«kimyo-texnologiya»


Arpa yetishtirish texnologiyasi



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/160
Sana01.09.2021
Hajmi2,15 Mb.
#162296
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   160
Bog'liq
O'simlikshunoslik Ma'ruza matni (1)

  
Arpa yetishtirish texnologiyasi  
Kuzgi arpa uchun eng yaxshi o‘tmishdoshlar – g‘o‘za, dukkakli don ekinlari, 
beda,  sabzavot  ekinlari.  Lalmikorlikda  kuzgi  arpa  toza  shudgorga  ekilganda  eng 
yuqori hosil olinadi.   
 O‘g‘itlashda  bir  gektar  maydonga  sug‘oriladigan  yerlarda  N120-150,  R80-  100, 
K40-60 kg ma’danli o‘g‘it solish tavsiya etiladi. Ekish bilan gektariga 10 kg fosforli 
o‘g‘it berish yaxshi natija beradi. Lalmikorlikda kuzgi arpaning bir gektariga N30, 
R40, K30 kg solish don hosilini 30-40% ga oshiradi.  
Sug‘oriladigan yerlarda kuzda kuzgi arpa ekiladigan maydonlar chimqirqarli 
pluglar bilan 25-27 sm, lalmikorlikda 20-22 sm chuqurlikda haydaladi va bir yo‘la 
boronalash o‘tkaziladi. Haydash chuqurligi o‘tmishdosh ekin va o‘tmishdosh ekinni 
ekishdan oldingi haydash chuqurligi hisobga olinib o‘tkaziladi. Urug‘lar 1 va 2 sinf 
talablariga  javob  berishi  hamda  fungitsidlar  bilan  ishlanishi  talab  qilinadi.   
Sug‘oriladigan  yerlarda  kuzgi  arpa  Samarqand,  Jizzax,  Toshkent  viloyatlarida 
oktyabrning  ikkinchi  o‘n  kunligi,  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi,  Xorazm 
viloyatlarida oktyabrning birinchi o‘n kunligida, janubiy viloyatlarda oktyabrning 
oxirgi o‘n kunligida ekiladi. Kuzgi arpani maqbul ekish muddatidan erta yoki kech 
ekish o‘simliklarni qishda sovuq urishiga, siyraklashishiga, hosilning pasayishiga 
olib keladi. Lalmikorlikda oktyabr oyining oxirgi o‘n kunligida ekish eng maqbul 
muddat hisoblanadi.   
Ekish  usuli  –  tor  qatorlab  (7-8sm  ),  qatorlab,  qatorlarni  kesishtirib  ekish. 
Ochiq maydonlarda qatorlarni kesishtirib ekish usuli yaxshi natija beradi.  
Ekish chuqurligi 4-6 sm. Ekish me’yori 4-4,5 mln. urug‘/ga. Ekish eng maqbul 
muddatdan  kechiksa  ekish  me’yori  10-15%  oshiriladi.  Lalmikorlikda  kuzgi  arpa 
gektariga 2-2,5 mln. unuvchan urug‘ ekiladi.   
Kuzgi  arpa  erta  bahorda  ikki  marta  azotli  o‘g‘itlar  bilan  oziqlantiriladi. 
Birinchisi erta bahorda 60-70 kg/ga, ikkinchisi naychalash fazasining boshlanishida  
50-60  kg/ga.  Azotli  o‘g‘itlar  bilan  oziqlantirish  yog‘ingarchiliklar  yoki 
sug‘orish  bilan  uyg‘unlashtiriladi.  Begona  o‘tlarga  qarshi  Granstar  mart  oyida 
gektariga 1520 g me’yorda qo‘llaniladi.   
Hosil donlar to‘la pishganda yig‘ishtirib olinadi.  
  

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish