Navlari. Markaziy Osiyoda baqlajonning asosan quyidagi navlari tarqalgan, Bolgarskiy 87 o‘rtapishar, Avrora, Yerevanskiy.
Qalampir va baqlajon juda issiqsevar bo‘lib, o‘suv davri maysalar ko‘ringandan mevalari yetilguncha -120-160 kun .Kunduzgi harorat 250dan va tungisi 15-180 dan boshlaganda o‘simlik yaxshi o‘sib rivojlanadi. Harorat 11-130 bo‘lganda o‘simliklar o‘sishdan to‘xtaydi va -0,5-10 sovuqda nobud bo‘ladi.
Baqlajon va qalampir pomidorga qaraganda issiqni ko‘proq talab qiladi, uning o‘suv davri birmuncha uzun. Urug‘i 13-140da una boshlaydi, o‘sishi va rivojlanishi uchun eng qulay harorat 20-300. Harorat 200dan past bo‘lganda gullarning changlanishi va mevalarning o‘sishi to‘xtab qoladi. 150dan past haroratda esa gul va tugunchalari yoppasiga to‘kilib ketadi. Harorat 10 ga yaqinlashganda o‘simliklar nobud bo‘ladi.
Agrotexnikasi. Baqlajon va qalampir almashlab ekishda, odatda, ular ildizmevalilar, piyoz, poliz ekinlari va karamdan keyin pomidor bilan bir dalaga joylashtiriladi.
Qalampir va baqlajondan birmuncha mo‘l va ertagi hosil olish uchun ularning ko‘chatlari diametri 6-8 smli chirindi tuvakchalarda yetishtiriladi.
O‘zbekistonda pomidor yetishtiriladigan maydonlarga kuzgi shudgorlash davrida har gektar yerga 20-30t go‘ng, 4-5 s superfosfat solish, o‘suv davrida esa gektariga 100-120 kg hisobida ammiakli selitra bilan ekinlarni 1-2 marta oziqlantirish tavsiya etiladi.
Maysalar 5-6 ta barg chiqarganda aprelь oyining boshlari (janubiy tumanlarda) yoki ikkinchi yarmida ko‘chatlari dalaga o‘tkaziladi. Qalampirlarni, ayniqsa, tezpishar navlarini may oyining birinchi o‘n kunligida ham ekish mumkin.
Qalampir ko‘chatlari qator oralari 60-70 va to‘p oralari 20-30 smdan qilib qatorlab yoki 70x70 sm sxemada kvadrat uyalab ekiladi va har uyada ikkitadan ko‘chat koldiriladi. Baqlajon 40x50 sm oraliq bilan qatorlab yoki 70x70 sm sxemada kvadrat uyalab ekiladi. Qalampirlar va ayniqsa baqlajon namga talabchan ekin. yer osti suvi chuqur joylashgan bo‘z tuproqli yerlarda chuchuk qalampir va baqlajon o‘suv davrida 15-16 marta, qalampirlar esa 12-13 marta sug‘oriladi, qator orasi ikki marta chopiladi. Achchiq qalampirlar odatda mevasi (urug‘i) to‘la pishgan davrida 2-3 marta terib olinadi.
Baqlajon texnik jixatdan yetilganda birmuncha yiriklashadi, po‘sti to‘q binafsha rangga kirib, usti yaltirab turadi. Hosili 5-7 kun oralatib bandi bilan uzib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |