152. Odling U. Ishlari haqida tushuntiring? 1857-1868 yillarda ingliz ximigi U.Odling elementlar atom massalari oshishiga qarab bir qancha jadval yaratdi.Bularda xossalari ham o’xshash bo’ladi deydi, lekin asosan arifmetikaga ahamiyat berdi. 1857 yilda 49 elementni 9 gruppaga ajratadi. 1861 yilda kimyoviy yaqin bo’lgan elementlarni triada, tetraada va pentaadalarga ajratib gruppalar tuzdi. Bu guruhlarga vodorod, bor va qalay kirmay qoldi. 1868 yilda 52 ta aniq bo’lgan elementdan 45 tasini gruppalarga atom og’irliklari oshib borishini hisobga olib joylashtirgan eng axamiyatli tablisa tuzildi.
153. Robert Boyl va uni kimyoning ratsional izga o’tishdagi roli? XIX asr boshiga kelib R. Boyl kimyoni alkimyo, yatrokimyo va flogiston nazariyalaridan ozod qilib “Tarkib-xossa” konsepsiyasi asosida uni o’rganishga kirishdi. Bu esa o’z navbatida moddalarni sifatiy tekshirishlardan miqdoriy tekshirishlarga o’tishga olib keldi. Shu vaqtga kelib - 32 kimyoviy element ma’lum bo’lgan. Hamda moddalar massasining saqlanish qonuni taklif qilindi, suv va havoning tarkibi aniqlandi.
154. Meyerning ishlarini tushuntiring? 1870 yil nemis olimi Meyer “Kimyoviy elementlar tabiati ularning atom massalari o’zgarishining funksiyasidir” maqolasida atomlar hajmining atom massasiga bog’liqligi grafigini berdi va 16 gruppaga joylashtirdi (Meyer-egri chiziqlari). Qariyb davriy qonunni ochishga yaqinlashdi. Buni uning vafotidan keyin K.Zeybert nashr qilgan.
155. Yan Vudvordning organic sintezda qilgan ishlarini tushuntiring? 156. Dalton tomonidan zamonaviy struktura kimyosining yaratilishi?
Dalton organik moddalarda polimerlanish hodisasi bo’lishini aytdi. Dalton - struktura kimyosiga birinchi g’ishtni qo’ydi. Shuning uchun Dalton zamonaviy kimyoning otasi deb tan olinadi. Dalton kimyoviy simvolikani taklif qildi.
157. Lauazye, Daltonlar tomonidan yaratilgan nazariyalar organic moddalarning tasniflanishi? A.Lavuazye 1781 yilda karbonat angidrid gazini 10 xil usul bilan hosil qildi va gaz tarkibidagi uglerod bilan kislorod massalari orasidagi nisbat 3:8 ekanligini aniqladi.
Shundan keyin: har qanday kimyoviy toza birikmani tashkil etuvchi elementlarning massalari o’zgarmas nisbatda bo’ladi, degan xulosa chiqarildi. Ingliz olimi J.Dalton 1804 yilda moddaning tuzilishi haqidagi atom-molekulyar tasavvurlarga asoslanib, Karrali nisbatlar qonunini ta’rifladi: Agar ikki element bir-biri bilan bir qancha molekulyar birikma hosil qilsa, ular bir-biri bilan kichik butun sonlar kabi nisbatda birikadi .