Ko’p yillik yovvoyi g’o’zalarning bo’yi 5-7, hatto 20 m gacha bo’ladi.
O’zbekistonda, asosan, o’rta tolali, asosiy poyasining bo’yi 90-120 sm gacha
bo’lgan g’o’za navlari ekiladi. Madaniy turlariniki esa 30 sm dan 2 m gacha bo’ladi.
G’o’za dunyoning beshta qithasida: Osiyo, Amerika, Afrika, Avstraliya va
Yevropada o’stiriladi. G’o’za hozirgi kunda janubiy kenglikning 380 dan –
Avstraliyada, shimoliy kenglikning 440 gacha Xitoy Xalq Respublikasi orasida-gi
yaqin mamlakatlarda ekiladi. Jahon paxtachiligining asosiy mintaqalari shimoliy
kenglikning 37 va 430 o’rtasida joylashgan mamlakatlar paxta yetishtirish bilan
shug’ullanadi.
Er sharida paxtaning ekin maydoni 32-34 mln. gektar atrofida bo’lib, 19-20
mln. tonnagacha tola olinadi. G’o’zani asosiy ekin maydonlari Hindistonda-8,5;
AQSh da-6,5; Xitoyda-5,5; Pokistonda-2,9; O’zbekistonda-1,5
mln gektarni tashkil
etadi. Xitoyda g’o’za o’stirishga yaroqli to’rtta agroiqlim mintaqalari ixtisoslashgan.
Bular Xanxe, Yantszi daryolari vodiylari, shimoliy-g’arbiy va hozirgi
shimoliysharqiy mintaqalardir. AQSh da paxta yetishtirish bilan janubiy shtatlar:
Texas, Missisipi, Arkanzas, Alabama, Jorjiya, Luiziana
shtatlari, g’arbiy shtatlarida
esa: Kaliforniya, Arizona, Ng’yu-Meksika shug’ullanadi. Shimoliy va markaziy
Amerikada Meksika, Nikaragua, Gvatemala hamda Salvador davlatlarida, Janubiy
Amerikada esa Braziliya, Argentina, Peru, Kolumbiya, Venesuela, Paragvay va
Ekvador kabi mamlakatlarda ham paxta yetishtiriladi. Afrikada qariyb 8% paxta
yetishtiriladi. Asosiy paxta yetishtiriladigan mamlakatlar qatorida Misr va Sudanda
shu kontinentda yetishtiriladigan paxtaning 85% mazkur mamlakatlar ulushiga
to’g’ri keladi. Sudan, FSQ (fil suyagi qirg’og’i) Chad va Malida ayniqsa ko’p paxta
yetishtiriladi.
Paxtachilik Avstraliyada tez surhatlar bilan rivojlanib bormoqda. Bu
mamlakatda ekin maydonlarini kengaytirish va ho-sildorlikni oshirish yo’li bilan
tobora ko’p paxta yetishtiril-moqda.
Mahlumki, yer yuzi ilgari bitta yaxlit materikdan iborat bo’lgan. Geologik
o’zgarishlar tufayli kontinentlarga (qithalarga) bo’lingan. Bu kontinentlar o’ziga xos
iqlim sharoitiga ega bo’lgan-ligi sababli, g’o’za ham shu sharoitga moslasha borgan.
Natijada g’o’zaning bir-biridan 3 ta katta geografik guruhlari:
Avstraliya (Sturtiya), Osiyo-Afrika (paleotropik-eugossu-pium) va
Amerika
(Neotropik) paydo bo’lgan. Mana shu guruhdagi g’o’zalar tashqi muhitga hamda
irsiy xususiyatlarga qarab bir qancha kichik guruhlarga bo’linib tabaqalashib ketgan.
Jumladan, g’o’za-ning Osiyo-Afrika guruhi Osiyo - (janubiy va sharqiy-janubiy
Osiyo) va Afrika (Afrika va g’arbiy-janubiy Osiyoning bir qismi) guruhlariga
mansub deyilishi mumkin.
Amerika guruhi ham ikkita kichik guruhga: Markaziy Amerika va
Janubiy
Amerika guruhlariga bo’lingan. «Gossipium» avlodi mana shu tur va xillarning
tabiiy holda ko’payishiga asos bo’lgan.
Inson paxtachilik bilan muntazam shug’ullanishi oqibatida bu guruhlardan
yangidan-yangi tur xillarini vujudga keltirdi. Bundan turlararo duragaylash yo’li
bilan yangidan-yangi g’o’za formalari yaratildi. Mana shu o’tgan davr mobaynida
g’o’zaning tabiati shu qadar o’zgardiki, oqibatda tropik mintaqalarda o’sib hosil
beribgina qolmay, balki subtropik va nihoyat issiqligi kamroq, vegetatsiya davri
birmuncha qisqacha bo’lgan kontinental iqlim sharoitida ham o’sib, yuqori hosil
beradigan holga kelti-rildi.
Tropik mintaqada g’o’zaning daraxtsimon formalarida dast-labki ko’sak 7-9
oyda yetilsa, bir yillik g’o’zada 4-6 oyda pishib yetilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: