NOEMPIRIK (AB INITIO)USULLAR
Reja:
1. Ab initio usullari
2. Kvant-kimyoviy usullar ierarxiyasi
3. Noempirik hisoblashlar uchun bazis funksiyalar
Ab initio termini «birlamchi prinsiplardan» ma’nosini anglatadi. Rus
tilida chiqadigan ilmiy adabiyotlarda bunday hisoblash usullariga
noempirik usullar deb ham ataladi.
Har qanday ab initio usulining vazifasi shundan iboratki, berilgan
kristallik strukturaga ega bo‘lgan kimyoviy birikmaning fizik va
kimyoviy xossalarini qo‘shimcha empirik ma’lumotlarsiz nisbatan aniq
va kam kompyuter vaqtini sarflab hisoblashdir.
Umuman olganda kvant-kimyoviy ifodalashlar barcha zarrachalarga,
jumladan elektronlar va yadrolarga ham taalluqli bo‘lishi kerak. Lekin
amaliyotda Born-Oppengeymer yaqinlashuvi ishlatilib, unda yadroning
harakati hisobga olinmaydi, elektronlar qo'zg'almas yadrolar tizimi hosil
qilgan potensialda harakatlanadi deb olinadi.
Tekshiriladigan obyektning elektron tuzilishini kvanto-kimyoviy
hisoblashlardan oldin gamiltonionlar tanlanadi. Boshqacha aytganda
qanday o‘zaro ta'sirlar va qaysi ko’rinishda hisobga olinishi aniqlanadi.
Ko‘pgina holatlarda kinetik energiya, elektronlarning yadrolar bilan
elektrostatik o‘zaro ta’siri, hamda yadrolarning o‘zaro ta'sirini hisobga
oluvchi nerelyativik gamiltonianlarni qarash bilan chegaralanadi. Og‘ir
atomlar uchun relyativistik effektlarni hisobga olish juda muhim. Ularni
qarab chiqish uchun gamiltonianlarga spin-orbital o‘zaro ta'sirlarga
javob beradigan had qo‘shilishi kerak, yoki relyativistik bo‘lmagan
hisoblashlarni o‘tkazib, a poste- riori tuzatishini, masalan, qo‘zg‘alish
nazariyasini qo‘llab, kiritish kerak.
Gamiltonian ko‘rinishi va elektronlar soni berilgan sistema elektron
tuzilishi haqidagi zaruriy ham statistik, ham dinamik ma’lumotlarni
saqlaydi. Undan keyin qaralayotgan sistemaning elektroneytralligi, ya’ni
elementar
yacheykaga
to‘g‘ri
keladiganelektronlar
soni
yadro
zaryadining yig‘indisiga tengligi hisobga olinadi.
Keyin sistemlarning qaysi xossalarini aniqlash qiziqarli ekanligi
aniqlanadi. Masalan, qattiq jismlar fizikasida elektron tizimning asosiy
holati fundamental rolni o'ynaydi. Shuning uchun ham uni va unga
bog'liq holda fizik-kimvoviy xossalarni aniqlash eng e’tiborga loyiqdir.
Sistemaning asosiy holatini aniqlash uchun Shredinger tenglamasini
yechish va asosiy holatning energiyasini topish kerak. Lekin umumiy
holda bu tenglamani ko‘p elektronli sistemalar uchun yechishning iloji
yo‘q. Shuning uchun ularni yechishda ko‘p elektronli masalani bir
elektronliga olib keladigan bir qator usullar qo‘llaniladi. Mazkur
ma’ruzada eng keng tarqalgan usullar haqida gap boradi.
Kvant-kimyoviy usullar ierarxiyasi
Umuman olganda molekula uchun Shredingerning elektron
tenglamasini Xartri-Fok usulida yoki elektron korrelyatsiyasini hisobga
oluvchi biror usul yordamida faqat fizika va matematika qonunlari
asosida taqriban yechish mumkin. Buning uchun fundamental fizik
konstantalar, atom yadrolarining soni va xilini bilish kerak. Lekin
ommaviy hisoblashlar uchun bu juda murakkab yo‘l va amaliyotda
boshqacha yondashiladi. Avvalo Born-Oppengeymer yaqinlashuvi
qo‘llanilib, molekulaning strukturasi yadro koordinatalari ko‘rinishida
beriladi. Keyin esa qoidaga ko‘ra AOCHK sining MO yaqinlashuviga
harakat qilinadi va AO ni aks ettiruvchi analitik funksiyalar tanlanadi.
Shu bilan «tashqari» dan olinadigan ma’lumotlarga chegara qo‘yiladi.
Undan keyin barcha integrallarning hisoblanishi bilan bog‘liq bo'lgan
qat’iy o‘zaro kelishnv (agar imkoniyati bo'lsa, molekulalar simmetriyasi
hisobga olingan holda) o'tkaziladi. MO ni hisoblashning bunday usuliga