10. Sistema zaryadi va spin multipletligi? Empirik hisoblash usullarida molekula (sistema) zaryadi ahamiyat kasb qilmaydi. Ammo, yarim empirik va noempirik, yana shuningdek DFT hisoblashlarida sistema zaryadi va spin multipleti to’g’ri kiritilmasa, xato hisoblashlar amalga oshirilishi mumkin.
Sistema zaryadi deganda, ionlarning kation yoki anion ekanligini ifodalash. Masalan, ammoniy kationi “+1”, sulfat kislota anioni (SO4-2) “-2” bilan belgilanadi. Neytral molekulalarning zaryadi nolga teng bo’lib, ularning har bitta MO-larida 2-tadan (↑↓) elektron bo’ladi va umumiy elektronlar soni juft bo’ladi. Bunday sistemaning spin multipletligi (SM) birga teng bo’ladi. Birikmada bitta juftlashmagan elektron bo’lsa SM=2, ya’ni dublet bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |