Masala 38.
Yopiq idishda 7°S temperaturali 10 g azot bor. 1)Azot molekulasining o’rtacha kvadratik tszligini ikki baravar orttirish uchun unga qancha issiqlik berish kerak? 2) Bunda temperatura necha marta ortadi? 3) Bunda gazning idish devoriga bo’lgan bosimn necha marta ortadi?
Masala 39.
Normal sharoitda 2 l hajmli yopiq idishda m gramm azot va m gramm argon bor. Bu gaz aralashmasini 100º ga isitish uchun unga qancha issiqlik miqdori berish kerak?
Masala 40.
300 mm sim. ust. bosimda zichligi 0,3 g/l bo’lgan gaz molekulalarining o’rtacha arifmetik, o’rtacha kvadratik va ehtimolligi eng katta tezliklari topilsin.
Masala 41.
Vodorod to’ldirilgan 25 sm diametrli bolalar sharchasining natijaviy ko’tarilish kuchi nolga teng bo’lishi, ya’ni sharcha muallaq vaziyatda bo’lishi uchun sharcha qobigining og’irligi qanday bo’lishi kerak? Sharning ichki bosimi tashqi bosimga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |