Nazorat savollari:
1. Sholi - ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi, hosildorligi
2. Sholi biologiyasi va navlari
3. Sholi yetishtirish texnologiyasi
6-Mavzu: Don-dukkakli ekinlar. Don - dukkakli ekinlarning umumiy tavsifi
va biologiyasi. No’xatning biologiyasi va etishtirish texnologiyasi
Reja:
1. Don-dukkakli ekinlarning ahamiyati, biologik xususiyatlari.
2. No‘xatning - ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi, hosildorligi
3. No‘xatning biologiyasi va navlari. No‘xat yetishtirish texnologiyasi
Don-dukkakli ekinlarning ahamiyati, biologik xususiyatlari.
Dukkakli-don ekinlari dukaklilar-Fabaceae -oilasiga mansub. Dukkakli don
ekinlari don ekinlariga nisbatan oqsilga boy, hazmlanishi oson, sifatli, arzon don
hosili beradi va tuganak bakteriyalar yordamida havodagi azotni o‘zlashtirish
hususiyatiga ega.
Dukkakli don ekinlarini yetishtirish qishloq xo‘jaligidagi uchta asosiy
muammoni hal qilishga imkon beradi:
1)
Don yetishtirishni ko‘paytirish;
2)
O‘simlik oqsili muammosini hal etish;
3)
Tuproq unumdorligini oshirish.
Dukkakli-don ekinlari faqat oqsilning miqdori bilan emas, balki uning sifati
ham farq qiladi. Ekinlarni turiga qarab ular oqsilning tarkibida har xil almashtirib
bo‘lmaydigan aminokislotalar mavjud.
Almashtirilmaydigan aminokislotalar miqdori bo‘yicha dukkakli don ekinlari
qo‘ng‘irboshsimon don ekinlariga nisbatan 1,5-3,0 baravar ustunlik qiladi. Masalan,
1 kg soya donida shuncha bug‘doy doniga nisbatan lizin miqdori 6 baravar
ko‘p.
Dukkakli don ekinlari urug‘larida lizin, triptofan, metionin, valin, treoninning
miqdori ko‘p. Lizin miqdori bo‘yicha dukkakli don ekinlari oqsili hayvon
mahsulotlaridan tayyorlangan oziqalarga yaqin turadi. Suyak unida 8,2 %, soyada
7,6 %, lizin (oqsilda) bor.
Ularning urug‘larida vitaminlardan A, V1, V2, RR, V6, Ye, unib chiqayotgan
urug‘larda S va ma’danli moddalar, mikroelementlar ko‘p.
Ularning donida oqsilning miqdori 25-50 % bo‘ladi. Sifatli tayyorlangan
dukkakli don ekinlarining somonida 8-14 % oqsil bor. Ammo ularning somoni
hozirga qadar oziqa sifatida ishlatilmaydi. Dukkakli don ekinlari proteini
hazmlanishi quyidagicha: ko‘k no‘xatda - 88 %, vikada - 91, suli va arpada - 78 va
67 %.
Ayrim ekinlarning donida anchagina o‘simlik moyi ham bo‘ladi: soya-16-
27%, no‘xat-5,0%, lyupinda-10% gacha.
Bu ekinlar oziq-ovqatda, texnikada va yem-xashak tayyorlashda ishlatiladi.
Loviyaning oqsili tabobatda ishlatiladi, no‘xat, ko‘k no‘xat, burchoq, loviya
oziq-ovqatda va ozuqa sifatida ishlatiladi.
Soya oziq-ovqatda, texnikada va chorvachilikda qo‘llaniladi.
Dukkakli-don ekinlarning uni qandolat sanoatida, doni oziq-ovqatda yorma
sifatida qo‘llaniladi. Pishmagan dukkagi va donidan konservalar tayyorlanadi.
1.5. jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |