Kislotalarning nomlanishi. Kislotalarning kislota qoldig`i nomidan keltirib chiqariladi. Bunda quyidagi asosiy kislota qoldiqlari nomi va mos keladigan kislotalar nomi va hamda ularning formulalari beriladi. Ularni nomlanishda kislota qoldig`i nomi + kislota so'zlarini qo'shib yasaladi. Masalan: xlorid kislota – НСl.
Tuzlar. Tuzlar - tarkibida metall atomlari va shuningdek ammoniy gruppasi va kislota qoldig`i bo'lgan anorganik birikmalarga aytiladi.
Tuzlar gidroksidlar va kislotalarning o'zaro ta'siri mahsuloti bo'lib, ular turli tarkibli bo'ladilar.
O'rta tuzlar - tarkibi faqat metall atomi (yoki NH4) gruppasi va kislota qoldig`idan iborat bo'lib, MxEy yoki MxEyOz formulalarga mos keladi. Masalan: NaCl, KF, CaCO3
Nordon tuzlar - tarkibi metall atomi, metall atomi kislota qoldig`idan tashqari vodorod atomi saqlagan tuzlardir. Masalan: NaHCO3, LiHS, Mg(HS)2.
Asosli tuzlar - tarkibida metall atomi kislota qoldig`i va OH- gidroksid gruppalari saqlagan tuzlar. Mg(OH)Cl , (CuOH)2CO3, Al(OH)2Cl
Tarkibida bir hil kislota qoldig`i va ikki hil metall atomlari saqlagan tuzlar KAl(SO4)2 · 12H2O, KCr(SO4) · 6H2O[5]
Tarkibida qattiq holda va eritmada mustaqil mavjud bo'la oladigan kompleks-ion saqlagan moddalar. K4[Fe(CN)6], K3[Fe(CN)6], Na3[Co(NO2)6], Na2[PtCl6]
Tuzlarning nomlanishi. Tuzlarning nomi “metall atomi + kislota qoldig`i “ nomidan keltirib chihariladi. M: kaliy ftorid KF
Tuzlarning nomi o'zgarmas valentli metallar uchun “me+kis.qold” KCl. Agar metall o'zgaruvchan valentli bo'lsa va bir necha xil tuzlar hosil qilsa, Me atomi nomidan so'ng uning valentligi qavs ichida rim raqami bilan ko'rsatiladi va qavsdan keyin chiziqcha qo'yiladi hamda kislota qoldig`i nomi yoziladi.
Nordon tuzlar uchun tuzlarning nomi o'zgarmas valentli metallar uchun o'rta tuz nomi o'rtasida “gidro” so'zi qo'shib nomlanadi[8].
Agar Me atomi o'zgaruvchan valentli bo'lsa, va bir necha hil tuzlar hosil qilsa, Me atomi nomidan keyin uning valentligi qavs ichida rim raqami bilan yoziladi va qavsdan keyin chiziqcha qo'yiladi hamda “gidro” so'zi va kislota qoldig`i nomi yoziladi. Asosli tuzlar uchun tuzlarning nomi o'zgarmas valentli metallar uchun o'rta tuz nomi o'rtasiga “gidrokso” so'zi qo'shib nomlanadi. Agar metall atomi o`zgaruvchan valentli bo'lsa va bir necha xil tuzlar hosil qilsa, metall atomi nomidan so'ng uning valentligi qavs ichida rim raqami bilan yoziladi va qavsdan keyin chiziqcha qo'yiladi hamda “gidrookso” so'zi va kislota qoldig`i nomi yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |