21. Tautomerlarni va H-atomi ko’chishini o’rganish? Hisoblashlar yordamida amin-imin, imin-enamin, keto-enol, laktam-laktim va boshqa tautomerlarning qaysi formasi barqarorligini va bir-biriga o’tish baryerini aniqlash mumkin. Mopac2012 dasturida o’tish holatini TS (Transition search) kalit so’zi, Gaussianda esa opt=ts kalit so’zi yordamida topish mumkin. Undan tashqari, Mopac dasturida SADDLE kalit so’zi yordamida ham o’tish holatini topish mumkin. Firefly/Gamess dasturida RUNTYP=SADPOINT kalit so’zi yordamida o’tish holati topiladi. O’tish holati bir tautomer holatdan ikkinchi ikkinchi tautomer holatiga o’tishdagi energetik sathning maksimum holati:
Firefly dasturida AM1 usuli bilan timin molekulasining laktam va laktim holatlarining hosil bo’lish issiqligi (ΔHf) va umumiy energiyasi (Etotal) hamda bir-biriga o’tish baryeri (Ea) hisoblandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |