00-6son-45.
16. Uy temperaturasida azot bilan o‘zaro reaksiyaga kirishadigan ishqoriy metallni ko‘rsating.
A) Cs B) Na C) Rb D) Li E) K
01-2son-41.
17. Reaksiya natijasida vodorod ajralib chiqadigan jarayonlarni ko‘rsating
1) Na+H2O→ 2) NaH+H2O→ 3) Na+NH3→
4) Na+HCI→ 5) Na2O+H2O→
A) 1,2,3,4 B) 2,3,4,5 C) 1,2,4,5 D) 1,3,4,5 E) 1,2,3,5
01-4son-56.
18. Massasi 16,2 g bo‘lgan kumush bilan konsentrlangan sulfat kislota orasidagi reaksiyada hosil bo‘lgan gaz moddaning hajmini (l) toping.
A) 1,68 B) 5,6 C) 2,24 D) 4,48 E) 6,72
01-8son-10.
19. Ishqoriy metall seziy fotoelementlar tayyorlashda ishlatiladi. Fotoelementning vazifasi nimadan iborat?
A) mexanik energiyani elektr energiyaga aylantirib berish
B) yorug‘lik energiyasini elektr energiyaga aylantirib berish
C) elektr energiyani mexanik energiyaga aylantirib berish
D) yorug‘lik energiyasini kimyoviy energiyaga aylantirib berish
E) issiqlik energiyasini elektr energiyaga aylantirib berish
02-7son-56.
20. Litiy oksid, natriy oksid, kaliy oksid, rubidiy oksid va seziy oksid qatori bo‘ylab ularning suv bilan reaksiyaga kirishish aktivligi qanday o‘zgaradi?
A) ortadi B) kamayadi C) o‘zgarmaydi
D) avval ortadi, keyin kamayadi
E) avval kamayadi, keyin ortadi
03-5son-6.
21. Suvda kam eriydigan litiy tuzlari qatorini ko‘rsating.
A) litiy karbonat, litiy fosfat, litiy ftorid
B) litiy xlorid, litiy bromid, litiy yodid
C) litiy nitrat, litiy sulfat, litiy fosfat
D) litiy yodid, litiy sulfat, litiy fosfat
E) litiy karbonat, litiy xlorid, litiy nitrat
03-5son-7.
22. Potash qanday usulda olinadi?
A) ammiakli suv+xlorid kislota
B) kaliy ishqori+uglerod(IV) oksid
C) kaliy gidrokarbonatni parchalash
D) kaliy oksid+uglerod(IV) oksid
E) kaliy ishqori+natriy karbonat
03-5son-13.
23. Quyidagilarning qaysi biri qaldiroq gaz deb ataladi?
A) havo tarkibidagi azot
B) bertole tuzi parchalanganda hosil bo‘ladigan gaz
C) ikki hajm vodorod bilan bir hajm kisloroddan iborat aralashma
D) ko‘mir yonganda atmosferaga chiqayotgan gaz
E) havo tarkibidagi nodir gazlar
00-3son-15.
24. Suv quyidagi moddalarning qaysi biri bilan reaksiyaga kirishadi?
1) oltingugurt 2) kaliy xlorid 3) alyuminiy sulfid 4) kremniy(IV) oksid 5) xrom(VI) oksid
6) alyuminiy karbid 7) natriy gidroksid
8) kalsiy fosfid
A) 1,2,3,4 B) 3,4,6,8 C) 1,3,4,5 D) 2,4,6,7 E) 3,5,6,8
99-2son-40.
25. “Qaldiroq gaz”ning tarkibini ko‘rsating:
A) H2+(O) B) H2+O2 C) H2+2O2 D) H2+2O2
E) 2H2+O2
Do'stlaringiz bilan baham: |