«kimyo-texnologiya»


G‘o‘za beda almashlab ekishni tuproq unumdorligini va paxta hosildorligini



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/160
Sana01.09.2021
Hajmi2,15 Mb.
#162296
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   160
Bog'liq
O'simlikshunoslik Ma'ruza matni (1)

G‘o‘za beda almashlab ekishni tuproq unumdorligini va paxta hosildorligini 
oshirish, tola va chigit sifatini yaxshilashdagi o‘rni.  
  
Beda sho’rxok yerlarning meliorativ holatini yaxshilashda katta rolь o’ynaydi, 
ya’ni melioratorlik vazifasini o’taydi. Bedani yer usti qismidagi qalin qoplagan poya 
massasi  ta’siri  orqali  nam  bug’lanishi  va  nam  pastki  qatlamlaridan  sho’rni 
tuproqning  yuqori  haydalma  qismiga  ko’tarilishdan  saqlaydi.  Ma’lumki,  beda 
ildizlari  tuproqning  5-10  metr,  hatto  undan  chuqur  qatlamlariga  kirib  boradi 
(Muhamadjonov, 1974), ya’ni chuqur izlar qoldiradi. Suv bu izlar orqali tuproqning 
haydalma  qatlamidan  quyi  qatlamiga  tushib  tuzlarni  eritadi.  Shunday  qilib,  beda 
paxta  ekadigan  maydonlarga  ekilganda  sho’rlangan  yerlarning  sho’rini  yaxshi 
yuvilishiga ham o’ziga xos ahamiyati bor ekan. Beda ildizlari vilt zamburug’ining 
kushandasi  bo’lgan  minolitik  bakteriyalar  mikdorini  juda  ko’paytiradi.  Buning 
natijasida g’o’zaning viltga chalinishi kamayadi. Shuning uchun ham bu ekin asrlar 


mobaynida O’rta Osiyoda dehqonchilik qilinib kelinayotgan ekinlar ichida munosib 
o’rinni egallaydi.  
Ekinlarni  almashtirib  ekish  O’rta  Osiyoda,  xususan  O’zbekiston  sharoitida 
qadimdan ma’lum. Masalan. professor B.A.Fedorovichning yozishicha, Ashxo- bod 
shahridan 14 km sharqda joylashgan, "Anau" shahri vayronalarida. Tosh davrining 
ikkinchi  yarmida  bug’doy,  arpa  va  boshqa  ekinlar  ekilganligi,  tuproqning  pastki 
qatlamlarida  qolgan  idishlar  ichida  bug’doy,  arpa  donlarining  ko’mirga  aylangan 
qoldiqlari  topilgan.  Qadimdan  dehqonchilik  O’zbekistonda  xususan  Xorazm, 
Farg’ona vodiysi, Toshkent, Surxondaryo va boshqa viloyatlarda rivojlangan. O’rta 
Osiyo  va  xususan  O’zbekistonda,  hali  ko’p  mamlakatlarda  .ma’lum  bo’lmagan 
dehqonchilik  madaniyati  shakllangan.  Yigirmanchi  asrga  kelib  ayniqsa,  uning 
ikkinchi  yarmidan  boshlab  ekinlarni  almashlab  ekish,  borasida  ko’pgina 
ilmiytadqiqot  ishlari  amalga  oshirildi  (Tillaev,  Dorman,  Muhammedjonov, 
Qashqarov, Berezovskiy, Tursunxo’jaev, Xoliqov, Tojiev, Mirzajonov, Nurmatov 
va boshqalar).  
Bu  olimlar  tomonidan  ekinlarni  almashlab  ekishning  turli  tizimlari, 
shuningdek,  tuproqning  sho’ri,  irrigatsiya.  shamol  eroziyasiga  uchraganligiga 
nisbatan almashlab ekish tizimlari ishlab chiqilgan. Ayniqsa, g’o’za-beda almashlab 
ekishda 3:7; 3:6; 3:5; 3:4 va 3:3 tizimlarining tuproq unumdorligini oshirish-, shu 
asosda  chorvachilikni  rivojlantirish,  ekinlar  almashlab  ekishning  yer  meliorativ 
holatiga,  begona  o’tlarga,  kasalliklarga  qarshi  kurashdagi  o’rni,  uning  ekologik 
ahamiyati to’g’risida ilmiy-tadqiqotlar olib borilgan.  
G’o’za-beda  almashlab  ekishning  ahamiyatini  tushuntirib  berishning  hojati 
bo’lmasa kerak deb hisoblayman. Mazkur usul qo’llanilsa, tuproqdagi gumus, azot 
o’simlik oson o’zlashtiradigan fosfor va kaliyni miqdori oshib, tuproq agrofizikasi 
(makro- va mikrostrukturalar, hajm massasi g’ovaklik, suv o’tkazish, namni saqlash 
va boshqalar) muqobillashadi. Ekinlarni almashlab ekish O’zbekiston sharoitidagi 
go’ng, ekinga beriladigan o’g’itlar miqdorini kamaytirib agrotexnik tadbir asosida 
beda bir gektar yerda 200 kilogrammdan 600 kg gacha biologik azot to’playdi.  
 Mustaqillikkacha  g’o’za-bug’doy  almashlab  ekish  tadbir  keng  qo’llanilmadi. 
Mustaqillikka  erishilgandan  keyin  xalqimizni  non  va  boshqa  mahsulotlar  bilan 
ta’minlash uchun donimiz bo’lishi kerak edi. Bu kamchilikni bartaraf etish uchun 
Yurtboshimiz  tashabbusi  bilan  sug’oriladigan,  g’o’za  ekiladigan  yerning  qariyb 
yarmiga bug’doy ekishga qaror qilindi. Natijada xalqimiz o’z omboriga tonna-tonna 
g’alla kirgizmoqda, xatto chet elga ham bug’doy eksport qilinyapti. G’o’za-bug’doy 
almashlab ekish tizimi barpo etildi va bu holat eski tizimga nisbatan dadillikdir.  
Hukumatimiz  tuproq  unumdorligini  oshirish  to’g’risida  doimo  g’amxo’rlik 
qilmoqda.  G’o’za-bug’doy  almashlab  ekish,  ekinlarni  atmashlab  ekishda  katga 
qadam bo’lishiga qaramay, tuproq unumdorligini doimo oshirib borishning boshqa 
choralarini  ham  izlab  topish  agrar  soha  olimlarining  burchidir,  To’g’ri,  bug’doy, 
arpa o’rib olingandan keyin o’rniga dukkakli don ekinlar ekib, tuproq unumdorligini 
oshirib  borishda  Paxtachilik  ilmiy-tadqiqot  institugida  qator  ishlar  amalga 
oshirilmoqtsa.  Ma’lumotlardan  aniqlandiki,  gumusning  asosiy  xom-ashyolaridan 


biri bo’lgan O’simlikning va tuproq ustida qolgan qoldig’i har xil ekinlarda bir xil 
emas.  
Eng ko’p qoldiq, ikki yillik bedaga makkajo’xorini va bedani makkajo’xori 
bilan  qo’shib  ekkanda  yoki  ikki  yillik  beda  bo’lgan  yerda  to’plangan  boshqa 
ekinlardan ham yerdan ancha organik modda qolgan, lekin eng ko’pi organik modda 
ekinlarni qo’shib  ekkandan  olingan.  Tuproqda ham  eng ko’p gumus,  azot, fosfor 
ham organik modda to’plangan variantlarda kuzatildi.  
Ma’lumki, chorvaga yem-xashak ham o’sha ekinlarni qo’shib ekilganda hosil 
bo’lgan.  
O’zbekiston Paxtachilik ilmiy-tadqiqot institutida boshqa almashlab ekish tizimlari 
ham ishlab chiqilgan, xususan makkajo’xorini qand lavlagi bilan birga ekib, chorva 
uchun juda yaxshi, shirali ozuqalar yetishtirilgan.  
Ekinlarni almashlab ekish tuproq unumdorligini oshirish bilan birga, chorva 
uchun  mustahkam  yem-xashak  bazasi  yaratiladi  (2-jadval).  Javdar  indov  bilan, 
undan keyin esa don uchun makkajo’xori, uni o’rniga indov ekib, kuzda o’rib olib, 
yana indov javdarni indov bilan qo’shib, undan keyin sudan o’ti ekkanda, keyin, 
javdar  bilan  indov  ekib,  kuz  va  bahorda  o’rib  olinganda,  bedani  sudan  o’ti  bilan 
qo’shib ekkanda, beda jo’xori bilan qo’shib ekilganda yuqori miqdordagi oziq birligi 
va hazm qilinadigan protein tayyorlangan.  
 
 
  
  

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish