99-7son-26.
54. Quyidagi qaysi metallar odatdagi sharoitda suv bilan reaksiyaga kirishganda, vodorod hosil bo‘ladi?
1) rux 2) magniy 3) alyuminiy 4) temir 5) natriy 6) mis 7) kalsiy
A) 5 va 7 B) 1 va 5 C) 3,5 va 7 D) 2 va 4 E) 3 va 5
99-10son-26.
55. Quyidagi iborani tugatish uchun qaysi javoblardan foydalanish to‘g‘ri bo‘ladi?
“Metallarning elektrokimyoviy korroziyasi deb...”
A) metallarning quruq gazlar ta’sirida emirilishga aytiladi.
B) metallarning qutbsiz erituvchilar ta’sirida emirilishga aytiladi.
C) metallarning havo kislorodi ta’sirida emirilishga aytiladi.
D) metallarning quruq gazlar va elektr tokini o‘tkazmaydigan suyuqliklar ta’sirida emirilishga aytiladi.
E) bir-biriga tegib turgan ikki xil tabiatli metallarning elektrolit ishtirokida emirilishga aytiladi.
00-4son-4.
56. Ikki metalldan tayyorlangan qotishma suyuq xlorid kislotada to‘liq eriydi. Konsentrlangan natriy gidroksidda esa qisman eriydi. Qaysi metallar bu qotishma tarkibiga kirgan bo‘lishi mumkin?
1) Fe 2) Mn 3) Mg 4) Zn 5) Hg
A) 1,2 B) 1,3 C) 1,4 D) 2,3 E) 4,5
00-4son-20.
57. Qaysi metallarning kationlari diamagnit xossaga ega?
1) Na 2) AI 3) Ca 4) Fe 5) Mg 6) Ni
A) 1,2,4,5 B) 1,2,3,5 C) 1,3,5,6 D) 1,2,4,6 E) 1,2,3,6
00-4son-47.
58. Quyidagi qaysi metallarni ularni oksidlaridan vodorod yordamida qaytarib olish mumkin?
1) mis 2) ishqoriy metallar 3) alyuminiy
4) volfram 5) rux
A) 1 va 4 B) 1 va 5 C) faqat 1 D) 3 va 4 E) faqat 5
00-10son-17.
59. Keltirilgan xossalarning qaysilari d-elementlarni xarakterlaydi?
1) d-elementlarning ionlanish energiyasi ancha katta 2) d-elementlar kuchli oksidlovchilar
3) d-elementlar metallardir 4) ularning atomlarida d-orbitallar elektronlar bilan to‘lib boradi 5) d-elementlar o‘zgaruvchan valentlik namoyon qiladilar 6) d-elementlar barcha agregat holatlarda mavjuddir.
A) 1,2 B) 1,5 C) 1,2,5 D) 1,2,6 E) 3,4,5
01-4son-30.
60. O‘zgaruvchan valentlikka ega bo‘lgan d-elementlarni ko‘rsating.
1) rux 2) titan 3) mis 4) kadmiy
A) 1, 2 B) 1,3 C) 1,4 D) 2,3 E) 3,4
01-4son-31.
61. Metallarning xlorid kislota bilan reaksiyasi natijasida qaysi tuzlarni olish mumkin?
1) alyuminiy xlorid 2) temir(III) xlorid
3) temir(II) xlorid 4) rux xlorid 5) mis(II) xlorid 6) kumush xlorid
A) 1,2,4 B) 1,2,3,4 C) 3,5,6 D) 4,5,6 E) 1,3,4
01-10son-28.
62. Temir(II) tuzi eritmasini temir(III) birikmasiga aylantirish uchun quyidagi moddalarning qaysilaridan foydalanish mumkin?
1) nitrat kislota 2) sulfat kislota 3) natriy ishqori eritmasi 4) kaliy permanganat
5) kislorod
A) 1,2, 4+5 B) 2+4, 5 C) 1+4; 2, 3+5 D) 2+4; 1, 3+5 E) 1,3, 4+5
02-2son-45.
63. Ikki metalldan yasalgan qotishmaning bir qismi konsentrlangan xlorid kislotada eriydi, konsentrlangan issiq sulfat kislotada esa to‘la eriydi. SHu qotishma qaysi metallardan yasalgan?
1) kalsiy 2) kumush 3) magniy 4) temir 5) rux
6) mis
A) 1,3 B) 3,4 C) 2,3 D) 2,6 E) 3,5
Do'stlaringiz bilan baham: |