  1,  ST.  2,  ST.  3,  ST.  4, 
ST. 5, ST. 6. 
Asbobsozlik  po’latlari:  U7,  U8,  U9,  U10,  U11,  U12,  U13;  yuqo- 
ri sifatlilari: U7A, U8A, U9A, UYUA, UNA, U12A, U13A. 
Elastiklik  deb  metall  materialining  tashqi  kuch  ta`sirida  o’z  shaklini 
o’zgartirishi,  kuch  ta`siri  to’xtagach,  o’z  shaklini  qayta  tiklay  olishiga  aytiladi. 
Metallarning  zlastikligi  metall  turiga  qarab  xar  xil  bo’ladi.  Materiallarning  tashqi 
kuchlar  ta`siri  ostida  sinmay  o’z  shaklini  o’zgartirishi,  kuch  ta`siri  to’xtagandan 
keyin ham o’zgargan shaklini saqlashi plas-tiklik deb ataladi. Plastik metallarning 
aksi bo’lgan mo’rt metallar tashki kuch ta`siri ostida shaklini o’zgartirmay sina-di. 
Texnikada metallning mustahkamligi bilan birga ma`lum darajada plastik bo’lishi 
ham jatta ahamiyatga ega. 
4.  Yangi  o’quv  materialini  mustahkamlash  va  o’quvchilar  bilimini  baholash. 
(10 daqiqa). 
Savollar: 
1. Qora metallarga qaysi metallar kiradig’  
2. Qora metallarning xossalari to’g’risida ma`lumotlar beringg’ 
3. Qora metallarning qattiqligi elastikligi ularni qayerlarda ishlatiladig’  
O’quvchilarga  yuqoridagi  savollar  beriladi  va  savollar  berishlari  so’raladi, 
javoblar umumlashtiriladi. 
5. Darsni yakunlash (10 daqiqa). 
a) Uyga vazifa berish; 
O’tilgan  mavzu  yuzasidan  qo’shimcha  adabiYotlardan  foydalanib  mavzuni 
mustahkamlab tayyorlanib, mavzu bo’yicha 10 ta test to’zib kelish.  
b) Darsni tugatish. 
 Labaratoriya mashg’ulotida egallashi lozim bo’lgan 
kompetentligi. 
 
Talabaning 
kasbiy 
kompetentligining 
shakllanganlik 
darajasi. 

 
Tizimli ravishda fikrlay olish 

 
Tanqidiy fikrlashga qodirlik 

 
Noan`anaviy (nostandart) fikrlay olish 

 
Mantiqiy fikrlay olish taqqoslay olish  

 
Amaliy fikrlay olish 

 
Jamoaviy fikrlashga qodirlik 

 
O’z vaqtini rejalashtirish va tashkillashtira olish 

 
Muammolarning eChimini topa bilish 

 
Qarorlarni qabul qilishga qodirlik 

 
Kompyuter savodxonligi 

 
125 



 
Og’zaki muloqot madaniyati 

 
Innovatsion faoliyatga qodirlik 

 
Natijani ko’zlash 
Mavzu:Tokarlik-vint qirqish stanogining vazifasi, qo’llanilishi umumiy 
to’zilishi, asosiy qismlari va ularning vazifasi umumiy to’zilishi mavzusini 
o’qitish metodikasi. 
Dars maqsadi: 
Ta`limiy:  o’quvchilarga  tokarlik  vint-qirqish  stanogi  to’zilishi  haqida 
ma`lumotlar, umumiy tushunchalar berish; 
Tarbiyaviy:  ushbu  mavzuning  texnik  xavfsizlik  qoidalari,  mavzuga  doir 
e`tibor berilishi zarur bo’lgan tarbiyaviy xususiyatlar bilan tanishtirish;  
Rivojlantiruvchi:  o’quvchilarning  ko’nikma  va  malakalarini  shakllantirish, 
fikrlashga, ilmiy izlanishga, ijodkorlikka Yo’naltirish. 
Dars tipi: ko’nikma va malakalarni shakllantirish 
Dars turi: laboratoriya 
Dars metodlari: amaliy, ko’rgazmali, savol-javob. 
Fanlararo  bog’lanish:  mashinasozlik  yo’nalishidagi  mutaxassislik  fanlar, 
materiallarga  ishlov  berish,  asboblar  va  dastgohlar,  o’quv  ustaxonalarida  kasb 
ta`lim  amaliyoti,  konstruktsion  materiallar  texnologiyasi,  fizika,  pedagogika, 
pedagogik mahorat, psihologiya, axborot texnologiyalari.  
 
Moddiy-texnik  jihatdan  jihozlash  va  ko’rgazmali  qurollar:  ko’rgazmali 
qurollar  va  tarqatma  materiallar:  1K62  metall  qirqish  stanogi  tushirilgan  plakat, 
metallarga  kesib  ishlov  berish  asboblari,  kechkichlar,  egovlar,  metall  namunalari, 
mavzuga  oid  adabiyotlar,  dars  o’tishga  oid  o’quv-uslubiy  qo’llanmalar, 
laboratoriya ishi yo’riqnomalari.  
Mavzu yuzasidan tavsiya etiladigan adabiyotlar: 
1.  Avazboeva  O.I.,  Isyanov  R.G.,  Odilboev  X.  Mehnat  ta`limi  uslubiyotidan 
amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari. Toshkent, TDPU. 1995. 
2. Davlatov K. Mehnat va kasb ta`limi tarbiyasi hamda kasb tanlash nazariyasi 
va metodikasi. – T.: «O’qituvchi», 1992. 
3.  Davlatov  K.  Mehnat  va  kasb  ta`limi,  tarbiyasi  hamda  kasb  tanlash 
nazariyasi va  metodikasidan  amaliy  mashg’ulotlar:  Pedagogika  instituti talabalari 
uchun qo’llanma. – T.: «O’qituvchi», 1995. 
 4.  Boltaboev  S.A.,  Magdiev  O.Sh.  Mehnat  va  kasb  ta`limi  metodikasidan 
amaliy mashg’ulotlar (Metodik qo’llanma). T.: TDPU, 2002. 
5. Sharipov Sh.S. va b. Pedagogik  amaliyot (metodik qo’llanma). T.: TDPU, 
2006.  
6.  Sharipov  Sh.S.,  Jalilov  T.  Xavfsizlik  texnikasi  va  ishlab  chiqarish 
sanitariyasi qoidalari. Metodik yo’riqnoma. Toshkent-2002.  
7. Boltaboev S.A., Magdiev O.Sh., Sattorov V.N., Avazboev O.I. Mehnat va 
kasb ta`limi metodikasidan o’quv mashg’ulotlari. uslubiy qo’llanma. 2002.  
8. Iskandarov A.S. Materiallarni kesib ishlash, kesuvchi asboblar va stanoklar. 
o’quv qo’llanma. Toshkent-2004. 
Mavzuni bayon qilish yuzasidan metodik tavsiyanoma. 

 
126 


Stanoklarning  tokarlik-vint  qirqish  stanogi  turi  haqida  ma`lumotlar  berish 
uchun avvalo o’qituvchining o’zi etarli bilim, ko’nikma va malakaga ega bo’lishi 
lozim.  Mavzuni  o’qitishni o’qituvchi  ustaxonada tashkil qilsa maqsadga  muvofiq 
bo’ladi.  Chunki  stanokning  to’zilishini  tushuntirib  berish  uchun  stanokning  o’zi 
ko’rgazma sifatida qo’llanilsa, o’quvchilar ongiga chuqurroq etib borishga zamin 
yaratadi.  Bundan  tashqari  o’qituvchi  o’quvchilarga  plakatlar  yordamida,  tokarlik 
vint-qirqish  stanogi  detallarini  alohida-alohida  ko’rsatib  o’tsa  tushunarliroq 
bo’ladi. Bundan tashqari o’qituvchi darsda pedagogik texnologiya elementlaridan 
foydalansa maqsadga muvofiq bo’ladi. 
Darsning borishi 
1.  Tashkiliy  qism  (5  daqiqa).  Darsga  o’qituvchi  kirib  keladi  va  o’quvchilar 
bilan  salomlashib,  navbatchini  aniqlaydi,  xona  tozaligini  tekshirib  bo’lgach, 
davomatni aniqlaydi.  
2.  O’tgan  dars  mavzusi  va  yangi  mavzu  uchun  zaruriy  materiallarni 
takrorlash (10 daqiqa).  
3. YAngi mavzu yuzasidan yo’l-yo’riqlar .(45 daqiqa). 
YAngi  mavzuni  tushuntirish  uchun  reja  beriladi  va  rejaga  asosan      
tushuntiriladi.  
Mavzu:  Tokarlik-vint  qirqish  stanogining  vazifasi,  qo’llanilishi  umumiy 
to’zilishi, asosiy qismlari va ularning vazifasi. 
REJA: 
1. Tokarlik – vint qirqish stanogining vazifasi, qo’llanilishi. 
2. Tokarlik – vint qirqish stanogining umumiy to’zilishi. 
3. Tokarlik – vint qirqish stanogining asosiy qismlari va ularning vazifalari.  
Tokarlik vint qirqish stanogi 1 – rasmda berilgan. 
 
    
 
1- rasm. Tokarlik vint-qirqish stanogi. 
Tokarlik  –  vint  qiriqsh  stanogi  yassi  yuzali  qilib  yasalgan,  staninaning 
Yo’naltiruvchilari aniq va to’g’ri chiziqli hamda bir-biriga parallel qilib ishlanadi. 
Oldingi  babka  ishlanayotgan  detalni  maxkamlash  va  unga  aylanma  harakat 
uzatish  uchun  xizmat  qiladi.  Oldingi  babkaga  tezliklar  qutisi  va  shpindel  montaj 
qilingan  bo’ladi.  Oldingi  babkaning  eng  muhim  qismi  shpindeldir.  Shpindel 

 
127 


ishlanayotgan  detalga  kulachokli  yoki  povodokli  patron  yordamida  aylanma 
harakat  uzatadi.  Patron  shpindelning  rezbali  uchiga  burab  mahkamlanadi. 
Shpindelni  aylantirish  uchun,  shuningdek,  uning  aylanishlar  sonini  o’zgartirish 
uchun oldingi babka korpusida maxsus mexanizm bo’ladi. 
Tokarlik  stanoklarida  ana  shunday  mexanizm  vazifasini  tezliklar  qutisi 
bajaradi.  Tezliklar  qutisi  oldingi  babkaning  cho’yandan  yasalgan  korpusi  ichiga 
o’rnatilgan bo’lib, u bir necha shesternya, val va boshqa detallardan iborat. 
Tezliklar  qutisi  stanokda  ishlanadigan  zagotovkaning  diametri  va  qattiqligi, 
qirindining  qalinligi,  keskichning  materiali  va  boshqa  faktorlarga  qarab, 
zagotovkaning  aylanish tezligini,  shuningdek,  shpindelning  tezligini oshirish  yoki 
pasaytirish  uchun  xizmat  qiladi.  Tezliklar  qutisi  alohida  elektr  dvigatel  bilan 
harakatga keltiriladi. 
Stanokning  surish  mexanizmi  surish  yo’nalishini  o’zgartirish  uchun  xiemat 
qiladigan  reversiv  mexanizm;  almashtiriluvchi  shesternyalar  o’rnatilgan  gitara; 
surish  vintidan  iborat.  Surish  mexanizmi  stanokning  asosiy  qismi  hisoblanadi. 
Uning vazifasi shpindeldan supportga uzatilartgan aylanma xarakat uzatish sonini 
o’zgartirishdan iborat. 
4.  Yangi  o’quv  materialini  mustahkamlash  va  o’quvchilar  bilimini  baholash. 
(10 daqiqa). 

Adabiyot


Zaysev B. Ye., Obshiye fizicheskiye i ximicheskiye svoystva metallov, M., 1987.

Peksheva N. P., Ximiya metallov, Krasnoyarsk, 1987.



BobilevA. V., Mexanicheskiye i texnologicheskiye svoystva metallov, 2 izd., M., 1987.

Nusrat Parpiyev, Omonulla Xoʻjayev
Download 31,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish