Masala 24.
Leningrad kengligidagi (60°) yer sirti nuqtalari aylanishining chiziqli tezligi topilsin.
Masala 25.
Samolyotdagi yo’lovchiga Quyosh osmonda qo’zg’almay turgandek ko’rinishi uchun, samolyot ekvator bo’ylab sharqdan g’arbga tomon qanday tezlik bilan harakatlanishi kerak?
Masala 26.
Tekis tezlanish bilan aylanayotgan g’ildirak harakat boshidan N= 10 marta aylangandan keyin ω = 20 rad/sek burchak tezlikka erishsa, uning burchak tez- lanishi topilsin.
Masala 27.
Radiusi R= 10 sm g’ildirak ε = 3,14 rad/sek2 o’zgarmas burchak tezlanish bilan aylanadi. Harakat boshlanishidan keyingi birinchi sekundning oxirida g’ildirak gardishidagi nuqtalarning: 1) burchak tezligi, 2) chiziqli tezligi, 3) tangensial tezlanishi, 4) normal tezlanishi, 5) to’la tezlanishi va 6) to’la tezlanish bilan g’ildirak radiusi orasidagi burchak topilsin.
Masala 28.
Maxovoy g’ildirak harakat boshlanishidan t = 1 min o’tgach ω = 720 ayl/min ga mos tezlikka erishadi. G’ildirakning burchak tezlanishi va bir minutdagi aylanish soni topilsin. Harakat tekis tezlanuvchan deb hisoblansin.
Masala 29.
Tekis sekinlanib aylanayotgan g’ildirak tormozlanish natijasida 1 min davomida o’ziniig tezligini 300 ayl/min dan 180 ayl/min gacha kamaytiradi. G’ildirakning burchak tezlanishi va bu minut ichidagi aylanishlar soni topilsin.
Masala 30.
Ventilyator 900 ayl/min chastotaga mos tezlik bilan aylanadi. Ventilyator o’chirilgandan keyin u tekis sekinlanuvchan harakat qilib, to to’xtaguncha 75 marta aylangan. Ventilyator o’chirilgandan to to’xtaguncha qancha vaqt o’tgan?
Masala 31.
Radiusi R= 5 sm bo’lgan g’ildirak shunday aylanadiki, g’ildirak gardishidagi nuqtalar chiziqli tezligiiing vaqtga bog’lanishi V = At + Vt2 tenglama orqali beriladi, bunda A = 3 sm/sek2 va V =1 sm/sek3. Harakat boshlangandan t=0, 1, 2, 3, 4 va 5 sek o’tgandan keyin to’la tezlanish vektori bilan g’ildirak radiusi orasidagi burchak topilsin.
Masala 32.
Tekis harakatlanib tushayotgan aerostat xuddi shunday tezlikda yuqoriga ko’tarila boshlashi uchun, aerostatdan qancha og’irlikdagi ballastni (yukni) tashlab yuborish kerak? Aerostatning ballast bilan birga og’irligi 1600 kG. yuqoriga ko’taruvchi kuchi 1200kG. Yuqoriga ko’tarilishda va tushishida havoning qarshilik kuchi birday deb hisoblansin.
Masala 33.
Nuqta R= 2 sm radiusli aylana bo’ylab harakatlanadi. Yo’lning vaqtga bog’lanishi x = St3 tenglama orqali berilgan, bunda S = 0,1 sm/sek3. Tezligi V = 0,3 m/sek ga teng bo’lganda nuqtaning normal va tangensial tezlanishi topilsin.
Masala 34.
Nuqta aylana bo’ylab shunday harakatlanadiki, yo’lning vaqtga bog’lanishi s = A + Vt + St2 tenglama orqali berilgan, bunda V = — 2 m/sek va S = 1 m/sek2. Agar harakat boshlanishidan t’= 2 sek o’tgach nuqtaning normal tezlanishi a'p= 0,5 m/sek2 ga teng bo’lsa, harakat boshlanishidan t = 3 sek o’tgandan keyin nuqtaning chiziqli tezligi, uning tangensial, normal va to’la tezlanishi topilsin.
Masala 35.
Harakat boshlanishidan 2 sek o’tgach tekis tezlanuvchan harakat qilayotgan g’ildirak gardishidagi nuqtaning to’la tezlanish vektori shu nuqta chiziqli tezligining yo’nalishi bilan 60° burchak tashkil qilsa, g’ildirakniig burchak tezlanishi topilsii.
Do'stlaringiz bilan baham: |