Korxonani tashkil etish tamoyillari va tartib-qoidalari
Iqtisodiyotning jadal rivojlanishi va ishlab chiqarish kuchlarining o‘sishi faoliyat yuritayotgan korxonalardan tashqari, yangi korxonalarni tashkil qilish va ishga tushirishga tayanadi. Bunday qadam iqtisodiy jihatdan maqbullikka, resurslar imkoniyati va korxona mahsulotlariga bo‘lgan talabga asoslanadi. Biron-bir mahsulotning taqchilligi yoki umuman yo‘q bo‘lishi ham, yangi korxona yoki ishlab chiqarishni tashkil qilishga sabab bo‘lishi mumkin. YAngi korxonani tashkil qilish quyidagi tashkiliy tamoyillar asosida amalga oshiriladi:
korxonani tashkil qilish fikrining paydo bo‘lishi;
korxona muassislarini tanlash;
taklif qilinayotgan mahsulotga bozordagi talabni o‘rganish;
korxona Nizom jamg‘armasini tuzish uchun moliya manbalarini aniqlash;
korxonaning ta’sis hujjatlari va biznes-rejasini tayyorlash;
davlat ro‘yxatidan o‘tish;
muhr, shtamp va boshqa rekvizitlarni tayyorlash;
soliq idoralarida ro‘yxatdan o‘tish.
O‘zbekiston Respublikasining “Korxonalar to‘g‘risida”gi qonuniga asosan, korxonalar mulk egasi (egalari) yoki u (ular) tayinlagan vakillik organi, mehnat jamoai yoki muassislar guruhining qarori bo‘yicha belgilangan qonun-qoidalarga asosan tashkil qilinishi mumkin.
SHuningdek, korxonalar agar korxona mulki egasi yoki u tayinlagan vakillik organining roziligi bo‘lsa, faoliyat yuritayotgan korxona tarkibidan bir yoki bir nechta tarkibiy bo‘linmalarni, ushbu bo‘linmalarning mehnat jamoalari tashabbusiga ko‘ra, ajratib chiqarish natijasida ham tashkil topishi mumkin.
Korxona joriy va hisob-kitob raqamlari ochish va ular to‘g‘risidagi holatlarni tasdiqlash huquqiga ega bo‘lgan, mustaqil huquqiy shaxs maqomidagi sho‘‘ba korxonalari, filiallar, vakolatxonalar, bo‘lim va boshqa tashkiliy bo‘linmalarni tashkil qilishi mumkin.
Korxonani barpo etilishi o‘ziga xos tashkiliy bosqichlardan iborat bo‘ladi.
Korxonani tuzilishi uni yaratish to‘g‘risida tug‘ilgan g‘oyani asoslashdan boshlanadi va quyidagi ketma-ketlikda keltirilgan ishlar bajariladi:
- korxonani ta’sis etuvchilari aniqlanadi, ularni shartnomasi tuziladi;
- ishlab chiqaradigan mahsulot yoki xizmat turini belgilash;
- korxonaning moliyaviy resurslari manbalarini aniqlash;
- korxonaning Ustav va Nizomini rasmiylashtirish;
- korxonani biznes-rejasini ishlab chiqish;
- korxona muhiri, shtampi va boshqa rekvizitlarini tayyorlash;
- korxonani soliq organidan ro‘yxatdan o‘tkazish;
- bankda hisob raqamini ochish, bank bilan shartnoma tuzish;
- korxonalar ajratmalar o‘tkazishi majbur bo‘lgan, Respublikada mavjud maqsadli jamg‘armalarda hisobga qo‘yilishi;
- korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risida hujjat olish.
Korxonalarni tashkil etish, ularning faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishining umumiy huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslari O‘zbekiston Respublikasining “Korxonalar to‘g‘risida”, “Kooperatsiya to‘g‘risida”, “Tadbirkorlik to‘g‘risida”, “Ijara to‘g‘risida”, “Xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari to‘g‘risida”, “Tadbirkorlikni kuchaytirish va rag‘batlantirish to‘g‘risida”, “Er to‘g‘risida”, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqini himoya qilish to‘g‘risda”gi Qonunlar, hamda “O‘zbekiston Respublikasida kichik korxonalar to‘g‘risidagi Nizom”, “O‘zbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik to‘g‘risida Nizom”, “CHet el investitsiyalari, xalqaro birlashmalar va tashkilotlar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish va bu korxonalarning faoliyatini tartibga solish to‘g‘risida”gi Nizom, “Xoldinglar haqidagi Nizom”, “Moliya-sanoat guruhlari haqidagi Nizom”lar va boshqa qonun hujjatlar bilan belgilangan.
YAngi korxonalarni tashkil qilishning asosiy maqsadlari, birinchidan, ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo‘lmagan kishilarniig ish joylari bilan ta’minlash, ya’ni jamiyatning ijtimoiy muammosini hal qilish; ikkinchidan, siyosiy masalani hal qilish bu esa qishloq joylarda milliy ishchilar sinfi vujudga keltirishda o‘z aksini topadi; va nihoyat uchinchidan, iqtisodiy masalalarni echish, xalq iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishni kengaytirish, ularni tanqisligini kamaytirish asosida aholining moddiy farovonligini oshirishdan iboratdir.Korxonani barpo etish hujjatlaridan biri uni ta’sis shartnomasi hisoblanadi. Bu hujjat o‘z mazmunidan kelib chiqib, kelajakda korxonani tashkil etuvchilarning o‘zaro munosabatlarining qoidalarini belgilaydi. Ta’sis etish shartnomasida korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli, turi, faoliyati turi, maqsad va vazifalari, joylashish va huquqiy adresi, ustav kapitali hajmi va unda ta’sischilar hissasi, qatnashuvchilarning o‘z hissasini boshqalarga berish sharti, uning boshqaruv va nazorat organlari, foydani taqsimlash usul va tartiblari, ta’sischilarning huquq va burchlari, ta’sischilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va boshqa masalalarni hal qilish tartiblarini belgilaydi.
Ta’sischilar korxonani ustavini ishlab chiqadi. Korxonaning ustavi rasmiy hujjat hisoblanadi. CHunki ustavda korxona bilan davlat o‘rtasidagi ijtimoiy, iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy munosabatlarni tartibga solinish qoidalari o‘z aksini topadi. Ustav qonunlar, qoidalar va Nizomlarga asoslangan holda tuziladi. Ustavni korxonani ta’sis etuvchilar tasdiqlaydi.
“O‘zbekiston Respublikasida korxonalar to‘g‘risida”gi Qonunning 9 moddasida korxona ustavida uning nomi, joylashgan manzili, faoliyat turi va maqsadlari, uning boshqaruv va nazorat organi, ularning vakolati, korxona mol-mulkini tashkil etish va foydani taqsimlash tartibi, korxonani qaytadan tashkil etish va uning faoliyatini to‘xtatish shartlari belgilanishi ko‘rsatilgan. Ustavga korxona faoliyatining xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan. Respublikadagi qonunlar va boshqa qonun hujjatlarga zid bo‘lmagan o‘zga qoidalar ham kiritilishi mumkin. Korxona o‘zi joylashgan erdagi mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. Korxona davlat ro‘yxatidan o‘tish uchun mahalliy hokimiyat va boshqaruv idorasiga yuqorida keltirilgan korxonani barpo etish to‘g‘risidagi hujjatlarni (ariza, ta’sis etish shartnomasi, ustavi, biznes rejasi va boshqalarni) taqdim etadi. Mahalliy hokimiyat va boshqaruv idorasi ariza topshirilgan paytdan 30 kun muddat ichida korxonani ro‘yxatdan o‘tganligi yoki o‘tmaganligi to‘g‘risida qaror qabul qilishi shart.
Korxona davlat ro‘yxatidan o‘tgan kundan boshlab barpo etilgan deb hisoblanadi va huquqiy shaxs maqomini oladi. Ushbu kundan boshlab korxona xo‘jalik faoliyatini yuritishni boshlashi mumkin bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |