Kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyalari kafedrasi



Download 0,94 Mb.
bet15/18
Sana12.01.2022
Hajmi0,94 Mb.
#338968
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
CHINNI ISHLAB CIQARISH. BBM

13. Fuqaro muhofazasi

Prezident I.A.Karimov Fuqaro muhofazasini dolzarbligini e'tiborga olib, o'zining «O'zbekiston XXI asr bo'sag’asida: Xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» nomli asarlarida «Siyosatimizning asl mohiyati aholi xavfsizligini ta'minlash, ularni turli ofatlar va favqulotda vaziyatlardan himoya qilishdir» deb ta'kidlab o'tadilar. Shunday ekan favqulodda vaziyatlarni oldindan aniqlash va aholini bo'lishi mumkin bo'lgan xavfdan ogohlantirish borasida samarali tadbirlar o'tkazish, favqulotda vaziyat yuz berganda tezkor harakat qilish, insonlarning qurbon bo'lishiga yo'l qo'ymaslik, iqtisodiy zararni kam bo'lishini, xavfsizlikni o'z vaqtida ta'minlash bular hammasi asosiy masalalardan biridir. 1994 yil 4-martda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining FV vazirligining tashkil etilishi to'g’risidagi farmoni e'lon qilindi. O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so'ng, shu o'tgan davr ichida bir necha ommaviy noroziliklar va qurolli to'qnashuvlar sodir bo'ldi. 2000 yil 15 dekabrda “Terrorizmga qarshi kurash to'g’risida”gi 31 moddadan iborat O'zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi.

“Chinni mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi” aholi punktidan sanitar himoya zona 50 m uzoqlikda, aholiga zaharli gaz, chang yetmasligi uchun yon atrofi daraxtlar va gullar bilan obodonlashtirilgan bo'lishi kerak

“Chinni mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasi” da turli xildagi zaharli gazlar, kislotalar va tez alangalanuvchan moddalar mavjud. Shuning uchun ob'ektda fuqarolarni, ya'ni ishchilarni favqulodda vaziyatlardan himoyalash uchun fuqaro muhofazasi shtabi tashkil etilgan. Bu shtabni vazifasi ob'ektni xavfli deb hisoblangan nuqtalarini kuzatish va nazorat qilishdan iborat.

Korxonada fuqaro muhofazasini tashkil etish.

Fuqaro himoyasining asosiy vazifalari:

1.Aholini umumqirg’in qurollardan saqlash.


  1. Xalq xo'jaligi sehlarining ishlash turg’unligini oshirish.

  2. Qutqaruv va tiklovchi ishlarini olib borish.

Korxonada fuqaro muhofazasini tashkil qilish omillari yuqoridagilardan iborat.

“Chinni mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasi” da Fuqaro muhofalarini ta'minlash maqsadida moddiy texnik bazasidan kelib chiqib quyidagi bo'lim va xizmatlar tashkil qilingan.



  1. Umumiy aloqa xizmati (telefon).

  2. Qo'riqlash xizmati.

  3. Yong’inga qarshi kurash bo'limi.

  4. Tibbiy bo'lim xizmati.

  5. Avariyaviy texnik xizmat.

  6. Moddiy texnik ta'minot bo'limi.

  7. Transport bo'limi.

  8. Markaziy tahlil laboratoriyasi.

“Chinni mahsulotlarini ishlab chiqarish korxanasi” da sodir bo'lishi mumkin bo'lgan favqulotda vaziyatlar.

Korxona territoriyasida sodir bo'lishi mumkin bo'lgan xavfli hodisalarga: zilzila, yong’in, portlash, kimyoviy zaharlanish kiradi. Korxonadagi bino inshootlar zilzilaga bardoshli materiallardan, ya'ni temir beton konstruksiyasidan foydalanilgan, hamda pishig’ g’ishtlardan qurilgan. Korxona 6-8 ballga chidamli seysmik zonada joylashgan. Agarda 8 ballik zilzila sodir bo'lsa, korxona binolaridagi energetik tizimlarning buzilishi, yong’in natijasida aloqa vositalarining buzulishi sodir bo'lishi mumkin. Zilzila vaqtida ishchilar darhol bino ichidan chiqib, binolardan, elektr energiya tizimlaridan uzoqroq turishlari shart.

Ob'ektda chang va zaharli gazlar mavjudligi ularning miqdori saqlanish qoidalari deganda asosan atrof muhitga kuchli ta'sir qiluvchi va odamlar hayotiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar hisoblanadi. Korxonadagi avariyalar, yong’in va portlashlar favqulotda vaziyatlarida xavfi tug’ilganda va sodir bo'lgan xavf darajasini ko'rsatadigan ikkita bildirish rejimini belgilanadi:


    1. Yuqori tayyorgarlik rejimi

    2. Favqulotda rejim

Bunday hollarning hammasida hokimiyatlarga, tuzilmalarga, tibbiy xizmatga, yong’in xavsizligi xizmatiga xabar berish kerak.

Korxonada mavjud kuchli ta'sir qiluvchi modda, uning miqdori saqlanish tartibi:

Alyuminiy oksidi - oq rangli glinozem, hidsiz, temperaturaga chidamli,toksik xususiyati yo'q, suvda yaxshi erimaydi.

Favqulodda Vaziyat yuz berganda “Diqqat Hammaga” ovozli signal orqali ishchixizmatchilarga xabar qilinadi.

Ta'sir etuvchi zaharli modda va chang bilan ishlovchi sehlarda ishchi va xizmatchilar ob'ekt fuqaro muhofazasi bo'limi (FM shtab) hodimlari tomonidan shaxsiy himoya vositalari bilan ta'minlangan bo'lishlari kerak.

Nafas olish organlari shaxsiy himoya vositalari nafas olish organlarini turli kasalliklarni keltirib chiqariuvchi mikroblardan va toksinlardan muhofaza qiladi.

Berilgan oyoq kiyim va kiyimlar ishchiga mos o'lchamda bo'lishi kerak. Maxsus kiyim ishlaganda siqmasligi kerak. Ish paytida ishchilar berilgan maxsus kiyim va oyoq kiyimida bo'lishlari shart. Qurilmani texnologlari quyidagi maxsus kiyim bosh bilan ta'minlanadi: paxtali pidjak, paxtali fufayka, paxtali shim, charm tufli, rezina fartuk, bundan tashqari qurilmada ishlovchi navbatchi chilangarlar mahsus brezent pidjak bilan ta'minlanadilar. Har bir ishchi zararlanmasligi uchun yo'riqnomadan o'tgan va birinchi tibbiy yordam berishni bilishlari kerak. Ishchilar, muhandis-texnik hodimlarga qurilma hududida va atrofida sizdirgichli gaz niqobisiz kirish ta'qiqlanadi.

Gazniqoblar ikki turga bo'linadi:

Filtrlovchi gazniqolar ( GP 5, GP 7, GP 9, PDF 2SH); Ajratuvchi gazniqoblar (IP 46 IP 48).

Favqulotda vaziyatda avariya qutqaruv ishlarini olib borish.

Avariya qutqaruv va boshqa kechiktirib bo'lmaydigan ishlarini rejalashtirish va amalga oshirishdan maqsad, aholini turli favqulotda vaziyatlardan himoyalash, shoshilinch tibbiy xizmat ko'rsatish, avariya oqibatlarini qisqartirish hamda vayronalardan insonlarni olib chiqishga qaratilgandir.

Avariya qutqaruv ishlari quyidagi vazifalar orqali olib boriladi:

1.FV hududlarida razvedka ishlarini olib borish hamda harakatlanish yo'nalishlarini rejalashtirish.

2.Bino qismlari, vayrona uyumlari orasidan shuningdek yonayotgan binolar ichidan insonlarni qidirish va olib chiqish.

3.Jabrlangan guruhlarga ajratgan holda birlamchi tibbiy xizmat ko'rsatish hamda yaqin ambulatoriyalarga etkazish.

Boshqa kechiktirib bo'lmaydigan ishga quyidagilar kiradi:

1.Insonlarni ommaviy piyoda yoki transportda harakatlanish yo'llarini ochish hamda xavfli jismlardan tozalash.

2.Gaz, elektr, suv quvur tiqimlari va boshqa tizimlarda yuz bergan avariyalarni to'xtatish, qutqaruv ishlarini o'tkazish.

Korxonada yong’in sodir bo'lganda harakatlanish quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Korxonada germetik buzilib yoki boshqa sabab bilan yong’in chiqqanda OPD turli signalizator ishga tushadi. Bu signalizator ishga tushishi bilan korxonadagi navbat sehning yong’in xavfsizligi bo'limiga xabar beriladi va ishchilarning tartibli evakuatsiyasi ta'minlanishi nazorat qilinadi. Yong’in xavfsizligi bo'limi yetib kelguncha ishchilar o'zlari OU 2, OU 9,OU 8 yong’in o'chirgichlari bilan yong’inni boshqa ob'ektga o'tib ketmasligini nazorat qiladi. Yong’in xizmat hodimlari bilan bir vaqtda tibbiy tez yordam ko'rsatish xizmati ham yetib keladi. FV oqibatlari tugatilishi bilan qutqaruv ishlari boshlanadi. Tartibni saqlashga e'tibor beriladi. Yong’in yoki avariya sodir bo'lishida odamlarni xavfsiz boshqa joyga chiqish yo'llari bo'lishi binolarni loyihalashda, qurishda hisobga olingan. Yong’in xavfsizligi norma qoidalariga asosan evakuatsiya yo'llari o'tga chidamli materiallardan tayyorlangan, harakat yo'lida hech qanday to'siqlar yo'q. Korxona binosida 2 ta chiqish evakuatsiya yo'llari mavjud.


Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish