23-rasm. Hansh diagrammasi
Deskriptor – organik birikmalar tuzilishining o’ziga xos hususiyatini ifodalovchi parametr. Birikma tuzilish formulasi asosida hisoblanadigan har qanday son deskriptor bo’lishi mumkin. Masalan, molekulyar massa, atom zaryadlari, dipol moment va boshqalar.
Bugungi kunda hisoblash majmualarida birikmalarning elektron tuzilishini va geometrik xarakteristikalarini ifodalash maqsadida besh mingdan ortiq deskriptorlar aniqlangan. Deskriptorlarni hisoblaydigan maxsus dasturlar yaratilgan. Shulardan eng mashhuri Dragon (komersial) dasturi hisoblanadi. Uning oxirgi versiyasi ma’lum bo’lgan deskriptorlarning hammasini hisoblash imkoniyatini beradi. Uning bepul variantida 1400-ga yaqin 18-ta kategoriyadagi deskriptorlarni hisoblash mumkin (-Rasm).
Yaratilgan deskriptorlar birikmalarning reaksion qobiliyati, fizik-kimyoviy xarakteristikalari va biologik faollikni matematik modellashda, ya’ni miqdoriy jihatdan baholovchi matematik tenglamalar (modellar) tuzishda keng qo’llanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |