Dori moddalarining xususiyatlariga ta’sir etuvchi sharoitlar
Ushbu sharoitlar bir tarafdan dori moddalarni xususiyatlariga,, ikkinchi tarafdan organizmni faoliyatiga bog’liq Dori moddalarining ta’siri, ularning kimyoviy tuzilishi, fizik xossalari, miqdori, shu bilan birga xar bir organizmning o’ziga xos xususiyatlari: bemorning yoshi, axvoli va dori moddalariga nisbatan sezgirligi bilan aloqador bo’ladi. Dori moddalarining ta’siri ko’pchilik xollarda ularning fizik-kimyoviy va kimyoviy xossalariga: suvda yoki lipoidlarda (yoglarda) erishiga, maydalanish darajasiga, uchuvchanligiga va shakliga bog’liq bo’ladi. Dori moddalarining organizmga ta’siri ularning miqdoriga – dozasiga bog’lik bo’ladi. Doza – bu bir marta qo’llanadigan shifobaxsh ta’sir ko’rsatadigan miqdordir. Dori moddaning farmakologik ta’siri yuzaga chiqa boshlaydigan eng kichik doza m i n i m a l yoki b u s a g a m i q d o r deb ataladi, rosmana shifo kursatadigan doza d a v o l o v ch i – te- r a p e v t i k miqdor deb ataladi. Tibbiyot amaliyotida terapevtik dozalardan foydalaniladi, ko’pincha moddalarning o’rtacha davolash miqdori qo’llanadi. Ayrim xollarda yuqori, ya’ni m a k s i m a l davolash dozadan foydalanishga to’g’ri keladi. Zaxarlanishni keltirib chiqaruvchi miqdor zaxarlaydigan – t o k s i k miqdor, o’limga olib keladigan doza o’ldiruvchi (letal) miqdor deb ataladi. Dori miqdoriga qaraborganizmga turlicha ta’sir qiladi. Masalan, uxlatuvchi vositalar – barbituratlarning minimal miqdori tinchlantiruvchi, o’rta miqdori uxlatuvchi, katta mikdori narkotik ta’sir etishi mumkin. Dori moddalarini ishlatishda ularning farmakologik ta’sir doirasining kengligi xisobga olinadi.Minimal toksik doza bilan davolash dozaning o’rtasidagi oraliq farmakologik ta’sir doirasi deyiladi. Ushbu oraliq nechog’li katta bo’lsa, davolash ta’siri shunchalik keng, modda kam zaxarli va uni qo’llash nisbatan xavfsiz bo’ladi. Dozalar dori moddalarini qo’llashga qarab bir martalik, sutkalik bo’ladi. Bir martalik doza bo’lib-bo’lib qo’llanilsa – bo’lingan, 2-3 barobar oshirib qo’llanilsa -zarbdor, davolash davrida qo’lanadigan doza – kurs doza deb ataladi. Yuqorida keltirilganlarga ko’ra dori moddalarni ta’siri organizmning o’ziga xos xususiyatlari bilan xam bog’lik.Birinchidan dori moddalarga sezuvchanligi yoshga qarab o’zgarib boradi.Bolalar dori vositalar ta’siriga kattalarga nisbatan sezuvchanroq bo’ladilar, bu bolaning yoshiga oid anatomo-fiziologik xususiyatlari bilan bog’lik.Yosh bolalarni markaziy nerv sistemasi xali yaxshi rivojlanmagan, gematoenstefalik to’siqni o’tkazuvchanligi ortiq darajada, jigarning dori moddalarini zararsizlantiradigan fermentlari, buyrak faoliyati to’la-to’kis rivojlanmagan bo’ladi. Shuning uchun bolalarga dori moddalari kattalarga nisbatan kam mikqorda buyuriladi. Ayrim dori moddalarni esa bolalarga ma’lum yoshgacha umuman qo’llash man etiladi. Katta yoshlilar (60 yoshdan oshgan) xam dori moddalariga nisbatan sezuvchan bo’ladilar. Ularda dorilarning so’rilishi, metabolizmi va organizmdan chiqishi sekinlashadi. Shuning uchun katta yoshli bemorlarga ko’pchilik dori moddalarining, ayniqsa markaziy nerv sistemani faoliyatini susaytiruvchi , yurak glikozidlari, siydik xaydovchi dori moddalarining miqdori kamaytiriladi. Antibiotiklar, sulfanilamid moddalar va vitaminlarning miqdori odatda o’rtacha yoshdagilar dozasiga tengligicha qoladi. Dori moddalarining ta’siri jinsga bog’liq: xayz ko’rish, xomiladorlik, emizikli davrlarda dorilarga nisbatan organizmning sezuvchanligi o’zgaradi, shu tufayli ayollar erkaklarga nisbatan dorilarga ko’prok sezuvchan bo’ladilar. Moddalarning ta’siri vaznga xam bog’liq – semiz odamlar ozg’inlarga nisbatan dorilarga kamroq sezuvchan bo’ladi.Ko’pincha moddalarning ta’siri ba’zi kishilarning o’ziga xos xususiyatlariga xam bog’liq. Dori moddalarning ta’siri mijozga xam bog’liq. Mijozning turi organizmdagi suyuqliklar – qon, shilimshiq, sariq safro , ko’ra safrolarning o’zaro nisbati bilan bog’liq. Qon – issiq va nam, shilimshiq- sovuq va nam, sariq safro –sovuq va quruq, ko’ra safro esa issiq va quruq buladi. Ibn Sino bo’yicha xar bir organizm, xatto organizmning xar bir a’zosi o’z mijoziga ega.Davolashda bemorning mijoziga karama-karshi mijozli dori -moddalar qo’llashga tug’ri keladi. Dorilarga kelganda, masalan, parasimpatik nervlar tonusini oshiradigan moddalar asosan sovuq mijozli: simpatik nerv sistemani tonusini oshiradigan moddalar asosan issiq mijozli bo’ladi. Bemorlarning issiqligi, quruqligi oshgan bo’lsa, sovuq va nam mijozli moddalar, sovuq va namligi oshgan bo’lsa, issiq va quruq mijozli moddalar tavsiya etiladi.
Dori moddalar takror-takror yuborilganda, ularning ta’siri zurayishi yoki susayishi mumkin.Uzok muddat mobaynida takror yuborilgan dori moddalarining shifobaxsh ta’siri susayishi – organizmning unga urganib kolishi yoki tolerantlik deb ataladi. Dori moddalari kiska muddat ichida takror-takror yuborilganda xam ularning ta’siri kamayishi mumkin, bu xolat taxifilaksiya (yunoncha tachys- tez, pylaxis- ximoya) deb ataladi. Dori moddalari takror yuborilganda ularga nisbatan organizmning sezuvchanligi oshib ketadi, bu xolat sensibilizastiya deb ataladi. Ba’zi dorilar takror va takror kabul kilinganda ular organizmda tuplanadi, bunda ta’sir kuchi va ta’sir muddati xam oshib boradi, bu xolat kumulyastiya deb ataladi. Kumulyastiya 2 xil buladi: 1) moddiy kumulyastiya -dori moddalari, masalan digitoksin , neodikumarinning organizmda sof xolda tuplanishi: 2) funkstional kumulyastiya – dori moddalari ta’sirining jamlanishi: masalan, etil spirtining ta’siri tuplanadi, chunki uzi organizmda juda tez oksidlanadi, tukimalarda ushlanmaydi, fakat neyrotrop ta’siri jamlanadi. Ba’zi dori moddalari takror kabul kilingandan keyin bemor jismoniy yoki ruxiy jixatdan xush yokadigan tinchlanish yoki engil kuzgalishni sezadi. Natijada shifokor kursatmasi bulmasa xam bemorda bu dorilarni kayta-kayta kabul kilish istagi paydo buladi. Bu xolat xumorlik, tobelik deyiladi. Markaziy nerv sistemasiga ta’sir etuvchi moddalar: morfin, kodein, barbituratlar, diazepam, etil spirti, kokain va bir kator boshka dori moddalari ushbu xolatga sabab buladi.
Birga kullangan moddalarning uzaro ta’siri tufayli bitta modda ikkinchi moddaning ta’sirini oshirishi sinergizm (yunoncha syn – birgalikda, ergo – ishlash) deb ataladi. Sinergizm dori moddalarining jamlanishi va potenstirlashi tufayli yuzaga chiqadi. Ikki yoki bir necha dori qo’shib yuborilganda ularning umumiy ta’siri ayrimlarining oddiy arifmetik yigindisidan iborat bo’ladi.Bu xolat oddiy jamlanish deb ataladi.Agar qo’shib yuborilgan moddalarning ta’siri oddiy jamlanishdan oshsa, potenstirlash deb ataladi.Qo’shma ravishda yuborilgan dori moddalarining kuchi bir xil substratga ta’sir etishi tufayli oshsa – bevosita sinergizm, agar ular xar xil substratlarga ta’sir etib kuchi oshsa – bilvosita sinergizm deb ataladi. Agar ikkita moddaning ta’siri organizmda qarama-qarshi jarayon xosil qilsa yoki ularni ta’siri tufayli organizmning faoliyati qarama-qarshi yo’nalishda o’zgarsa, bunday xolat antagonizm deb ataladi. Antagonizm (yunoncha anti-karshi, agon -kurash) xam bevosita va bilvosita turlarga bo’linadi. Organizmga qarama-qarshi ta’sir ko’rsatadigan dori moddalari kuchiga karab antogonizm ikki taraflama va bir taraflama bo’lishi mumkin. Dori moddalarining bir-biriga bulgan antagonizmi asosan moddalar bilan o’tkir zaxarlanganda qo’llanadi. Sinergoantagonizm degan tushuncha xam bor, bunda qo’shib berilgan moddalarning bir xil ta’sirlari kuchayadi, boshqa ta’sirlari kamayadi. Masalan, – adrenoblokatorlar ta’sirida adrenalinning – adrenoresteptorlarga bo’lgan ta’siri kamayadi, b- adrenoresteptorlarga bo’lgan ta’siri yuzaga chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |