KRISTALL PANJARA TURLARI
1. Ion kristall panjara hosil qiladigan moddalar formulasini toping.
A) LiF B) NH3 C) H2 D) H2S E) SiO2
2. Osh tuzi 8010 C da suyuqlanadi./ molekula qaysi turdagi bog’lanishdan tashkil topgan?
A) kovalent B) qutbli kovalent C) metall D) ion E) donor-akseptor
3. Ishqoriy metallarning gidridlari qanday tuzilishli birikmalarga kiradi?
A) atom B) ion C) amorf D) metall E) molekulyar
4. Quruq muzning kristall panjarasi qanday tuzilgan moddalar jumlasiga kiradi?
A) ionli B) molekulyar C) atomil D) metall
5. Qanday qattiq moddalarda ular suyuqlanma holatga o’tganda elektr tokini o’tkazish hususiyato paydo bo’ladi?
1) kaliy nitrat 2) germaniy 3) natriy xlorid 4) natriy gidroksid 5) oltingugurt 6) kaliy gidrid 7) natriy oksid
A) 1,2,3,4,6 B) 1,2,3,5,7 C) 1,3,4,5,6 D) 1,3,4,6,7
E) 2,4,5,6,7
6. Suyuqlanish temperaturasi va barqarorligi yuqori bo’lgan moddalar qatorini ko’rsating.
A) NaF, HF, F2 B) NaF, NaCl, HCl C) NaCl, Cl2, HCl
D) olmos, SiO2, Al2(SO4)3 E) olmos, CO2, CH4
7. Modda atom kristall panjaraga ega bo’lishini tavsiflaydigan belgilarni ko’rsating.
A) suvda yaxshi eriydigan, kristall holda
B) qattiq, qiyin suyuqlanuvchan, amalda suvda erimaydigan
C) kristall panjara tugunlarida molekulalar joylashadi
D) qattiq, organik erituvchilarda eriydigan
E) suyuq, suvda eriydigan
8. Qaysi moddalar atom kristall panjarali tuzilishga ega?
1. CH3-CHO 2.CH3OH 3.TiO2 4.C 5.NaF 6.SiO2
A) 1,2,3 B) 3,4,6 C) 2,3,4 D) 3,4,5 E) 1,3,4
9. Juda qattiq va qiyin suyuqlanuvchan moddalar qanday kristall panjarali bo’ladi?
1.ionli 2.atomli 3.molekulali 4.metall
A) 3 B) 1,3 C) 2 D) 4 E) 1
10. Eng qattiq va qiyin suyuqlanuvchan moddalar kristall panjarasi qanday tuzilgan bo’ladi?
1.ionli 2.molekulyar 3. Atom 4.metall
A) 1 B) 2 C) 3 D) 2,3 E) 4
11. Qaysi modda molekulyar kristall panjaraga ega?
A) yod B) olmos C) grafit D) ishqor E) temir
12. Qaysi moddalar atom kristall panjarasiga ega?
A) Na2O, Li2O, CaO B) C, Si, Ge, B, Fe C) N2, Cl2, O2 H2
D) H2O, HCl, H2S E) Na, Ca, Fe, Al
13. Quyidagi qattiq moddalardan qasilari atomli kristall panjaraga ega?
1. olmos 2. Temir 3. Yod 4. Kremniy 5. Qizil fosfor
A) 1,2 va 3 B) 2,3 va 4 C) 3,4 va 5 D) 1,3 va 4 E) 1,4 va 5
14. Agar modda qattiq va suyuqlangan hoatda elektr tokini yaxshi o’tkazsa, uning kristall panjarasi qanday bo’lishi mumkin?
1.ion 2.molekulyar 3.atomli 4.metall
A) 1,2 B) 1,3 C) 1,4 D) 2,3 E) 2,4
15. Osh tuzining kristall panjarasi qanday tuzilgan?
1.atomli 2.ionli 3.atomli 4.metall
A) 2 B) 4 C) 1 D) 3 E) 3, 4
16. Oson suyuqlanuvchan va uchuvchan moddalar qanday kristall panjaraga ega bo’ladi?
1.ionli 2.atomli 3.mlekulali 4.metall
A) 1 B) 2 C) 1,4 D) 4 E) 3
17. Olmosning kristall panjarasi qanda tuzilishga ega?
A) kvadrat B) kubsimon C) to’g’ri to’rtburchak D) tetraedr
E) piramida
18. “Quruq muz” qanday kristall panjaraga ega?
A) atomli B) ionli C) molekulyar D) metall E) ham atom ham ionli
19. Qaysi moddalrning kristall panjaralari atomlardan tashkil topgan?
1.grafit 2.ftor 3.kremniy(IV)-oksid 4.uglerod(IV)-oksid
A) 1 va 2 B) 1 va 4 C) 2 va 3 D) 1 va 3 E) 3 va 4
20. Yuqori temperaturada suyuqlanadigan, qattiq va suyuqlangan holda elektr tokini o’tkazadigan va suvda yaxshi eriydigan moddada qaysi turdagi kimyoviy bog’lanish amalga oshgan?
A) qutbli-kovallent B) kovalent C) ion D) metall
E) donor-akseptor
21. Fosforning qaysi allotropik shakl ko’rinishida fosfor atomlarining kristall panjarada o’zaro joylashishi grafit kristallidagi uglerod atomlari joylashishi kabi bo’ladi?
A) qora fosfor B) qizil fosfor C) oq fosfor D) hech qasi birida bunda holat kuzatilmaydi E) binafsha fosfor
22. Quyidagi qattiq moddalardan atom kristall panjaraga egalarini aniqlang.
1) Ge 2) oq fosfor 3) MgS 4) SiO2 5) olmos 6) qizil fosfor
A) 2,3,5,6 B) 1,3,5,6 C) 1,4,5,6 D) 1,2,5,6 E) 2,3,4,5
23. Qattiq holda qaysi moddalar molekulyar kristall panjaraga ega?
1) CO2 2) NaOH 3) HF D) F2
A) 1,2 B) 1,3 C) 1,4 D) 2,3 E) 3,4
24. Qaysi modda qattiq holatda molekulyar kristall pajara tuzilishga ega?
A) natriy B) olmos C) kremniy(II) oksid D) suv E) osh tuzi
25. Qaysi turdagi kristall panjarali moddalarning suyuqlanish temperaturalari eng yuqori bo’ladi?
A) atomli B) molekulyar C) ionli D) molekulyar va ionli E) atomli va molekulyar
26. Nomolekulyar tuzilishga ega bo’lgan moddani ko’rsating.
A) azot B) brom C) aluminiy D) suv E) geliy
27. Oddiy sharoitda molecular kristall panjarani hosil qiladigan moddalarni ko’rsating.
1) yod 2) seziy ftorid 3) grafit 4) oq fosfor 5) natriy xlorid
A) 1,3 B) 2,3 C) 1,4 D) 2,5 E) 2,4
28. Qattiq holatda molekulyar kristall panjaraga ega bo’ladigan moddalarni ko’rsating.
1.KCl 2.CH4 3.CO(NH2)2 4.J2 5.NaOH
A) 2,3,4 B) 1,2,4 C) 1,4,5 D) 2,4,5 E) 1,2,5
29. Oshtuzining kristall panjarasi uchun tegishi bo’lgan hususiyatni aniqlang.
1) ionli 2) molekulyar 3) atomli 4) kub shaklli 5) geksagonal shaklli
A) 1,3 B) 2,3 C) 3,5 D) 1,4 E) 2,5
30. Qaysi moddaning suyuqlanish temperaturasi baland bo’lishi kerak?
A) vodorod xlorid B) litiy xlorid C) suv D) ammiak E) vodorod ftorid
31. Kremniy(IV) oksid qanday tuzilishga ega?\
A) molekulyar kristall panjara B) atomli kristall panjara
C) amorf modda D) ion bog’lanishga ega E) metall bog’lanishga ega
32. Atomli kristall panjara tuzilishiga ega bo’lgan moddani aniqlang.
A) fosfor B) oltingugurt C) kremniy D) ozon E) osh tuzi
33. Kimyoviy bog’lanishning qaysi turida qattiq jismning elektr o’tkazuvchanligi yuqori bo’ladi?
A) kovalent B) qutbli kovalent C) ion bog’lanish D) metall bog’lanish E) qutbsiz kovalent
34. Yod kristallarining sublimatlanish xossasiga asoslanib uning qanday kristall panjarali tuzilishga ega ekanligini ko’rsating.
A) atomli B) ionli C) metall bog’lanish D) molekulyar E) kovalent
35. Qattiq holatda atomli kristall panjaradan tashkil topgan moddalar qatorini toping.
A) fosfor, oltingugurt, uglerod
B) uglerod(IV) oksid, vodorod xlorid, azot
C) bor, germaniy, kremniy
D) suv, uglerod(IV)oksid, uglerod(II) oksid
E) krremniy, uglerod(IV) oksid, suv
36. Suyuqlanish temperaturasiga asoslanib qaysi modda atomli kristall panarali tuzilishga egaekanligini aniqlang
A) osh tuzi 8010 B) kvars 17280 C) aluminiy 6600
D) oltingugurt 1130 E) kalsiy 8510
37. Atomli kristall panjaralardan tuzilgan III va IV dave elementlarini aniqlang.
A) aluminiy, galliy B) fosfor, mishyak C) oltingugurt, selen
D) kremniy, germaniy E) argon, kripton
38. Molekulyar kristall panjarali tuzilishga ega bo’lgan moddalar qatorini toping.
1) metan 2) qizil fosfor 3) yod 4) muz 5) temir 6) olmos
7) osh tuzi 8) kaliy 9) grafit 10) qizil qon tuzi 11) oq fosfor
A) 1,2,3,6 B) 1,3,4,11 C) 2,4,6,8 D) 3,5,6,9,10 E) 4,6,8,11
39. Qaysi qatorda molekulyar kristall panjara hosil qiladigan moddalar berilgan?
A) suv, oltingugurt, kremniy, olmos
B) neon, xlor, ozon, oq fosfor
C) xlor, suv, osh tuzi, olmos
D) kremniy, olmos, suv, xlor
E) olmos, ozon, fosfor, osh tuzi
40. Quyidagi moddalar molekulyar kristall panjaraga ega bo’lganda qaysi moddaning molekulyar massasi eng katta bo’ladi?
A) oltingugurt B) yod C) ozon D) karbonat angidrid E) fosfor
41. Qaysi moddalar molekulyar kristall panjara hosil qiladi?
1) temir 2) kaliy xlorid 3) kislord 4) natriy 5) muz 6) natriy gidroksid 7) mis(II) sulfat
A) 1,6 B) 3,5 C) 2,7 D) 4,6 E) 2,5
42. Moddalarning qaysilari molekulyar kristall panjara hosil qiladi?
1) suv(muz) 2) titan(IV)oksid 3) aluminiy 4) quruq muz
5) kaliy xlorid 6) etanol 7) natriy ishqor
43. Kremniy (IV) oksidning kristall panjarasi qaysi turkumga mansub?
A) atomli B) molekulyar C) ion D) metall E) aralash holatda
44. Qutbsiz kovalent bog’li molekulalardan tashkil topgan moddalarga qaysi hususiyat xarakterli?
A) yuqori temperaturada qaynaydi
B) past temperaturada qaynaydi
C) yuqori temperaturada suyuqlanadi
D) elektr tokini yaxshi o’tkazadi
E) suvda yaxshi eriydi
45. Kovalent bog’lar hisobiga tuzilgan molekuali moddalarning hususiyatlari qaysi javobda tog’ri ko’rsatilgan?
1) molekulyar massalari nisbatan yuqori
2) suuqlanish temperaturalari nisbatan past
3) suvda eruvchanligi yaxshi
4) organik erituvchilardagi eruvchanligi yaxshi
5) molekulalardagi bog’larning to’yinuvchan bo’lmasligi
6) molekulalardagi bog’larning yo’naluvchan bo’lishligi
A) 1,3,5 B) 2,4,6 C) 1,4,6 D) 2,5,6 E) 2,3,5
46.Atom kristall panjara tuzilishga ega bo’lgan modda hosil qiladigan elementlar guruhini aniqlang.
A) ...2p5,...3p5 B) ....2s1,...2p5 C) ...2p2,...3p2
D) ...2p6,...366 E) 2p4,...3p4
47. Kristall panjaralari bir xil bo’lgan moddalar keltirilgan qatorni toping.
A) litiy ftorid, natriy fosfat, ammiak
B) natriy sulfat, vodorod, vodorod sulfid
C) ammiak, vodorod sulfid, vodorod
D) natriy fosfat, vodorod, kislorod
E) vodorod yodid, vodorod sulfid, natiy bromid
48. Qaysi moddalar molekulyar kristall panjaraga ega?
1) muz 2) oltingugurt 3) rubidiy 4) yod 5) grafit 6) piridin
A) 1,2,4 B) 1,3,5 C) 2,4,5 D) 1,2,5 E) 1,3,6
49. Quyidagi keltirilgan hususiyatlar qaysi turdagi moddalar uchun xos bo’ladi?
Suyuqlanish temperaturasi past, suyuq holga o’tmasdan bug’lanish(sublimatsiya hususiyati), mo’rt bo’lish, elektr tokini o’tkazmaslik
A) ion bog’li moddalar
B) molekulyar kristall panjarali moddalar
C) atom bog’lanishga ega bo’lgan moddalar
D) vodorod bog’lanishli moddalar
E) metall bog’ga ega moddalar
50. Kremniy(IV)oksidning kristall panjarasi qaysi turga kiradi?
A) atomli B) molekulyar C) ionli D) metall E) aralash holat
51. Quyidagi fizik xossalarga ega bo’lgan moddalar qaysi turdagi kimyoviy bog’ga ega bo’ladi?(qattiq, ko’pchiliklari yuqori zichlikka va suuqlanish temperaturasiga ega, elektr tokini o’tkazadi)
A) metall B) kovalent C) ion D) vodorod E) qutbsiz kovalent
52. Molekulyar kristall panjara tuzilishiga ega bo’lgan moddalar qatorini toping.
A) shakar, vodorod, kremniy
B) kremniy, aluminiy, bor
C) olmos, grafit, uglerod
D) yod, muz, quruq muz
E) osh tuzi karbamid, muz
53. Qaysi moddalar atomli kristall panjara hosil qiladi?
1) uglerod(IV)-oksid 2) kaliy gidrid 3) qizil fosfor 4) kremniy karbid 5) karbin 6) muz 6)osh tuzi
A) 1 va 6 B) 2 va 7 C) 3 va 5 D) 3,4 va 5 E) 3,5 va 6
54. Atom kristall panjarali moddalar qanday hususiyatlarga ega bo’ladi?
A) suvda to’liq eriydigan kristall moddalar
B) agregat holati suyuq bo’lib, suvda eriydigan moddalar
C) kristall panjara tugunlarida molekulalar joylashgan bo’lib, gazsimon holatda bo’ladi
D) gazsimon, suvda va organik eriydigan moddalar
E) oddiy sharoitda qattiq agregat holatga ega, qiyin suyuqlanadi, suvda erimaydi
55. Molekulyar kristall panjara tuzilishiga ega bo’lgan moddalar qatorini belgilang.
1) olmos 2) grafit 3) kremniy 4) osh tuzi 5) karbamid 6) uglerod 7) muz 8) yod 9) bor 10) karbonat angidrid
A) 1,2,3,5 B) 1,2,4,7 C) 5,7,8,10 D) 3,5,9,10 E) 5,8,9,10
56. Tuzilishi molekulyar kristall panjaraga ega bo’lgan birikmalardan iborat qatorni aniqlang.
1) yod 2) muz 3) qizil fosfor 4) vodorod xlorid 5) ammiak 6) xlor 7) vodorod ftorid
A) 1,3,5,6 B) 1,2,4,7 C) 3,5,6,7 D) 1,4,5,6 E) 1,2,5,6
57. Atomli kristall panjara tuzilishiga ega bo’lgan moddalar qatorini aniqlang.
A) oltin, germaniy, bor B) germaniy, neon, bor
C) kremniy, germaniy, bor D) ozon, azot, uglerod
E) kumush, oltin, kremniy
58. Natriy metalining yumshoq bo’lishi, kalsiyning qattiq bo’lishi sababi to’g’ri izohlangan javobni topng.
A) metall bog’lanishning to’yinuvchan bo’lmasigi
B) kristall panjara tuzilishining tabiati
C) kuchli lokallashmagan bog’lanish hosil bo’lmasligi
D) metall bog’lanishda har bir atomdan qatnashadigan elektron juftlarning ortishi
E) metall bog’lanishda erkin elektronlarning mavjudligi
59. Gazsimon holatdan kondensirlangan holatga o’tganda quyidagilardan qaysi biri molekulyar tuziishilini saqlab qoladi?
1) yod 2) natriy 3) uglerod 4) osh tuzi 5) benzol 6) bor
7) fosfor(V) xlorid
A) 1,5 B) 1,5,7 C)1,3,6 D) 2,3,4 E) 3,6
60. Nomolekulyar tuzilishga ega bo’lgan moddani toping.
A) suv B) vodorod xlorid C) metil spirt
D) oltingugurt, temir sulfid
61. Elektron formulasi qanday bo’lgan elementlar juftligi molekulyar kristall panjarali modda hosil qila oladi?
1) 1s22s1 2) 1s22s22p1 3) 1s22s22p3 4) 1s22s22p2 5) 1s22s22p6
6) 1s22s22p4
A) 1 va 3 B) 2 va 5 C) 3 va 5 D) 1 va 5 E) 4 va 6
Do'stlaringiz bilan baham: |