Davlat va munitsipial korxonalar. Davlat korxonasi markaziy (davlat) mablag‘lar (byudjet) hisobiga tashkil topadi.
Munitsipal korxona yoki firma esa mahalliy (tuman, shahar) byudjeti evaziga tashkil qilinadi. Ular davlat mulki bo‘lib, markaziy va mahalliy hokimiyatga qarashli bo‘ladi va ishlab chiqarishing eng muhim va ma’suliyatli vazifalarini bajaradi (mudofaa, aloqa, transport va hokazolar).
Davlat byudjeti aholi, barcha korxona, firma va tashkilotlar tomonidan to‘lanadigan soliqlar hisobiga tashkil topadi.
Korxona tashkil qilishda davlat tomonidan berilgan mablag‘ byudjet assignovaniesi deyiladi.
Davlat va munitsipal korxona va firmalar hususiy egalik qilishga sotilishi mumkin. Ba’zi ishchi va xodimlar korxonalarini qisman sotib oladilar va natijada jamoaning sherigiga aylanadilar. SHuningdek, bunday korxonalar ijaraga ham berilishi mumkin. Ijarachilar davlat va mahalliy tashkilotlar bilan ijara haqida shartnoma tuzadilar. SHartnomada korxona davlatga to‘lashi zarur bo‘lgan ijara haqi miqdori va ijara muddati ko‘rsatiladi. Korxona mahsulotlari va ularni sotishdan kelgan daromadlarga ijarachilar egalik qiladilar (ammo korxona ijarachilar mulkiga aylanib qolmaydi).Birlashmalar. YUqorida keltirilgan korxona (firma) turlaridan boshqa yana ittifoq assotsiatsiya (uyushma) va konsern (birlashma) kabi korxona birlashmalari mavjud.
Bir necha korxona (firma)lar ma’lum masalalarni birgalikda hal qilish maqsadida birlashma tuzishlari mumkin. Buning uchun ular shartnomalar imzolaydi va birlashma Ustavini ishlab chiqaradilar. Ta’sis etuvchilar birlashmaning barcha vazifalarini birgalikda hal qilishni kelishib oladilar. Masalan, umumiy axborot xizmatini yoki xodimlarining bargalikda o‘qishini tashkil etish maqsadida bir necha o‘xshash korxona (firma)lar ittifoq yoki assotsiatsiyaga birlashishlari mumkin.
Kichik korxonalar. Respublikamizda o‘rta va kichik biznesni rivojlantirishga katta ahamiyat berilyapti va uni rivojlantirishga oid davlat tomonidan qonun va qarorlar qabul qilingan. CHunki bozor iqtisodiyoti sharoida kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning asosiy omillaridan biridir. Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishda kichik korxonalarning roli kattadir. Kichik korxonalar tizimini keng miqyosda tashkil qilishni hamda rivojlanishi iste’mol bozorini mahsulotlar bilan to‘ldirishga, hizmat ko‘rsatish ko‘lamini oshirishga ijtimoiy mehnat taqsimotini kengaytirishga, ishlab chiqarishda ilmiy- texnika yutuqlarini joriy qilishga va mahsulotlarni horijiy davlatlar bozoriga chiqish imkonini oshiradi.
Kichik korxonalarda ishlovchilar soni sanoatda va qurilishda 50-80 kishigacha, fan va boshqa ilmiy hizmat ko‘rsatish muassasalarida 100 kishigacha, boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarida esa 15 kishigacha ishlaydi. Kichik korxonalarni qonun bo‘yicha xalq hujaligining hamma sohalarida davlat yoki jamoat mulki asosida tashkil qilish mumkin.
Kichik korxonalarning quyidagi afzalliklari bor:
qurilish ishlarni va quvvatlarni tezlik bilan amalga oshiradilar va qo‘llaydilar;
boshqarish xarajatlari kam;
ishsizlikni kamaytiradi.
Kichik korxonalar mustaqil balansga va bankda alohida hisob raqamiga ega bo‘lib, u huquqiy shaxs hisoblanadi. Daromadlarini erkin ravishda taqsimlaydilar va baholarini o‘zlari belgilaydilar, ularga davlat tomonidan ko‘plab imtiyozlar berilgan.