Kovalent bog’ning yo’naluvchanligi
H 2 molekulasi hosil bo’lishda s – s elektronlar buluti bir – birini qoplaydi. s – elektronlar bulutining sharsimon shakli s – s bog’ning istalgan yo’nalishda ham bir xil barqarorlikka ega bo’lishiga sabab bo’ladi.Ya’ni H2 da s – s elektron bulutlarning qoplanish darajasi hamma yo’nalishlarda bir xildir. Endi suv molekulasini ko’raylik.
H2O H – O – H
Bu molekula uchun s – p bog’lanish xarakterli. 1s – elektron vodoroddan 2p – elektron kisloroddan.
1s2 2s2 2p4
O.
Demak, kislorod atomida 2 ta p elektronlar juftlashmagan. Bu 2 ta elektronlarning buluti bir – biriga 90º burchak ostida joylashishi kerak. Lekin, (– –) elektron bulutlarining itarilishi tufayli bu burchak suv molekulasida 105º,3' ga teng.
Suv molekulasida p elektronlar bulutining s ga qaragan tomoni uzaygan, narigi tomoni kaltaygan. Modda molekulasidagi kimyoviy bog’lar yo’nalishlari orasidagi hosil bo’ladigan burchakni valent burchak deyiladi.
Demak, suv uchun valent burchak 105º,3' ga teng. Kovalent bog’ning yo’naluvchanlik xossasi bu bog’ni hosil qiluvchi elektron bulutlar shaklining turli joyida turli xilligidan kelib chiqadi.
AA yoki AB tip molekulalar uchun (ya’ni 2 ta bir xildan yoki 2 ta turli xil elementdan tashkil topgan molekulalar uchun) yo’naluvchanlik ahamiyati yo’q: bunday molekulalar chiziqsimon formaga ega. Misol:
Bunday molekulalarda s – p, p – p qoplanishlar ham to’g’ri chiziqda yotadi. Bunday molekulalarga H2, Cl2, Br2, F2, J2, Na2, K2, Li2 lar kiradi (bug’ holatda Na, K, Li lar shu ko’rinishda bo’ladi). Umuman, davriy sistemaning 1-gruppasi asosiy va qo’shimcha gruppachalari uchun shunday molekulyar tuzilish xos.
A2B tip molekulalar uchun (bu yerda B 2 ta p elektron bilan bog’ hosil qilishda ishtirok etadi) burchakli shakl xos. Masalan, suv molekulasi.
Bu elementlarga (ya’ni B ga) O2 va uning analoglari kiradi.
Agar B atom 3 ta p elektroni bilan qatnashsa, bunda molekula fazoviy shaklga ega. Masalan, shu misolimiz uchun uch burchak asosiga qurilgan piramida shakliga ega. Bu tip molekulalarni 5 gruppa asosiy gruppachasi elementlari (N2, P, As, Sb, Bi) lar hosil qiladi.
Bular sirtqi qavatida 3 ta p elektron tutadi. Demak, xulosa chiqaramiz:
AA, AB tip molekulalar uchun kovalent
bog’lanish yo’nalishga ega emas.
A2B tip molekulalar uchun kovalent bog’lanish yo’nalishi burchak ostida yotadi.
A3B tip molekulalarda kovalent bog’lanishi piramida uchidan burchaklari tomon yo’nalgandir.
VALENT BURCHAGI
Do'stlaringiz bilan baham: |