Kimyoviy texnologiya


Gaz fazasida xlorlash jarayonining shart-sharoitlari va reaktorlari



Download 2,11 Mb.
bet33/53
Sana31.01.2022
Hajmi2,11 Mb.
#419595
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   53
Bog'liq
amaliyot metodichka

Gaz fazasida xlorlash jarayonining shart-sharoitlari va reaktorlari. Gaz fazasida xlorlash jarayonida suyuq xlorni bug‘latish natijasida olingan xlordan foydalaniladi. Jarayonga ta’sir etuvchi eng muhim texnologik omillar: temperatura va reagentlar nisbati hisoblanadi. Allil va metallilxlorid olishda uglevodorodlarni xlorga nisbatan ortiqcha olish talab etiladi. Masalan, allilxlorid sintez qilinganda uglevodorodni xlorga nisbati 5:1, metallilxlorid olishda esa 2:1 olinadi. Allilxlorid ishlab chiqarishda xarorat tanlash birikishga nisbatan o‘rin almashishning selektivligiga asoslangan bo‘lib, jarayon 500-520oC, metallilxlorid ishlab chiqarishda esa reaksiya 150-200oC olib boriladi. Dixlorbutenlar sintezi »300oC ortiqcha 1,3 butadien olish natijasida sodir bo‘ladi.


3-rasm. Gaz fazasida xlorlash reaktorlari:
a) nasadkali issiqlik o‘tkazuvchi; b) katalizator qatlamli
(issiqlik beruvchi qatlamli); v) aralashmani qo‘shimcha isituvchi.

Metanni xlorlashda quyidagi tayyor mahsulotlar olinadi: metilenxlorid, xloroform, tetraxlormetan yoki ularning aralashmasi. Metilxlorid ishlab chiqarishda esa metanni xlorga nisbatan »4:1 mol nisbatda olinadi, bunda reaksiyaga kirishmagan metan va xlormetan reaksiya muhitiga qaytariladi. Metanni xlorlash termik yo‘l bilan 500-550 oS , termokatalitik usul bilan esa 350-400oC olib boriladi.


Gaz fazadagi xlorlash jarayoni doimo atmosfera bosimida reagentlar aralashmasini xloratorga uzluksiz yuborish bilan amalga oshiriladi. Gaz fazasida xlorlash reaktorlarining asosiy uchta turi mavjud (3-rasm).
Termik xlorlashda a-turdagi xloratorlar qo‘llaniladi. Bunda sovuq reagentlar isitilgan nasadkalar yordamida isiydi (nasadka akkumulyator vazifasini bajaradi). Termokatalitik xlorlashda b-turdagi xloratorlar qo‘llaniladi. Isitilgan reagentlarni xloratorga yuborishda v-turdagi xloratorlar qo‘llaniladi, masalan, allil xlorid olishda reaksiya aralashtirgichda boshlanadi, xlorator esa bo‘sh truba vazifasini bajaradi.
Gaz fazasida xlorlash texnologiyasi ham xuddi suyuq fazada xlorlashga o‘xshash bosqichlardan iborat. Reagentlarni tayyorlash uchun suyuq xlor bug‘latiladi, gazsimon xlor qo‘shimcha isitiladi, reagentlar konsentrlangan sulfat kislota yoki adsorbentlar yordamida quritiladi, reagentlar bir-biri va retsirkulyat bilan aralashtiriladi. Allilxlorid va metalallixlorid sintezi jarayonida xom-ashyo uglevodorodlar bug‘latiladi va kerakli temperaturagacha isitiladi.

Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish