DTM 2006
1. Molekulyar kristall panjara tuzilishiga ega bo’lgan moddalar berilgan javobni belgilang.
1) olmos 2) grafit 3) kremniy 4) osh tuzi 5) karbamid 6) uglerod 7) muz 8) yod 9) bor 10) karbonat angidrid
A) 4,5,6,8 B) 1,2,3,5 C) 3,5,9,10 D) 5,7,8,10
2. Uglerod(IV)-oksid past(-56,60C) temperaturada, kremniy(IV)-oksidi esa yuqori (17280C) temperaturada suyuqlanishi ... har xilligi bilan izohlanadi.
A) tashqi qavatdagi elektronlar sonining
B) nisbiy molekulyar massalarining
C) davrlarining D) kristall panjaralari tuzilishining
3. Kimyoviy bog’lanishlarning qaysi turida qattiq jismlarning elektr o’tkazuvchanligi yuqori bo’ladi?
A) qutbli kovalent bog’lanish
B) qutbsiz kovalent bog'lanish
C) metall bog’lanish
D) ion bog’lanish
4. Suyuqlanish temperaturasi yuqori bo’lgan moddani aniqlang.
A) litiy xlorid B) vodorod xlorid C) ammiak D) suv
5. Suyuqlanish temperaturasiga asoslanib, qaysi modda atom kristall panjara tuzilishiga ega ekanligini aniqlang.
A) kvars 1728o B) osh tuzi 8010 C) oltingugurt 1130
D) aluminiy 6600
6. Yuqori temperaturada suyuqlanadigan, suyuq holda elektr tokini o’tkazadigan, suvda yaxshi eriydigan moddada qaysi turdagi kimyoviy bog’lanish mavjud bo’ladi?
A) kovalent B) vodorod C) metall D) ion
7. Yod kristallarining sublimatlanish xossasiga asoslanib uning qanday kristall panjarali tuzilishga ega ekanligini ko’rsating.
A) ionli B) atomli C) molekulyar D) metall
DTM 2013
1. Qanday kristall panjaraga ega bo’lgan moddalar oson suyuqlanuvchan va oson uchuvchan bo’ladi?
A) metall B) ionli C) molekulyar D) atom
2. Molekulyar kristall panjarali moddalar qatorini ko’rsating.
A) Si, Ge B) CO2, Si C) S8, O3 D) NaCl, Fe
3. Qizil fosfor qanday kristall panjaraga ega?
A) atom B) molekulyar C) ion D) metal
4. Ion kristall panjarali moddalarni belgilang.
A) H2, O3, H2SO4 B) NaOH, K2SO4, BaCl2
C) C, SiO2, HCl D) Mg(OH)2, H2O, H2SO4
5. Molekulyar kristall panjarali moddalar qatorini ko’rsating.
A) S8, O3 B) CO2, Si C) NaCl, Fe D) Si, Ge
6. Suyuqlanish temperaturasi past bo’lgan molekulalarni belgilang.
A) H2, CO2, NaCl B) NaOH, Al2O3, C
C) O2, H2, N2 D) NaOH, CO2, Al2O3
7. Qizdirilganda suyuqlanmasdan gaz holatiga o’tadigan moddalarni belgilang.
A) yod, naftalin B) suv, natriy xlorid
C) xlor, brom D) magniy gidroksid
8. Moddalar orasida necha xil va qaysi agregat holatlar mavjud?
A) 4; gaz, suyuq, plazma, qattiq
B) 4; gaz, suyuq, amorf, qattiq
C) 3; gaz, suyuq, qattiq
D) 4; gaz, suyuq, plazma, kristall
Do'stlaringiz bilan baham: |