Masala 42.
10 g kislorod 10°S temperatura va 3 atm bosimda turibdi. U o’zgarmas bosimda qizdirilgandan so’ng kengayib, 10 l hajmni egallaydi. Gazning 1) kengaygandan oldingi hajmi, 2) kengaygandan keyingi temperaturasi, 3) kengayishidan oldingi zichligi va 4) kengaygandan keyingi zichligi topilsin.
Masala 43.
Qanday temperaturada azot molekulalarining o’rtacha kvadratik tezligi ularning ehtimolligi eng katta tezligidan 50 m/sek ga ortiq bo’ladi?
Masala 44.
0ºS da kislorod molekulalarining qancha qismi 100 m/sek dan 110 m/sek gacha oraliqdagi tezliklarga ega bo’ladi?
Masala 45.
150ºS da azot molekulalarining qancha qismi 300 m/sek dan 325 m/sek gacha oraliqdagi tezliklarga ega bo’ladi?
Masala 46.
Kislorol zichligining 1) T = sonst = 390°K temperaturada bosimga bog’lanish (0 ≤ r ≤ 4 atm imtervalda 0,5 atm dan oralatib) va 2) r = const = 4 atm bosimda temperaturaga bog’lanish (200°K ≤ T ≤ 300°K intervalda 20° dan oralatib) grafigi chizilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |