Kimyo va oziq ovqat korxona sanoatining asosiy bo‘g‘ini. Reja



Download 67,82 Kb.
bet7/8
Sana20.07.2022
Hajmi67,82 Kb.
#828092
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kimyo va oziq ovqat korxona sanoatining asosiy bo‘g‘ini.

Qo‘shma korxonalar.
Bozor munosobatlariga o‘tish ,tashqi iqtisodiy aloqalarni qayta qurish sohasida mamlakatimiz hududida chet el firmalari bilan qo‘shma korxonalar tashkil qilinishga alohida ahamiyat berilmokda. Qo‘shma korxonalar tashkil qilish respublikada o‘tkazilayotgan tub islohotlarning muhim bo‘g‘inlaridan biri bo‘lib, u mamlakatning iqtisodiyotini mustaxkamlashga, xalqaro obro‘sini oshirishga, ishlab chiqarish texnika va texnologiyasini tashkil qilishiga xizmat qiladi. Qo‘shma korxonalar tuzilishning afzalliklari quyidagilardan iborat :

  • chet el zamonaviy texnika va texnologiyasi korxonalarimiz ishlab chiqarishini takomillashtiradi;

  • ishlab chiqariladigan mahsulot sifatini oshiradi, uni jahon bozorida raqobat qilish darajasiga ko‘taradi;

  • ichki bozorni sifatli mahsulotlar bilan to‘ldirishga ko‘maklashadi;

  • qo‘shma korxonalar yangi ish joylarini yaratadi, ishchilarning zamonaviy texnika, texnologiyani o‘zlashtirishga va shu orqali malakalarini oshirishga imkon tug‘diradi;

  • respublikamiz korxonalarining jahon bozoriga chiqishiga imkon beradi.

Respublikamizda qo‘shma korxonalar faoliyatiga doir bir qator, jumladan, «Tadbirkorlik haqida», «O‘zbekistoning chet el iqtisodiy faoliyati haqida» va «O‘zbekistonga chet el sarmoyalarini kiritish haqida»gi Qonunlar qabul qilib, ularga O‘zbekiston korxonalarning chet el korxonalari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish uchun ishlab chiqarish faoliyatining tashkiliy, iqtisodiy hamda huquqiy asosini berilgilovchi tartiblar ishlab chiqilgan va huquqiy asoslar vujudga keltirilgan.
Asosiy hujatlarda qo‘shma korxonalarni tashkil qilish va tugatish qoidasi, ularning faoliyati, huquq va burchlari, moddiy va texnika ta’minoti, aktivlarini hosil qilish, mehnat munosabatlari, daromadlarning taqsimlanishi, valyuta tushumlari, jamg‘armalari, soliq to‘lash tartibi yoritilgan.
Horijiy sarmoyalarni rag‘batlantirish to‘g‘risida qabul qilingan hujjatga muvofiq horijiy ishbilarmonlarga binolarni, imoratlarni va mashina uskunalarni mulk qilib sotish huquqi berilgan. Mamlakatda xalqaro savdo -sotiq uchun shart -sharoitlarga erkin tus berilgan. Respublika milliy sug‘urta jamg‘armasini barpo etmokda, uning asosiy maqsadi horijiy sarmoya egalariga kafolat berishdan iborat. Qo‘shma korxonalar yangi yuridik shaxs tashkil etish yo‘li bilan chet el yoki chet ellik sarmoyadorlarning O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatib turgan korxonada ulush sotib olish yo‘li bilan barpo etiladi. Qo‘shma korxonalar barpo etish to‘g‘risidagi qarorni chet ellik sarmoyador va O‘zbekiston Respublikasidagi korxona egasi qabul qiladilar. Qo‘shma korxonalarning ustav fondiga har bir qatnashchining ulush qo‘shish muddatlari, hajimlari, bu ulushni qo‘shish va baholash tartibi ta’sis hujjatlarda nazarda tutiladi. Qo‘shma korxonaning qatnashchilari tomonidan korxona ustav fondiga ulush sifatiga qo‘shiladigan mol-mulkning qiymati qatnashchilar o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq belgilanadi.
Qo‘shma korxonaning Ustav fondi hisobiga ishchirokchilar asbob-uskunalar va boshqa moddiy boyliklarni (shu jumladan «Nou-xau» ixtirosidan foydalanish), milliy valyutadagi pul mablag‘larini, erkin konvertatsiyalanadigan valyutada va boshqalarda kiritishlari mumkin. SHuningdek Ustav fondi korxona faoliyatidan tushadigan foyda yoki ishtirokchilarning qo‘shimcha ulushlari evaziga to‘ldirishi mumkin.
Qo‘shma korxona iqtisodida Ustav fondining ahamiyati shundaki, olinadigan foyda ishtirokchilarning qo‘shgan ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlanadi. SHuning uchun qo‘shma korxona Ustav fondiga O‘zbekistonlik ishchirokchilarning qo‘shgan hissalarini to‘g‘ri baholash muvafaqiyat garovidir.
CHet el sarmoyalari ishtirokidagi korxona o‘zi ishlab chiqargan mahsulotni litsenziyasiz eksport qilishga va o‘zining ishlab chiqarish ehtiyojlari hamda ichki bozorda sotish uchun mahsulot import qilishga xaqlidir.
Qo‘shma korxonalarda ularning faoliyati, jamoani rivojlantirish, kadrlarni tayyorlanish va qayta tayyorlash uchun zahira fondi va boshqa fondlar yaratiladi.
Qo‘shma korxona faoliyatini boshqarishni uning ulushdorlari tomonidan tuzilgan Kengash (qo‘shma boshqaruv uning oliy organi hisoblanadi) amalga oshiradi.
Korxona o‘zining mustaqil balansiga ega bo‘lib, mahsulot ishlab chiqarish harajatlarini o‘zi qoplaydi, o‘zini-o‘zi mablag‘, valyuta tushumlari bilan ta’minlaydi, badal tulovlari evaziga moliyaviy fond hosil qiladi.
Qo‘shma korxonalar buxgalteriya hisob kitoblari O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlarda belgilangan tartibda olib boradi.

Download 67,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish