ASOSLAR(GIDROKSIDLAR)
Tarkibida erkin (OH) girdoksid guruh tutuvchi murakkab moddalarga asoslar deyiladi: E(OH)n
Gidroksidlar 3 ta guruhga bo’linadi.
Ishqorlar
Asoslar
Amfoter gidroksidlar
Ishqorlar: suvda yaxshi eruvchi, asoslik xossasi kuchli bo’lgan gidroksidlarga ishqorlar deyiladi. Ishqor – “o’yuvchi” , “yemiruvchi” degan ma’noni anglatadi.
Bularga: LiOH, NaOH, KOH, RbOH, CsOH, FrOH, Ca(OH)2, Sr(OH)2, Ba(OH)2, Ra(OH)2
Asoslar: suvda kam eruvchan, asoslik xossasi kuchsiz bo’lgan gidroksidlar.
Bularga: CuOH, Cu(OH)2, Mg(OH)2, Cd(OH)2, Hg(OH)2 Bi(OH)3, Cr(OH)2, Fe(OH)2, Ni(OH)2, Ni(OH)3, Co(OH)2, Co(OH)3,Mn(OH)2
!!!Shuningdek, metall atomi bo’lmagan yagona gidroksid – NH4OH ham shu guruhga kiradi.
Amfoter gidroksidlar: ham asos, ham kislota xossasini namoyon qiluvchi gidroksidlarga amfoter gidroksidlar deyiladi.
Bularga: Be(OH)2, Zn(OH)2, Al(OH)3, Fe(OH)3, Cr(OH)3, Sn(OH)2, Sn(OH)4, Pb(OH)2
Asoslar tarkibidagi gidroksid(OH) guruhlar soniga qarab, 1,2,3,4 negizli asoslarga bo’linadi:
1 negizli: NaOH, CuOH, ...
2 negizli:Ca(OH)2, Mg(OH)2, ....
3 negizli:Al(OH)3, Fe(OH)3, ...
4 negizli: Sn(OH)4
KISLOTALAR
Metall atomiga o’rnini bera oluvchi vodorod atomi va kisolta qodig’idan tashkil topgan murakkab moddalarga kislotalar deyiladi.
Kislotalar 2 ta guruhga bo’linadi:
O2 siz kislotalar
O2 li kislotalar
O2 siz kislotalar: takibida kislorod saqlamagan kislotalardir: HnE
Masalan: HCl, HBr, H2S, HCN, HSCN va h.k.z
O2 li kislotalar: takibida kislorod saqlovchi kislotalardir: HnEOx
Masalan: HClO, H2S2O8, H3PO4 va h.k.z
Kislotalar tarkibidagi vodorod atomlari soniga qarab: 1,2,3,4 negizli kislotalarga bo’linadi:
1 negizli: HJ, HClO4, ...
2 negizli:H2Se, H2S2O8, ...
3 negizli:H3PO4, H3BO3, ...
4 negizli:H4P2O7, H4SiO4
!!! shunday kislotalar borki, ularni negizini tarkibidagi vodorod atomlar soniga qarab ajratib bo’lmaydi.
Masalan:
H3PO3 –Fosfit kislota. Tarkibidagi H lar soni 3ta, ammo bu kislota 2 negizli
H3PO2 – Gipofasfit kislota. Tarkibidagi H lar soni 3 ta, ammo bu kislota 1 negizli.
CH3COOH – sirka kislota. Tarkibidagi H lar soni 4 ta, ammo bu kislota 1 negizli
Ko’pchilik organik kislotalarda ham H atomlar soniga qarab ularning negizini aniqlab bo’lmaydi.
TUZLAR
Metall atomi shuningdek ammoniy kationi va kislota qoldigidan tashkil topgan murakkab moddalarga tuzlar deyiladi.
Tuzlar 5 ta guruhga bo’linadi:
O’rta (normal) tuzlar;
Nordon (kislotali) tuzlar
Asosli tuzlar;
Qo’sh (aralash) tuzlar:
Kompleks tuzlar
O’rta (normal) tuzlar: Kislota tarkibidagi barcha H atomlari o’rnini metall atomi (shuningdek ) to’liq egallashidan hosil bo’lgan tuzlar o’rta tuzlar deyiladi.
Masalan:
|
Na
|
Mg
|
Al
|
HCl
|
NaCl
|
MgCl2
|
AlCl3
|
H2SO4
|
Na2SO4
|
MgSO4
|
Al2(SO4)3
|
H3PO4
|
Na3PO4
|
Mg3(PO4)2
|
AlPO4
|
H4P2O7
|
Na4P2O7
|
Mg2P2O7
|
Al4(P2O7)3
|
Nordon (kislotali) tuzlar: Kislota tarkibidagi H atomlari o’rnini metall atomi (shuningdek ) qisman egallashidan hosil bo’lgan tuzlar nodron tuzlar deyiladi.
Masalan: NaHSO4, Al2(H2P2O7)3, Mg(HSO4)
!!! bir negizli kislotalar nordon tuz hosil qila olmaydi.
Asosli tuzlar: Asos tarkibidagi (OH) lar o’rnini qisman kislota qoldig’i egallashidan hosil bo’lgan murakkab moddalarga asosli tuzlar deyiladi.
Masalan: Al(OH)2Cl, (Mg(OH))2SO4
!!! bir negizli asoslar buday tuz hosil qila olmaydi.
Qo’sh tuzlar: bir necha xil tuzdan tashkil topgan tuzlar
Masalan:
Kaliy alyumeniyli achchiq tosh: K2SO4 Al2(SO4)3 24H2O (qisqacha KAl(SO4)2 12H2O);
Natriy alyumeniyli achchiq tosh: Na2SO4 Al2(SO4)3 24H2O (qisqacha NaAl(SO4)2 12H2O);
Mor tuzi: (NH4)2SO4 FeSO4 6 H2O
Xlorli oxak: CaCl(ClO) yoki CaOCl2
Kompleks tuzlar: tarkibida markaziy atom va ligantlar saqlovchi tuzlarga kompleks tuzlar deyiladi.
Masalan:
K3[Fe(CN)6] qizil qon tuzi
K4[Fe(CN)6] sariq qon tuzi
Fe3[Fe(CN)6]2 trumbul ko’ki
Do'stlaringiz bilan baham: |