Biologik xususiyatlari.
Kuzgi arpa urug‘lari 1-2
0
S haroratda
una boshlaydi. Urug‘larning unib chiqishi
uchun optimal harorat 15-20
0
S. Tuplanish fazasida 12-14
0
S sovuqqa bardosh
beradi. Qor qoplami bo‘lmaganda, o‘simliklar tuplana olishga ulgurmaganda -7-8
0
S
sovuq ham kuzgi arpa uchun xavfli. O‘zbekistonda biologik kuzgi, bahori hamda
ikki faslli (duvarak) navlar kuzda ekiladi. Ammo eng qishga chidamlisi biologik
kuzgi navlar, keyin duvarak navlar hisoblanadi. Bahori arpa navlarining qishga
chidamliligi past. Sug‘oriladigan yerlarda qish tushguncha yaxshi tuplanib ildiz
otgan o‘simliklar O‘zbekiston sharoitida yaxshi qishlab chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |