11. Yordamchi majmualar (interfeyslar)? Birikmalarning hisoblashlar uchun dastlabki geometriyalarini tayyorlash hamda hisoblash natijalarini grafik tarzda ifodalash maqsadida yordamchi dasturlar-interfeyslar yaratilgan. Sababi, Mopac va boshqa majmualar faqat maxsus input fayllarni tushunadi. Interfeyslarda modda geometriyasi chizilib, input fayllar xosil qilinadi. Shuning uchun oldin ayrim input fayllarni qarab chiqamiz.
Mopac Z-matritsasi
Z – matritsa – molekuladagi atomlarning ichki kordinatalarini mpirice parametrlar (bog’ uzunligi, valent burchak va torsion burchak) yordamida tartibli kiritilishidir. Mopac Z-matritsasi Mopac 2009 (2012), WinMopac 7.2 kvant-kimyoviy hisoblash dasturlarida hisoblash uchun modda tuzilishini kiritish usulidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |