255 Misr, Xitoyda alkimyoning rivojlanishi.
1689 yilda Gomberg V. kislota, ishqor, tuzlarning o’zaro ta’siri asosida o’rgana boshlaydi. 1768 yil G.Kavendish kislota va ishqorlar bir-biri bilan ekvivalent holda reaksiyaga kirishishini ko’rsatdi. 1777 yil K. Vensel kislota va asoslar bir-biri bilan ma’lum bir nisbatda birikishini aytadi. Nemis olimi Rixter(G.Ye.Fisher 1802-06) neytrallanish reaksiyasining miqdoriy hisoblarini, ularning nisbatlarini, ekvivalent miqdorini va shular asosida tuzlarning tarkibini aniqlab proporsional sonlar jadvalini yaratdi. 1793 yilda “Kimyodagi yangi savollar” va “Stexiometriyaning boshlanishi” asarlarini yozdi. Bularda, asosan normal va o’rta tuzlar, ularning hosil bo’lishdagi sifat va miqdor o’zgarishlarini ko’rsatdi.. Ular taklif qilgan qonun “Elementlarning bir-biri bilan birikishi va o’rin almashishi ekvivalentlariga proporsional bo’ladi” deb ifodalandi. Lekin ekvivalentning ma’nosi noma’lumligicha qoldi
256 Hozirgi sintez o’tkazuvchi kimyogarlarning 150 yil oldingi kimyogarlardan farqinimada
257 Kimyo tarixi fanining tabiiy va gumanitar fanlar orasida tutgan o’rni.
Kimyo tarixi bilimlar majmuasida qanday o’rinni egallaydi? Bu predmet gumanitarmi yoki tabiiy-ilmiy fanlar qatoriga kiradimi? degan savollarga javob izlaymiz. Kimyo tarixi predmeti - kimyo fanining turli davrlarda rivojlanishini, uning boshqa tabiiy fanlar orasida tutgan o’rnini va rivojlanish bosqichlarini o’rganadi. Kimyo tarixida “ O’rta asrlar” va “uyg’onish” davri juda katta o’rinni egallaydi. Bu davrning buyuk olimlari I. Nyuton fizik bo’lishiga qaramasdan - biologiya muammolari bilan shug’ullanib – ulardagi kimyoviy bog’lanishlarni o’rgangan. Tomas Sprot /1667y/ “London podshohlik jamiyati tarixi” kitobida “ Kimyogarlar - tabiatni o’rganuvchilar bo’lib, ular ko’pchilik hollarda medisinada yangilik ochadi, ”metallar mutasiya”si yoki “eleksir moddasini” izlash bilan shug’ullanadilar” deb yozadiLavuazye – kimyogar bo’lishiga qaramasdan yonishni fizik- jarayon degan nuqtai-nazardan tadqiq qildi.Laplas esa biologiya fanida moddalar almashinish energetikalari muammolarini o’rgandi. Demak, bu davrdagi olimlarda fanlarni “koridor”ga ajratish bo’lmagan. Ular bari tabiiy fanlarga taalluqli umumiy ilmiy ishlar bilan shug’ullanganlar. Bunga asosiy sabab haqiqatdan ham, tabiatdagi asosiy qonunlarning bir-birini to’ldirishidir. Fizika, kimyo va biologiya fanlari juda yaqin va bir-biri bilan chambarchas bog’langan. Nemis fizigi. V. Gayzenberg “ fizika va kimyo tushunchalarining bir - birini to’ldiradigan yopiq sistemasi - kvant nazariyasini” taklif qiladi. Buslova M.K. bu fanlar umumtabiat kompleksiga asoslanganligini, buning isboti “fizik kimyo, biokimyo, geokimyo, kosmokimyo” fanlarning yuzaga kelishidir deydi. Faqatgina tabiiy fanlar emas, balki kimyo fani ham - organik kimyo, anorganik kimyo, fizik kimyo va analitik kimyoga ajraldi, lekin ularning asosida kimyoviy tavsif – yani moddaning tarkibi, tuzilishi va kimyoviy bog’lanishi yotadi. Kimyo tarixi fanini ham tabiiy, ham gumanitar fan sifatida o’rganish mumkin. Chunki kimyo fani insonlarning turmush tarzini yaxshilash bilan qanoatlanib qolmasdan, ularning madaniyatli bo’lishi uchun xizmat qilib keldi. Bunga juda ko’plab misollarni keltirish mumkin. Hatto Shekspirning Romeo va Djulyetta \1615\ asarida atom tushunchalari uchrashi bunga yorqin misoldir
Do'stlaringiz bilan baham: |