Ekish me’yori. O‘zbekistonda Ye.S.Bayramyan tajribilarida xashaki no‘xatning
Vostok-55 navi hamma ekish muddatlarida gektariga 120 kg ekilganda eng yuqori
hosil bergan. Ekish me’yorining 80 kg/ga gacha ka- maytirish yoki 160200 kg/ga
gacha oshirish don hosilini kamaytirgan. Uladovskiy-303 navi uchun optimal ekish
me’yori 300 kg/ga. Ekish chuqurligi. Og‘ir tuproqlarda 4-5 sm, o‘rtacha mexanik
tar- kibli tuproqlarda 6-8 sm, tez qurib qoladigan yengil tuproqlarda 9-10 sm.
Parvarishi. Ko‘k no‘xat urug‘larining bir tekis unib chiqishiga qatqaloq to‘sqinlik
qilishi mumkin. Ekishdan oldin va maysalar hosil bo‘lgandan keyin birikki
boronalash 60-80 % bir yillik begona o‘tlarni yo‘qotadi va qatqaloqni yumshatadi,
nam yo‘qolishining oldini oladi. Maysalar hosil bo‘lgandan keyin boronalash uchta-
beshta barglar paydo bo‘lishi bilan kunning ikkinchi yarmida, o‘simlikda turgor
holati susayib, ular mo‘rt bo‘lmaganida o‘tkaziladi. Boronalardan ZBP-0,6A,
BZSS-1,0 qo‘llaniladi. Begona o‘tlarga qarshi Prometrin (50 %) ko‘k no‘xat
maysalari paydo bo‘lguncha gektariga 2-3,5 kg, trixloratsetat natriy (90 %) ko‘k
no‘xat ekilguncha gektariga 5-10 kg me’yorida 300-400 l suvga aralashtirilib
purkaladi. Gerbitsidlardan 2M-4XM 80 % va Bazagran 48 % ko‘k no‘xat o‘suv
davrida, o‘simlik 3-5 barg hosil qilganda muvofiq holda 2-3 kg/ga va 3-4 l/ga
me’yorlarda qo‘llaniladi. 2M-4XM gerbitsidi havo harorati 18-240S bo‘lganda
qo‘llanilishi yaxshi samara beradi. Juda issiq ob-havo sharoitida Bazagran
samaradorligi keskin kamayadi, yaxshisi uni kechki soatlarda qo‘llash ma’qul.
Bruxus qo‘ng‘izi, trips va boshqa zararkunandalarga qarshi gektariga Detsis 0,35 kg,
Karate 0,15-0,25 kg zalon, 0,25 kg me’yorlarida gullash fazasida purkaladi. Ko‘k
no‘xat 2-3 marta sug‘oriladi. Sizot suvlar yaqin joylashgan joy- larda 1 marta
sug‘oriladi. Ang‘izga yozda ekilganda egatlar olinadi yoki taxtalab sug‘orish
o‘tkaziladi.
Lalmikorlikda ko‘k no‘xat yetishtirish. O‘zbekiston sharoitida lalmikorlikning
tog‘ oldi va tog‘ mintaqalarida ko‘k no‘xat yuqori hosil beradi. Tekis-tepalik
mintaqalarda ko‘k no‘xat hosili atmosfera yog‘ingarchiliklari miqdoriga bog‘liq.
Lalmikorlikda ko‘k no‘xat o‘rtacha gektaridan 6-8 ts don va 6070 ts yashil massa
hosili beradi. Ko‘k no‘xat lalmikorlikda don ekinlari uchun yaxshi o‘tmishdosh. U
asosan almashlab ekishning chopiq qilinadigan dalasiga ekiladi va undan keyin
kuzgi don (bug‘doy, arpa ekinlarini joylashtirish ma’qul). Uning azot to‘plovchi
ekin sifatida keyingi ta’siri 1-2 yilga yetadi. Lalmikorlikda ko‘k no‘xatning Vostok-
55, Vostok -84 va Xashaki 24, Ramonskiy 77 navlari ekiladi. Shulardan Vostok-55
bahorda va kuzda, Xashaki–24 va Ramonskiy–77 navlari bahorda ekish uchun
Davlat reyestridan o‘tkazilgan. Xashaki no‘xatning Vostok–55 va Xashaki-24
navlari qurg‘oqchilikka, sovuqqa chidamli, hasharotlardan kam zararlanadi va ular
oziqa uchun ekiladi. Ko‘k no‘xat kech kuzda ekilganda bahorda ekilgandagiga
nisbatan ikki baravar ko‘p hosil olinadi. Lalmikorlikda noyabr, dekabr oylarida
ekish optimal muddat hisoblanadi. Bunda qishning iliq kunlarida maysalar hosil
bo‘ladi. Bahorda ekish fevralda o‘tkaziladi. Bahorda ekishni kechiktirish hosilining
kamayishga olib keladi. Ko‘k no‘xat kuzda ekiladigan bo‘lsa yer, dastlabki ekin
hosili yig‘ishtirib olinishi bilan haydalishi tavsiya etiladi. Bahorda ekish uchun
kuzgi shudgor 20-22 sm chuqurlikda o‘tkaziladi. Yerni shudgorlashdan oldin
fosforli, kaliyli o‘g‘itlarning yillik me’yori R40-50, K30-40 kg/ga beriladi. Ekish
bilan yoki ekishdan oldin gektariga 20-30 kg azot solinadi.
Lalmikorlikda ko‘k no‘xat qatorlab, qator orasi 15 sm, keng qatorlab 30 sm ekiladi.
Seyalkalar sug‘oriladigan yerlardagi singari. Ko‘k no‘xat lalmikorlikning
tekisliktepalik mintaqasida gektariga 60-80 kg, tog‘ va tog‘ oldi mintaqasida 80-100
kg me’yorlarda ekiladi. Ekish chuqurligi tuproq mexanik tarkibi, namlikka bog‘liq
holda 5 -10 sm o‘zgaradi. No‘xat maysalari hosil bo‘lguncha va maysalar paydo
bo‘lgandan keyin 1-2 boronalanadi yoki rotatsion motiga bilan ishlanadi. Begona
o‘tlar va zararkunandalarga qarshi kurash sug‘oriladigan yerlardagi singari. Hosilni
Do'stlaringiz bilan baham: |