Kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyalari kafedrasi


αhaj = (ρ /ρ ) –1)100% 1 2 . αhaj = (P -P /100-P )100%



Download 0,94 Mb.
bet6/18
Sana12.01.2022
Hajmi0,94 Mb.
#338968
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
CHINNI ISHLAB CIQARISH. BBM

.
αhaj = (ρ /ρ ) –1)100%

1 2

.
αhaj = (P -P /100-P )100%

2 1 2

Bunday holatni hisobga olmay turib, kuydirishda keramik materiallarning chiziqli o’lchamlarini αchiz, zichlikni ρ, g’ovaklikni P o’zgarishini quyidagi grafikda izohlash mumkin.

Kuydirish jarayonida keramikaning o’lchamlari va zichlik harakteristikasini o’zgarishi.

1-chiziqli o’lchamlari (αchiz) o’zgarishi; 2-zichlik (ρ); 3-haqiqiy g’ovaklik (P%);

4-ochiq g’ovaklik (P0,%); 5-yopiq g’ovaklik (Pyo=P-P0,%); a-pishishgacha bo’lgan uchastka; b-pishish jarayoni uchastkasi; v-pishgan

holatdagi interval; g-kuyib ketgan, ya’ni pishishdan o’tib ketgan uchastka- "ko’pchish".




grafikdan ko’rinib turibdiki, a - uchastkada keramikada sezilarli o’zgarishlar yo’q, b - uchastkada pishish jarayoni ro’y beradi, bu jarayon temperatura ko’tarilishi bilan tezlashadi. bunda zichlik oshadi, umumiy g’ovaklik kamayadi. Ma’lum etapda g’ovaklar himoyalanish jarayoni boshlanadi, yani berk g’ovaklar yuzaga keladi, buni natijasida ochiq g’ovaklik umumiy g’ovaklikka ko’ra kamayadi. v - uchastkada qisqarish maksimal darajaga yetadi. g - uchastka materialni ko’pchishiga tegishli, yani kuyib ketish natijasida zichlik

kamajib, berk g’ovaklar hajmi oshadi.

Pishish jarayonining mexanizmini va tasniflanishini ko’rib chiqishdan avval, keramik sistemaning pishishida qatnashuvchi fazalarni nazarga olish lozim. agar pishish "qattiq faza-suyuqlik-gaz" sistemasidagi jarayonlarni o’z ichiga olsa, asosiy rol suyuq fazaga tegishlidir. Bu gruppa jarayoni "suyuq faza ishtirokida pishish" yoki "suyuq pishish" deb ataladi. Suyuq faza ishtirokisiz o’tuvchi pishish jarayoni "qattiq fazali pishish" deb ataladi.

Texnik keramika buyumlari olishda olovbardoshlik, kimviy bardoshlik, mexanik, issiqlik, elektr yoki magnitli xususiyatlar talab etiladi, bu material pishish jarayonida suyuqlikni ortiqcha miqdorda bo’lmasligi sharti bilan bajariladi.

Bosim ostida pishish yoki "qaynoq presslash" keramika texnologiyasining bazi turlarida qo’llaniladi. Bu usul tarkibida suyuq faza bo’lmagan qiyin pishuvchi materiallardan yuqori zichlikka ega buyumlar olishda ishlatiladi.

Reaksion pishish.

Bu usulda pishadigan material zichlashishi kimviy reaksiya natijasida hosil bo’lishiga muvofiq sodir bo’ladi. sistema zichligining oshishi reaksiya mahsulotining massasi va hajmi reaksiyaga kirishayotgan komponentlarnikidan ko’proq ekanidan. yani, masalan

3Si + 2N2 > Si3N4


Chinni buyumlarini kuydirish

Chinnini dastlabki kuydirish 850-1050º C larda olib boriladi, natijada mexanik mustahkamligi 10 MPa dan yuqori bo’lgan va suv yutuvchanligi 16-19% bo’lgan material hosil bo’ladi. Yarim tayyor mahsulotlarning rangi bunda kulrangdan pushti jilosi bo’lgan oq ranggacha o’zgaradi. Dastlabki kuydirishdan chiqqan material suvda bo’kmaydi va yaxshi sirlanadi. Birinchi kuydirishdan so’ng buyumlar sir osti bo’yash, angob, tuz eritmalari yordamida bezalishi yoki sirlanishi, keyin esa ikkinchi bor kuydirishga yuborilishi mumkin.

Birinchi kuydirishga buyumlar kapsellarga yoki tunnel pechlarining etajerkalariga joylangan holda, tirqishli pechlarda esa harakatlanayotgan qurilmalarga yoki maxsus tagliklarga o’rnatilgan holda kiradi.

Pechga yuqori namlikka ega bo’lgan, yoriq va darzlari bo’lgan, yaxshi silliqlanmagan yuzali, quloqcha va jo’mraklari noto’g’ri o’rnatilgan va boshqa nuqsonlari bo’lgan buyumlar yuklanmaydi. Yassi buyumlar kapsellarga dasta-dasta qilib yuklanadi. Diametri 200 mm bo’lgan mayda va chuqur tarelkalar uchun tubi kesilgan kapsellar ishlatiladi. Kapselsiz kuydirish usulida esa tarelkalar vagonetkaning etajerkalaridagi taglikka dasta-dasta qilib joylanadi. Dastada diametri 240 mm bo’lgan tarelkalarning soni 6 ta, diametri 200-175 mm bo’lganlarning soni 8 ta, laganlarning soni esa 10-12 ta bo’ladi.

Yupqa devorli ichi bo’sh buyumlar bir-birining ustiga taxlanib joylanadi. Yirik qalin devorli buyumlar (krushkalar, choynaklar, vazalar va boshqalar) tik turgazib kuydiriladi. Birinchi kuydirish uzluksiz tarzda ishlovchi tunnelli va tirqishli pechlarda olib boriladi. Tirqishli pechlar to’r shaklidagi taglikli, rolikli, osilma belanchakli konveyer turida bo’ladi. Tunnel pechlarida kuydirish harorati 900-1000º C, tirqishli pechlarda 780-850º C bo’ladi. Oksidlovchi muhit (havoning ortiqlik koeffitsienti 1,151,2) organik aralashmalarni to’liq yonib ketishiga, karbonatlarni dissotsiatsiyalanish, sulfid va sulfatlarni parchalanish mahsulotlarini yo’qolishiga, qurum uglerodning yonib ketishiga zamin yaratadi.

Konveyer pechlarining unumdorligi sutkasiga 10-15 ming dona mahsulotga teng bo’lib, shartli yoqilg’i sarfi 1 kg buyum uchun 0,09-0,16 kg ni tashkil etadi, pechning

f.i.k. 24-28% ga teng. Tunnel pechlarida foydalanilgan holda pechning 1m2 yuzasidan tushirib olinayotgan buyumlar soni 4-6 marttaga oshadi, 1 ming dona buyumlarni kuydirish tannarxi 3,5-4 barobar kamayadi, pech xizmatidagi ishchilar soni 4 marttaga qisqaradi, pechning f.i.k. 8 % ni tashkil qiladi.

Birinchi kuydirishni tezkorlik tartibida olib borishda quyidagi omillar asosiy hisoblanadi: fizik-kimviy jarayonlarni kechishi uchun sarf bo’ladigan vaqt, pech ichida bir tekis harorat maydonini buyumlarni nafaqat yuzasida, balki chuqur qatlamida kerakli haroratni taminlay oladigan tezlikda haroratni ko’tara olish imkoniyatlari, tezlik bilan qizdirish va sovitish jarayonida buyumlarni sinishiga olib keluvchi vaqtinchalik harorat kuchlanishlarini yuza kelish imkoniyatlarini yo’qotish, mexanik jihatdan mustahkam va suvga chidamli hamda sirlash uchun yaroqli bo’lgan mahsulotni olish.

Kuydirishdan chiqqan mahsulotlar ko’zdan kechirish, urib ko’rish va fuksin nazorati yordamida saralanib olinadilar. Birinchi kuydirishdan keyin buyumlarda turli ko’rinishdagi nuqsonlar yani qiyshayib ketish, pishmay qolish, haddan tashqari kuyib ketish, siniqlar darz va yoriqlar kabi nuqsonlar hosil bo’lishi mumkin. Chinni siniqlari yarim tayyor mahsulotni tashish, kapselga joylash, pechga yuklash va undan tushirib olish jarayonida hosil bo’ladilar.

Yarim tayyor mahsulotni pishmay qolishi yoki haddan tashqari kuyib ketishi birinchi kuydirish tartibi buzilganda kuzatiladi. Darz va yoriqlar quritish va kuydirish jarayonida vujudga keladi.

Yarim tayyor mahsulotda mavjud bo’lgan nuqsonlarni aniqlashda qo’llaniladigan ko’zdan kechirish usulida yirik darzlar va shikastlar namoyon bo’ladi. Mayda darzlar esa urib ko’rish usuli bilan aniqlaniladi. bunda siniq buyumlar urilganda tovush chiqadi. Ammo, tajribalarning ko’rsatishiga bu usul yordamida faqat ikki tarafi teshikli darzlar yuzaga chiqar ekan. Teshik bo’lmagan mayda darzlar esa fuksin nazorati orqali aniqlanishi mumkin. Bunda buyum sirtiga mo’yna yordamida fuksinning suvli eritmasi surtiladi. Mavjud bo’lgan darzlar rangli suyuqlikni shimib, sopolakning yorug’ yuzasida to’qroq bo’lib qoladilar va yaxshi ko’rinadilar. Fuksin nazorati orqali ham barcha majda turdagi darzlar ko’rinavermasligi mumkin. Buyumlar sirlanganda undagi barcha darzlar yaqqol namoyon bo’ladi.

Kuyish darajasiga ko’ra birinchi kuydirishdan chiqqan buyumlar 3 ta guruhga bo’linadi: normal holda kuygan buyumlar - suv yutuvchanligi

18-22% bo’lgan bir tekis och pushti rangli sopolakga ega buyumlar; sust holda kuygan buyumlar - suv yutuvchanligi 22% dan yuqori bo’lgan to’q pushti rangli sopolakka ega buyumlar; kuchli darajada kuygan buyumlar - suv yutuvchanligi 18% dan kam bo’lgan krem yoki deyarli oq rangli sopolakka ega buyumlar. normal holda kuygan buyumlarning egilish kuchi bo’yicha mustaxkamligi 6-14 MPa ga teng bo’ladi.

Chinnini ikkinchi kuydirish asosiy kuydirish hisoblanadi. Uning ta’sirida buyumlarning sopolagi shakllanib, sir buyum yuzasiga oqib qotadi, sir osti bezagi mahkamlanadi.

Changdan tozalangan buyumlar ichki tomoni, chetlari va tubi ifloslanishni kamaytiruvchi va buyumlarni yopishib qolishidan saqlovchi maxsus tarkiblar surtilgan kapsellarga joylanadi. Kapselsiz kuydirish usuli qo’llanganda esa, buyumlar vagonetkaning etajerkalariga taxlanadi.

Kapselsiz kuydirish usuli yildan yilga ishlab chiqarishda ko’proq tatbiq etilayapti. tirqishli pechlarning yaratilishi va gazsimon yoqilg’idan foydalanish ushbu usulni qo’llash uchun zamin yaratadi. Bunda olovbardosh materiallar va yoqilg’i sarfi kamayib, kuydirish vaqti qisqaradi.

Kapselsiz kuydirish usulini tunnel pechlarda qo’llash chinni buyumlar massasini 33% ga oshiradi, olovbardosh materiallar sarfini ikki barobarga qisqartiradi, yoqilg’ining solishtirma sarfini 28-30% ga kamaytiradi, pechning unumdorligi 35-40% ga oshadi.

Hozirgi kunda bir qator buyumlar uchun bir martalik kuydirish usuli ham qo’llanib kelmoqda. Bu usulda qalin devorli laganlar, sariyog’ va sho’r baliqlar uchun idishlar, piyolalar, chashkalar, salat idishlari, vazalar, haykal va skulpturalar va boshqalar kuydirilayapti.

45-50º C gacha sovitilgan buyumlar kuydirish pechlaridan tushirib olinadi. Buyumlar tunnel pechda kuydirilgan bo’lsa, ular pechning tashqarisida tushirib olinadi. Buning uchun 50º C gacha sovitilgan vagonetkalar pech kanalidan chiqarilib, temir yo’l orqali tushirib olish joyiga haydaladi. Agar kuydirish kapsellarda olib borilgan bo’lsa, tushirib olishni burchakdagi kolonnaning yuqori kapselidan boshlanadi. Kapsellarni ajratib qo’yilgan joyga tushirib, undan chinni buyumlar chiqarib olingandan so’ng, yashiklarga taxlab, transporter belanchagiga joylangan holda saralashga yuboriladi.

Chinnini ikkinchi bor kuydirishda bir nechta bosqichlar mavjud. birinchi bosqich temperaturani 900-940º C gacha ko’tarish bilan borib, unda materialning bir oz miqdordagi pishishi kuzatiladi. Pechda oksidlovchi gaz muhiti yaratiladi.

Ikkinchi bosqichda temperatura 940-1040º C atrofida o’zgarmas holda oksidlovchi muhit sharoitida ushlab turiladi. Bunda pech ichidagi buyumlarning temperaturasi bir xil bo’lib qolishi uchun sharoit yaratiladi. Oksidlovchi muhit uglerodning yonishi uchun shart, chunki bu jarayon keyingi qaytariluvchi bosqichgacha yakunlansa, sir qatlami pishib, zichlanadi. bu bosqichda kuymay qolgan uglerod chinniga kulrang tus berib, buyumlarning sirti mayda-mayda "nakollar" bilan qoplanadi. Bu bosqich davomida bir oz miqdorda shisha fazasi ham hosil bo’lib, u massaning qattiq zarrachalarini bog’lab turadi.

Uchinchi bosqichda harorat 1250º C gacha ko’tarilib, qaytaruvchi muhit yaratiladi. Buning natijasida Fe2O3 CO yordamida FeO gacha qaytariladi, ikki valentli temir esa kremnezem bilan silikat hosil qilib, chinnining sarg’ish rangini havorang zangori rangga o’zgartiradi. Qaytaruvchi muhitni yaratish uchun yoqilg’ining yonish mahsulotlarida uglerod oksidining kontsentratsiyasi oshiriladi (3-4%gacha). Buning uchun 900-1250º C haroratda gorelkaga berilayotgan havoning miqdori rostlanadi. Ushbu bosqichda massada shishasimon massaning hosil bo’lishi jadallashadi va u materialdagi kapillyar va g’ovaklarni to’ldirishi natijasida buyumlarda kuchli qisqarish sodir bo’ladi. Shisha fazasining vujudga kelishi asosan dala shpatining suyuqlanishi natijasida ro’y beradi. Yana bu bosqichda mullitning ignasimon kristallari hosil bo’lib, sirning suyuqlanishi boshlanadi.

To’rtinchi bosqich 1250º C dan boshlanib 1350-1410º C larda tugaydi. U neytral muhitda borib, tutun gazlari tarkibida uglerod oksidining kontsentratsiyasi 0,5-1% ga teng bo’ladi. Bu bosqichda chinnining to’liq pishishi sodir bo’lib, sir oqib buyum materiali bilan birga suyuqlanib ketadi. ushbu bos?ich davomida buyumlar maksimal temperatura sharoitida 1-1,5 soat ushlab turiladi.

Beshinchi bosqich - sovutish bosqichidir. Bunda temperatura 800-700º C gacha katta tezlikda (200-250º C soat), keyin esa sekinlik bilan tushiriladi. Sovutish vaqtida sirning suyuqlangan holatidan qattiq holga o’tishi va sirning qotish nuqtasi katta ahamiyatga egadir. Chinnining to’liq qisqarishi massa tarkibiga qarab 13-17% ni tashkil qiladi.


5.Chinni buyumlarini ishlab chiqarishda xom ashyo materiallari ta’rifi va ularga qo’yiladigan talablar

Chinni buyumlarini ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan xom ashyo materiallari umumiy holda plastik va plastik bo’lmagan turlarga bo’linadilar. Plastik materiallarga tuproq, kaolin va bentonitlar kiradi. Ular suv bilan birikish davrida plastik massani hosil qilib, kuydirishdan keyin tosh kabi mustahkam bo’lib qoladilar. Plastik bo’lmagan materiallarga kvarts qumi, maydalangan kvarts, sirlanmagan va kuydirilgan buyumlarning maydalangan siniqlari, degidratlangan tuproq kiradi. Ushbu materiallar plastik massani yovg’onlashtirib, buyumlarni quritish va kuydirish vaqtidagi qisqarishini cheklaydi. Suyuqlanib ketadigan materiallar qatoriga kuydirish temperaturasi sharoitida suyultma hosil qilib, massaning boshqa komponentlari bilan birikib, mustaxkamligi yuqori bo’lgan materialni hosil bo’lishiga olib keluvchi silikatlarni vujudga keltiruvchi moddalarga aytiladi. Suyuqlanib ketadigan materiallar ham massani shakllash davrida yovg’onlashtiradi. Ularga dala shpatlari (albit, ortoklaz, anortit), kvarts-dala shpatili xom ashyolar, pegmatitlar, sienitlar va boshqalar kiradi. Sir ishlab chiqarish uchun xom-ashyo sifatida dala shpatlari, kvarts, pegmatit, talk, vollastonit, dolomit, kaolin, sirlangan buyumlarning siniqlari, rux oksidi, borat rudasi, strontsiy karbonat, texnik bura, bor kislotasi, qizdirilgan soda, natriy sulfat, magnezit, ohak va boshqalar ishlatiladi. Tuproqli materiallar, ularning xossalari. tuproq va kaolinlar - tabiiy polimineral materiallar hisoblanib, ular alyumosilikatli tog’ jinslari bo’lmish dala shpatlari, pegmatitlar, granitlarni shamol ta’sirida yemirilishi natijasida hosil bo’lganlar. Tog’ jinslarining yemirilishi (suv, shamol, muzliklarning ta’siri) fizik, (qizdirish, sovitish ta’sirida) kimviy (namlik, kislorod, karbonat angdrit hamda havo va suvda bo’ladigan boshqa gazlar ta’sirida) va bakteriologik (organik aralashmalarning chirishi) jarayonlari asosida sodir bo’ladi.

Dala shpatili tog’ jinslarining yemirilib, kaolinit hosil qilish jarayonini quyidagi sxema yordamida ifodalash mumkin: K2O . Al2O3 . 6SiO2  CO2  2H2O  Al2O3 . 2SiO2 . 2H2O  K2CO3  4SiO2 dala shpati (ortoklaz) kaolinit tuz kvarts.

Asosiy tuproq minerallariga quyidagilar kiradi: Al2O3 . 2SiO2 . 2H2O - kaolinit (Ca, Mg)O Al2O3 . 4-5SiO2 . XH2O - montmorillonit К2О MgO 4Al2O3 . 7SiO2 . 2H2O- gidroslyuda (illit). Barcha tuproq minerallari 4 sinfga bo’linadilar: kaolinlar, tuproqlar, suxarlar va slanetsli tuproqlar hamda tuproqli slanetslar.

Kaolin deb, - asosan kaolinit va kaolinit guruhiga kiruvchi nakrit, dikkit va galluazit hamda oz miqdorda boshqa minerallarning aralashmasidan hosil bo’lgan tuproq jinsiga aytiladi. kaolinlar yaqqol kristallangan tuzilishga egadir. Tuproqlar - kaolinga qaraganda ularning minerologik va kimviy tarkibi bir xil bo’lmaydi. Ularda aralashma sifatida kvarts donalari, dala shpati, slyudalar, temir va marganets oksidi va gidroksidi, ohaktosh va gips qo’shimchalari, organik qo’shimchalar va boshqalar bo’ladi. Hosil bo’lish sharoitiga qarab tuproq minerallari birlamchi va ikkilamchi bo’ladilar. Agar yemirilayotgan materiallarning hosilalari o’z joylarida qolsalarda, ulardan faqat suvda eriydigan tarkibiy qismlar yuvilib ketsa, unda birlamchi tuproq konlari hosil bo’ladi, ularga kaolin konlari kiradi. Agar yemirilayotgan jinslarning hosilalarini yomg’ir, qor suvlari, muzliklar va shamol boshqa joyga ko’chirib o’tsa, unda ikkilamchi tuproq konlari vujudga keladi. Tarkibida kvarts qumining miqdori ko’p bo’lgan tuproqlar suglinkalar deb ataladi. Agar tuproq tarkibida ohaktosh, dolomit va gipsning miqdori yuqori bo’lsa, unda tuproq mergel deb ataladi. Tuproq minerallari, kvarts, dala shpati va ohaktoshning mayda dispers holdagi aralashmasi less deb ataladi. Mineralogik tarkibiga ko’ra tuproqlar monomineral va polimineral bo’ladilar. Kaolin tuproqlari asosan kaolinit guruhiga kiruvchi minerallardan va qo’shimcha ravishda kvarts, dala shpati, beydellitdan tashkil topadilar. Tuproqlarning kimviy tarkibi turlicha bo’ladi, tarkibida albatta Al2O3, SiO2 va H2O hamda qo’shimcha ravishda Fe,Ca, Mg, Ti, K, Na birikmalari bo’ladi. Bulardan tashqari tuproq tarkibida organik birikmalar ham bo’ladi.

Tuproq tarkibida Al2O3 ning miqdori ko’p bo’lsa, u o’tga chidamli bo’ladi, agar Na2O ва K2O ning miqdori ko’p bo’lib, Al2O3 ning miqdori past bo’lsa, tuproq oson suyuqlanuvchan bo’ladi. Tuproq tarkibidagi temir birikmalari uning o’tga chidamliligini pasaytirib, unga oqish-krem rangdan qizil-olcha rangigacha tus beradi. Bu esa nafis keramika buyumlari uchun noxushliklar keltiradi. Tuproq tarkibida 0,5% dan ortiq ishqoriy metallarning sulfatlari va karbonatli tuzlarning bo’lishi hamda 1-2,5% miqdorda ishqorij yer metallarining sulfat va karbonatlarining mavjudligi, uning barcha xususiyatlariga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Tuproqning granulometrik tarkibi uning texnologik xossalariga katta ta’sir ko’rsatadi. Tuproq zarrachalari kolloid yoki psevdokolloid holatda bo’lib, ular yuqori dispers (1-0,01 mkm) kristallardan tuzilgan bo’ladilar. Tuproq minerallarining quyidagi xususiyatlari mavjud: Plastiklik- tuproq materiallarining suv bilan birikkanda tashqi kuch ostida ixtiyoriy shaklni egallashga qodir bo’lgan hamirsimon massani yorilish va darzlarsiz hosil qila olish va tashqi kuchni olib tashlanganda shu shaklni saqlab qolish qobiliyatiga aytiladi. Plastikligi bo’yicha tuproqlar 5 ta guruhga bo’linadi: yuqori plastik, o’rta plastik, mo’tadil plastik, kam plastik va plastik emas. ularning plastiklik sonlari massani oqish va uvalanish holatidagi namliklari farqi asosida topilib, 25 dan ortiq, 25-15, 15-7, 7 dan kam kattaliklarga ega bo’ladi. Plastik bo’lmagan modda plastik hamirni hosil qila olmaydi. Bog’lanish qobiliyati - bu tuproqga plastik bo’lmagan materiallarni ya’ni qum, shamot va boshqalarni kiritilganda plastiklik qobiliyatini saqlab qolish xususiyatidir. Tuproqlarning suyulishi - tuproqlarning mumkin qadar kam miqdorda suv bilan aralashib, kerakli oquvchanlikni egallash xususiyati. Bu xususiyat tuproq suspenziyasi tarkibiga elektrolit qo’shish bilan hosil qilinadi. O’tga chidamlilik - tuproqni suyuqlanmay yuqori temperatura ta’siriga bardosh berishidir. O’tga chidamlilikka tuproqning kimyoviy-mineralogik tarkibi ta’sir ko’rsatadi. Pishish -tuproqning yuqori temperatura ta’sirida suv yutuvchanligi 5% dan kichik bo’lgan toshsimon materialga aylanishidir. Havoda qisqarish - buyumlarning quritish jarayonida ulardan namlikni chiqib ketishi va zarrachalarning yaqinlashishi sababli chiziqli o’lchamlarining kamayishidir.

Olovdagi qisqarish - kuydirish jarayonida buyumlar chiziqli o’lchamlarining qisqarishi. Tuproqlarning asosiy konlari. Chinni sanoati uchun ishlatiladigan kaolin tuproqlari quyidagi konlarda joylashgan: Prosyanov - Ukraina, Gluxovets - Ukraina, Alekseevsk – Qozog’iston, Kishtim - Rossiya. Tuproqlarning konlari: Drujkovsk - Ukraina, Troshkovsk - Rossiya. Bentonit tuproqlarining konlari - Oglanlin-Turkmaniston, Pijevsk - Ukraina. O’zbekistonda Angren kaolinlari majhud, lekin ularning kimviy va minerologik tarkibi chinni buyumlari olish uchun qo’yilgan talablarga javob bermaydi. Shu sababdan, Angren kaolinlarini boyitish bo’yicha nemis mutaxassislari bilan birgalikda "Kaolin" nomli qo’shma korxona ishga tushgan.




Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish