g’o’za barglarini to’liq to’kilishini taьminlaydi. Qator oralaridan shamol o’tishi va
ko’saklarga quyosh nuri ko’proq tushishi natijasida ko’saklarning birvaqt pishib
etilishi va ochilishiga qo’shimcha sharoit yaratiladi. Yig’im terim mavsumini qisqa
muddatda yakunlash kelgusi yil xosili uchun o’tkaziladigan agrotexnik tadbirlarni
tez va sifatli amalga oshirish imkonini oshiradi.
Paxta xosilini sifatli terib olishda eng avvalo dalani tanlash hamda ekish
muddatlariga qarab, o’rtacha 40-50% ko’sagi ochilgan maydonlar defolyatsiya
qilinadi. Defolyatsiyadan 10-12 kun o’tgach dala paxta terimiga tayyorlanadi.
Buning uchun har bir dalaga texnika kirishi yo’llari hozirlanadi. Sug’orish ariqlari
ko’milib, dala atrofi va ichidagi chellar, o’qariqlar tekkislanadi. Fermer
xo’jaligining ekin maydonini inobatga olib, 30-50 gektarga bitta paxtani quritish
maydonchasi tayyorlanadi. Dala atrofidagi maydon g’o’zasi o’rib olinib, tirkamalar
yurishi uchun qulaylik yaratiladi.
O’qariq va suv yo’llari yopilgandan so’ng, dalaning 5 nuqtasidan konvert
usulida 10 tadan o’simlik namunasi olinib, o’simliklardagi jami ko’saklar soni va
shundan ochilgani sanab chiqiladi. Namunadagi 10 ta o’simlikda mavjud
ko’saklarning 80-85% qismi ochilgandan so’ng yig’im-terimga kirishiladi. Masalan:
10 ta o’simlik jami 150 ta ko’sak bo’lib, shundan 120 tasi ochilganligi aniqlansa,
dala terimiga tayyor hisoblanadi.
Paxta yig’im-terimini uyushqoqlik bilan o’tkazishda har gektarga talab
etiladigan terimchilar sonini to’g’ri belgilash ham muhim ahamiyatga ega. Aks
holda paxta terimida yuqori natijalarga erishib bo’lmaydi. Joylarda ushbu tadbirga
yuzaki qaralishi oqibatida katta 10-20 gektarli maydonlarda 5-6 kishi paxta terimiga
tushirilishi holatlari kuzatiladi. Vaholanki, har bir konturdagi hosil dalaning
kattakichikligidan qat’iy nazar 2-3 kunda terib olinishi shart. Dalada terimchilar soni
quyidagicha belgilanadi. Aprobatsiyada hosildorlik 25 ts/ga ni tashkil etib, 1-terimga
80% ko’saklar ochilganda kirishish rejalashtirilsa, demak 20 ts/ga yoki gektariga 2
tonna paxta hosili 1-terimda terib olinadi. Daladagi hosil 3 kunda yig’ib-terib
olinadigan bo’lsa, bunda 1 kunda gektaridan 650-700 kg paxta terib olinishi zarur.
Har bir terimchi o’rtacha kuniga 65-70 kg paxta terish imkoniyati borligini inobatga
olsak, har bir gektarga 10 tadan kam bo’lmagan terimchi jalb qilinishi kerak. Demak,
10 getarli konturda 100 kishi, 20 gektarga 200 kishi va hokazo.
Har bir fermer xo’jaligi 1-terimda gektarini inobatga olib terimchilar bir
guruhga to’plashi va terimni to’g’ri tashkil etishi shart.
Paxta hosilini sifatli terib olishda terimlar orasidagi muddat katta
ahamiyatga
ega. Birinchi terim bilan ikkinchi terim orasi 10-12, ikkinchi terim bilan uchinchi
terim orasi 15-18 kunni tashkil etishi kerak. Aks holda paxta xom ashyosi yetilmay
terib olinib, salmog’i kamayib, sifati pasayadi.
Paxta hosilini yig’ib-terib olishda terimchilar ishini nazorat qilishni
muvofiqlashtirish o’ta muhimdir. Buning uchun egat uzunligi 50-60 metrdan uzun
bo’lgan yerlarda, har 50-60 metrdan keyin terimchilarni qatorga qo’yish lozim, ya’ni
dalani bo’lak-bo’lak terib olish yaxshi samara beradi. Buning uchun har 100 metrda
chel va o’qariq o’rni tekksilanib, pritsep-tirkamalar yurish yo’llari tayyorlanishi
zarur. Terilgan paxta quritish paxta maydoniga olib kelinib, kamida bir kecha
kunduz quritilgandan so’ng qabul punktlariga jo’natishga e’tibor qaratish zarur.
Paxta yetishtirishda eng ko’p mehnat talab qiluvchi jarayon xosilni yig’ibterib
olishdir. Xosilni yig’ib-terib olishda jami xarajatning 50-60% sarflanadi.
Paxta qo’lda va mexanizatsiya yordamida teriladi.
Qo’lda mavsumda 4 martagacha teriladi, odatda 3 marta:
1 terim-2-3 ko’sak ochilganda (20-25%) 2
terim-qolgan xosilning 30-35% ochilganda.
3 terim-2 terimdan 10-15 kun o’tkazib boshlanadi.
“Mustaqilligimiz sharofati bilan qishloq xo’jaligida keskin o’zgarishlar ro’y
bermoqda. Jumladan, 2016 yildan boshlab paxta terimini 80-90% ni mexanizatsiya
yordamida terishga o’tilishi ko’zda tutilmoqda. Xususan,2013 yilda Toshkent
traktor zavodi Koreya va Italiya bilan hamkorlikda 1000 ta mashina ishlab chiqargan
bo’lsa, 2014-2015 yillarda bu son 3000 yetkazilishi ko’zda tutilmoqdaligi
2013 yil 16 oktyabrda Toshkentda o’tkazilgan to’qqizinchi xalqaro paxtachilik va
tekstil yarmarkasida aytib o’tildi.
Do'stlaringiz bilan baham: