28. Titan va uning qotishmalari. Titan kichik solishtirma og’irlikka (4,5 g/sm³) va yuqori korroziyaga qarshi chidamlilikka ega. Titanning erish harorati 1680˚C. Texnik titan va uning qotishmasi tarkibida 0,08-0,6% uglerod, 0,3-2,15% temir, 1-4% marganes, 0,74-4% xrom bor.
Cho‘zilganda titanning vaqtincha qarshiligi 840-1260 MPa. Nisbiy uzunligi 5-20%. Titanning muhim xossalaridan biri ko‘pgina ta’sirchan muhitlarda chidamliligidir. Titan normal va yuqori haroratlarda yuqori mustahkamlikka ega. Titan past haroratli α-fazaga va yuqori haroratli β- fazaga ega. Titan kislorodga, azotga va vodorodga yuqori moyillikka ega; 250˚C haroratda vodorod bilan jadal to‘yinishi boshlanadi, 400˚C da kislorod bilan va 600˚C da azot bilan to‘yinish boshlanadi. Haroratni oshirish bilan titanning faolligi birdan ortib ketadi. Titanni kislorod bilan o‘zaro ta‘sir tezligi azotga qaraganda 50 barobar yuqoridir. Kislorod ti- tanni α-fazaning kuchli stabilizatori hisoblanadi. Azot ham Shunga o‘xShaSh α-fazada va β-fazada yengil eriydi hamda α-fazani kuchli sta- bilizatori hisoblanadi. Titan azotda yengil xususiyatga ega bo‘lgan yagona elementdir.
Azot va kislorod titan mustahkamligini birdan oshiradi va uning egiluvchanligini pasaytiradi. Titandagi vodorod, asosan uni yemirilish moyilligiga ta’sir qiladi.
Titanni payvandlashdagi asosiy qiyinchilik:
a) uni kislorodga, azotga va vodorodga nisbatan erigan holatda ham, qattiq holatda ham yuqori aktivligidir;
b) β-faza donachalarini o‘sishga va qizishga yuqori moyilligi;
d) sovutganda mo‘rt α-fazani paydo bo‘lishi.
Titanni payvandlashdagi asosiy qiyinchilik:
a) uni kislorodga, azotga va vodorodga nisbatan erigan holatda ham, qattiq holatda ham yuqori aktivligidir;
b) β-faza donachalarini o‘sishga va qizishga yuqori moyilligi;
d) sovutganda mo‘rt α-fazani paydo bo‘lishi.
29. Mis va uning qotishmalarini payvandlash
Misning erish harorati 1080–1083°C. 400–600°C haroratda
mis mo‘rtlashadi. Suyuq holatdagi mis gazlar, ya’ni kislorod bilan vodorodni eritib yuboradi. Natijada payvandlash qiyinlasha
di. Mis kislorod bilan birgalikda mis (II)-oksidi (Cu2O)ni hosil
qiladi. Mis(II)-oksidi mis bilan birgalikda donalarning chegarasida joylashadigan oraliq qotishma Cu+Cu2O beradi. Oraliq qotishmaning erish harorati sof misning erish haroratidan 20° past bo‘lgani sababli, bu qotishma chok kristallashayotganda yoriqlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Tarkibida mis (II) oksidi bor erigan mis qotganida vodorod
mavjud bo‘lganida mayda-mayda yoriqlar hosil bo‘ladi. «Misning
vodorod kasalligi» deb ataladigan bu hodisa vodorodning mis (II)
oksididagi kislorod bilan birikishi va suv bug‘ining hosil bo‘lishi
natijasida ro‘y beradi. Suv bug‘i yuksak haroratlarda kengayishga
harakat qilib, chok metalining darz ketishiga sababchi bo‘ladi. Bu
jarayon quyidagi reaksiya bo‘yicha boradi:
Cu2O+H2=2Cu+H2O
Misni payvandlashning qiyinchiligi yana shundan iboratki,
mis nihoyatda issiqlik o‘tkazuvchan va erigan holatida juda ham
suyuq oquvchan bo‘ladi.
Misning payvandlanuvchanligi ko‘p jihatdan uning tozaligiga
bog‘liq: misda zararli qo‘shimcha qancha kam bo‘lsa, uning pay
vandlanuvchanligi shuncha yuqori bo‘ladi. Tarkibida 0,01%dan
ortiq kislorod bo‘lmagan oksidlangan misning payvandlanuvchanligi yaxshi. Misning mexanik xossalari va uning payvandlanuvchanligini yomonlashtiruvchi zarrali qo‘shimchalarga oltingugurt,
qo‘rg‘oshin, margumush, surma va vismut kiradi. Tarkibidagi
qo‘shilmalar 0,4% dan oshmaydigan elektrolitik mis, ayniqsa,
yaxshi payvandlanuvchan bo‘ladi. Qo‘shilmalar miqdori 1 % ga
cha boradigan quyma mis yomonroq payvandlanadi. Misni payvandlashda xrom, marganets, temir, nikel va tantal chok metalining yanada mustahkamligini oshiradi.
Issiqlik o‘tkazuvchanligi yaxshi bo‘lgani uchun misni yoy
yordamida payvandlashda kuchliroq tok ishlatish talab qilinadi.
Misning suyuq oquvchanligi po‘latga qaraganda yuqori bo‘lgani
uchun payvandlanadigan tunukalarning chetlarini zazorsiz zich
biriktirish kerak. Chetlarini umumiy ishlash burchagi 90° bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |