145.Atom tuzilishining hozirgi zamon modelini tasdiqlovchi tajribalarni tushuntiring?
Atom tuzilishining hozirgi zamon modeliga olib kelgan eng muhim tajribalarga to’xtalamiz. XIX asr boshlarida atom bilan elektr o’rtasida uzviy bog’lanish ya’ni atomlar bir-birlari bilan elektr jarayonlari asosida birikkan degan umumiy tushuncha mavjud edi. 1834 yil ingliz fizigi M.Faradey elektroliz qonunlari asosida ionlar ixtiyoriy xohlagancha miqdordagi zaryadni emas, balki qat’iyan aniq porsiyadagi elektr miqdori tashishini isbotladi. 1874 y. Dj. Stoni bu fikrga asoslanib, elementar elektr zaryadining son qiymatini hisoblab, u 10-20 Kl. ekanligini topdi. Atomda qarama-qarshi elektr zaryadlari mavjudligi, havosi siyraklashtirilgan sohada elektr razryadlari ta’sirida katod yoki anod nurlari vujudga kelishi bilan to’liq isbotlandi
146.Kvant mexanikasida Shredingerning to’lqin tenglamasini tushuntiring
1926 yilda Ervin Shredinger kvant mexanikasida Shredinger to’lqin tenglamasi deb atalgan tenglamani taklif etdi. Bu tenglama to’lqin funksiya f ni elektronning potensial energiyasi U va uning to’liq energiyasi Ye bilan bog’laydi:
8π2m
2 = (E - U) ϕ=0
∆ϕ
h2 Bu yerda:
∂2ϕ ∂2ϕ ∂2ϕ
∆2ϕ = + + ;
dx2 d y2 d z2
x,y,z koordinatlari bo’yicha to’lqin funksiyaga f -2 lamchi differensiali, melektron massasi, h-Plank doimiysi. Shredinger tenglamasini yechimi bo’lgan to’lqin funksiyasiga - orbital deyiladi. Elektronning yadro atrofida fazoda bo’lish ehtimolligi (0 →1) gacha bo’ladi. Uning fizik ma’nosi shuni ko’rsatadiki f = 0 bo’lganida u yerda elektron bo’lmaydi.
147.XX asrda kimyoning xarakterli belgilariga nimalarni kiritish mumkin
XX asrda kimyoning xarakterli belgilariga quyidagilarni kiritish mumkin: Organik kimyo va anorganik kimyo mustaqil holda rivojlanib juda katta ilmiy hamda amaliy natijalarga erishildi. Shu bilan birgalikda bu fanlar bir-biriga juda yaqinlashdi, bunga misol qilib metalloorganik kimyo va koordinasion birikmalar kimyosini aytish mumkin. Bu fanlar bir-biriga shunchalik yaqinlashib ketdiki, ular o’rtasida aniq chegaraviy soha qo’yish mumkin emas. Bu fanlar ichida fizik-kimyoviy tadqiqotlar juda rivojlanib ketdi. Buning natijasida fizikaviy kimyo, fizikaviy organik kimyo, kimyoviy fizika predmetlari alohida vujudga keldi. Kimyo fani bilan fizika fani o’rtasida termokimyo, elektrokimyo, radiokimyo, sirt yuza hodisalari kimyosi, eritmalarning fizik kimyosi, yuqori bosim kimyosi va h.k. fanlar paydo bo’ldi. Fanlarga bo’linish yana tadqiqot qilinayotgan manbalarga qarab ham paydo bo’ldi. Elementlar kimyosi, birikmalar kimyosi va boshqalar. Shunday qilib, bular fandagi differensiallashuvni ko’rsatsa XX asr kimyosining yana bir xarakterli tomoni kimyoning fizika, biologiya, matematika geologiya va boshqa fanlar bilan integrasiyasining rivojlanganligidir
Do'stlaringiz bilan baham: |