«kimyo» kafedrasi “umumiy kimyo” fanidan



Download 19,83 Mb.
bet24/401
Sana18.04.2023
Hajmi19,83 Mb.
#929617
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   401
Bog'liq
Umumiy kimyo majmua (Biologiya) Kuryazov R 2018

Metall bog’lanish
Ma'lumki barcha metallar kristall moddalardir. Metall kristallardagi panjara tugunlarining bir qismida atomlar, boshqa qismida esa ionlar joylashgan bo'ladi. Metallarning sirtqi elektronlari atom yadrosi bilan kuchsiz bog’langanligi uchun oson uziladi. Uzilgan elektronlar atomlar va ionlar oralig'ida erkin harakat qiladi. Agarda bu erfkin elektron birorta elektronini yo’qotgan atomga (ionga) yaqin kelib qolsa unga birikib, ionni neytral atomga aylantiradi. O'z navbatida boshqa bir atom elektronini yo'qotishi mumkin va hokazo. Demak, erkin elektronlar goh bir ion, goh esa ikkinchi ion atrofida aylanib yuradi. Kristallar ichida erkin yurgan elektronlar to'plamiga «elektron buluti» deyiladi. Metall zarrachalari bir - biri bilan mana shunday elektron buluti vositasida bog'lanib turadi. Bunga metall bog’lanish deyiladi.
Donor - akseptor bog'lanish
Kovalent bog'lanishni hosil qiluvchi juft elektronlarning biri dastlab bir atomdan, ikkinchisi esa ikkinchi atomdan bolishi shart emas. Agarda bu juftlar bog'lanish hosil bo'lishidan avval, o'zaro birikuvchi atomlarning faqat birida bo'lib, ikkinchi atomda esa bo'sh orbitallar mavjud bo'lsa, kovalent bog'lanishning bir turi koordinatsion yoki donor - akseptor bog'lanish hosil bo'ladi.
Bunday bog'lanish hosil bo'lishi uchun o'zining elektron juftini beradagan atom yoki ion donor, bu elektron juftini o'zining bo'sh orbitallariga qabul qiladigan atom yoki, ion - akseptor deb ataladi. HC1 bilan NH3 ni birikishi donor - akseptor bog'lanish uchun misol bo'ladi:
NH3 + HCI → NH4CI yoki: NH3 + H+ → NH4+ va bunda NH4+ tarkibidagi to'rtala N:H bog’lanishlar bir xil quvvatga ega. Donor - akseptor bog’lanish ikki hil molekula orasida ham hosil bo’lishi mumkin. Masalan, NH3 bilan BF3 orasida bo'lishi mumkin. Masalan, NH3 bilan BF3 orasida H3N: + BF3 —> H3N : BF3, ya'ni NH3 donor, BF3 esa aktseptor rolini o’ynaydi. Agarda donor - akseptor bog’lanish d - elektronlar hisobiga bo'lsa unga dativ bog'lanish deyiladi. Ko'pchilik birikmalarda d - elementlarning atomlari o'zlariga elektron juftlarini qo'shib olib, akseptorlik rolini o'ynaydi. Lekin d - element atomi turli kompleks birikmalardan o'zlaridan bir juft elektronlar berib, donorlik rolini ham o'ynaydi.
Kimyoviy jarayonlarning tеzligi va unga turli omillarning ta'siri to’g’risidagi ta'limotga kimyoviy kinеtika dеyiladi. Rеaksiyalarning muqobil tеzliklarini aniqlashda kinеtikaning axamiyati katta. Omillar-rеaktsiyaga kirishayotgan va rеaktsiya natijasida hosil bo’ladigan moddalarning kimyoviy va fizikaviy xossalari, harorat, bosim, kontsеntratsiya va rеaktsiya tеzligiga ta'sir qiladigan qo’shimcha moddalardir.
Rеaksiya tеzligi vaqt birligi ichida o’zaro ta'sir etgan moddalar kontsеntratsiyalarning o’zgarishi bilan o’lchanadi. Kontsеntratsiya moddaning 1/1 xajmiga to’ri kеlgan g/mol sonidir. Masalan, rеaktsiya tеzligi 0,25 m/sеk dеyilsa, bunda bir sеkundda har bir moddadan 0,25 mol rеaksiyaga kirishgan bo’ladi. Dеmak kontsеntratsiyaning o’zgarishi mol/l bilan, vaqt esa sеkund, minut va soatlar bilan o’lchanadi.
Moddalar tabiatining rеaksiya tеzligiga ta'siri. Rеaksiya tеzligi moddaning ichki tuzilishiga bog’liq. Odatda, qutbsiz molеkulali moddalar rеaktsiyaga sеkin kirishadi. Oson qutblanuvchi va qutblangan molеkulalar rеaksiyaga tеzroq kirishadi. Ayniqsa ion bog’lanishli moddallar suvdagi eritmalarida o’zaro tеz rеaktsiyaga kirishadi.
Haroratning ta'siri. Modda zarrachasi hamisha harakatda bo’ladi, ular bunda bir-biriga duch kеlib to’qnashganlaridagina rеaktsiya kеtadi. Dеmak, harakat qancha tеz bo’lsa to’qnashishlar soni shuncha ko’p bo’ladi. Lеkin hamma to’qnashishlar ham rеaktsiyaga olib kеlavеrmaydi. Chunki, modda zarrachalarining enеrgiyalari yеtarli bo’lmaganidan faolligi kam, ba'zilari esa ortiqcha enеrgiyali bo’lganligidan faol bo’ladi. Shunday faol zarrachalar uchrashgandagina rеaksiya ro’y bеradi. Harorat ko’tarilganda, tashqaridan enеrgiya bеrilishi hisobiga faol molеkulalarning soni ko’payadi va ularning harakati tеzlashadi, ya'ni rеaksiya tеzligi oshadi. Tajribalarning ko’rsatilishicha, harorat har 10 gradusga ko’tarilganda, rеaksiya tеzligi 2 - 4 marta oshadi. Buni dastlab Vant-Goff topgan faraz qilaylik, biror rеaksiyaning tеzligi 100C da 2 marta ortsin, agar 00C da 1 bo’lsa, 100C da 2 ga, 200C da 4 ga, 300C da 8 ga va 1000Cda 1024 ga tеng bo’ladi, ya'ni harorat arifmеtik progrеssiya bilan ortganda rеaksiya tеzligi gеomеtrik progrеssiya bilan ko’payadi. Agar 00C dagi tеzlikni V0 t0 C dagi tеzlikni Vt bilan bеlgilasak, t rеaksiya tеzligining harorat bilan o’zgarishi Vt = V0 . γ10 tеnglama bilan ifodalanadi. Bu еrda (γ-rеaksiyaning harorat koeffitsеnti bo’lib, harorat 100C ga ko’tarilganda, rеaktsiya tеzligining nеcha marta oshishini ko’rsatadi). Masalan, natriy tiosulfat bilan sulfat kislota eritmalarining o’zaro rеaksiyasi:
Na2S2O3 + H2SO­4 = Na2SO4 + SO2­ + S↓ + H2O
Bunda harorat 20°Cdan 30°Cga ko'tarilganda reaksiya tezligi 2 marta oshadi. Harorat bilan birgalikda reaksiyaga kirishuvchi moddalarning zarrachalarini faolligini oshirishda quyosh nurlaridan, lazer, rentgen, γ -, katta energiyali neytronlar oqimi va hokazo nurlardan, magnit maydoni va ultra tovushlar ta'siridan ham keng foydalaniladi. Faol bo'lmagan zarrachalarni faol holatga o'tkazish uchun ularga berilishi zarur bo'lgan qo’shimcha energiya reaksiyaning faollanish energiyasi deyiladi va E bilan belgilanadi. Reaksiyaning faollanish energiyasi qanchalik katta bo'lsa, reaksiya shuncha sekin boradi. Faollanish energiyasi moddalarning tabiatiga va reaksiyaning o'tkazish sharoitiga qarab, turli reaksiyalar uchun turlicha boladi. Faollanish energiyasi kkal/mol, kJ/mol, yoki EV bilan o'lchanadi. Masalan, 2HJ→H2+J2 uchun E=188 kJ/mol va H2+J2→2HJ uchun E=168 kJ/mol
Reaksiya tezligiga kontsenratsiyaning ta'siri. Reaksiya tezligiga reaksiyaga kirishayotgan moddalarning konsentratsiyalari katta ta'sir ko’rsatadi. Buni yaxshi tushunish uchun gomogen va geterogen sistemalarni ko’rib o’taylik.
Fizikaviy va kimyoviy xossalari bilan o'zaro farq qiladigan va chegara sirtlari bilan bir-biridan ikki yoki undan ortiq qismlardan tuzilgan sistemaga geterogen sistema deyiladi. Suv bilan muz o'zaro yaxshi aralashmaydigan; suyuqliklar yoki qattiq jismlar aralashmalari, aks holda gomogen sistema bo’ladi. Masalan, gazlar aralashmasi, tuz va qandning suvli eritmasi, bir-birida yaxshi eriydigan moddalarning aralashmalari va hokazo. Geterogen sistemaning chegara sirtlari bilan ajralgan qismlariga faza deyiladi. Geterogen sistema bir necha fazadan? gomogen sistema esa bitta fazadan iborat.
Reaksiyaning tezligiga konsentratsiya ta'sirining sababi-bunda ma'lum hajmdagi zarrachalarning soni ko'payganligidan, ularning to'qnashish soni oshadi va bu o'z navbatida kimyoviy reaksiyani tezligining ortishiga olib keladi.
Reaksiyaga kirishuvchi moddalar konsentratsiyalari bilan reaksiya tezligi orasidagi bog'lanishni 1865 yilda rus olimi N.N.Beketov topgan. 1867 yilda Norvegiyalik olimlar Guldberg va Vaagelar bu bog’lanishni qonun holida ifodalab, massalar ta'sir qonunini taklif qilishadi. Uni ifodasi: reaksiya tezligi reaksiyaga kirishuvchi moddalar konsentratsiyalarining ko'paytmasiga to'g'ri proporsionaldir, ya'ni A+B→C reaksiyasi uchun V=K[A]x[B]. (V-reaksiyada kuzatilgan tezligi, [A] va [B] - reaksiyaga kirishayotgan moddalarning konsentratsiyasi, mol/l, k-tezlik konstantasi).
Agar [A]=[V]=1 bolsa v=k, ya'ni k-reaksiyaga kirishayotgan moddalarning konsentratsiyasi lga teng bo'lganidagi tezlik, uni solishtirma tezlik ham deyiladi, k ning qiymati reaksiyaga kirishayotgan moddalarning tabiatiga, harorat va katalizatorlarga bog'liq bo’lib, lekin konsentratsiyaga bog’liq emas.
Bordiyu reaksiyaga kirishuvchi reagentlarning stexeometrik koeffisienti 1 dan boshqacha bolsa, ya'ni aA+вB→cC bolsa, u holda V=K[A]a[B]b kabi bo'ladi.
Bu qonundan foydalanib konsentratsiyaning o'zgarishi bilan tezlikning o'zgarishini hisoblab topish mumkin.

Download 19,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   401




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish