Fosforli o'g'itlar.Tuproqda fosfor H3PO4 tuzlarining tarkibiga kirgan holda bo'ladi. Superfosfat-birlamchi Ca3(PO4)2 bilan CaSO4 aralashmasi:
Ca3(PO4)2 + 3H2SO4 = 3Ca(H2PO4) 2 + 2CaSO4 Pretsipitat-ikkilamchi Ca3(PO4)2 H3PO4 + Ca(OH)2 = CaHPO4 ·H2O +H2O
Tarkibida azot va fosfor bo'lgan aralash o'g'itlar NH4H2PO4 va diammofos (NH4)2HPO4. Tarkibida azot, fosfor, kaliy bo’lgan qimmatli o’g’it azofoskadir.
Uglerodning olinishi va xossalari. Qo’zg’almagan holda uglerod atomi 1s22s22p2 elektron formulaga ega. Unda valent elektronlardan ikkitasi juftlashgan. Bu holda uglerod atomi uchta kovalent bog’ hosil qilishi mumkin: ulardan ikkitasi almashinish mexanizmi bo’yicha, uchinchisi esa donor-akseptor mexanizmi bo’yicha hosil bo’ladi. Birinchi ikkitasi juftlashmagan elektronlar hisobiga, uchinchisi esa 2p - bo’sh orbital hisobiga. Ana shunday bog’lanish CO molekulasida kuzatiladi.
Uglerod atomining qo’zg’algan holatga o’tishi 2s -elektronlaridan bittasini 2p-orbitalga o’tishi bilan sodir bo’ladi. Natijada qo’zg’algan atom 4ta singlet elektron bilan tavsiflanadi va 4 ta kimyoviy bog’ hosil bo’lishini ta’minlaydi. qo’zg’alish uchun zarur bo’lgan energiya ikkita qo’shimcha kovalent bog’lanish hosil bo’lishi hisobiga konpensasiyalanadi. d-orbitali bo’lmaganligi uchun uglerodning maksimal valentligi 4ga teng bo’ladi.
Uglerod atomlari orasidagi -bog’ning puxtaligi boshqa gomoatomli bog’larning ichida eng puxtasi. Uning gomozanjirli birikmalarini ko’pligi shu bilan tushuntiriladi.
Uglerod tabiatda nisbatan ko’p tarqalmagan. Uning ulushiga 0,1 mas.% to’g’ri keladi. SHunga qaramay uglerodni tirik va o’lik tabiatda o’rni katta.
Oddiy modda sifatida tabiatda uning uch xil modifikasiyasi mavjud-olmos, grafit va karbin. Ularning uchchalasi ham uglerodning xar xil kristallokimyoviy tuzilishga ega bo’lgan gomoatomli birikmalari. Amorf uglerod (saja, ya’ni qurum) uglerodning aloxida allotropik shakli emas. U xar xil orientirlangan mayda grafit kristallardan iborat.
` Olmos - rangsiz tiniq, nurni kuchli sindiradigan modda. U tabiatda topilgan barcha moddalardan qattiq, mo’rt. Olmosda uglerod atomlari sp3 gibridlangan orbitallar orqali bog’langan.
Grafit - oddiy sharoitda barqaror bo’lgan uglerodning allotropik shakl o’garishi. U kulrang - qora rangga ega bo’lib metallik yaltiroqlikka ega bo’lgan yumshoq modda. Grafitda uglerod atomi sp2 gibridlangan. Atomlar orasidagi bog’lanish kovalent xarakterga ega. Bog’lanish burchagi 1200 . Oltiburchakka perpendikulyar ravishda benzoldagi kabi r-r bog’lanish bo’ladi va uning elektr o’tkazuvchanligi, metallik yaltiroqligi shu bilan tushuntiriladi.
Karbin - qora mayda kristallardan iborat bo’lgan poroshok. Unda xar bir atom sp - gibridlangan holda bo’ladi. 8000da grafitga aylanadi.
Kimyoviy jixatdan olmos va grafit odatdagi sharoitda inert moddalar. Ishqor va kislotalarning ta’siriga barqaror. Karbinning reaksiyaga munosabati olmos va grafitga nisbatan faolroq. Uglerod amorf holatda osonroq yonadi. To’g’ridan-to’g’ri uglerod galogenlardan faqatgina ftor bilan reaksiyaga kirishadi. Yuqori temperaturada u oltingugurt va azot bilan reaksiyaga kirishadi.
Havoda «amorf» uglerodni yoqilsa kislorod bilan oson reaksiyaga kirishadi:
SO2SO2 94kkal
Olmos va grafit 700 - 8000C da yonadi. Laboratoriyada SO2 ni CaCO3 ga HCl ta’sir ettirib olinadi:
CaCO32HClCaCl2CO2H2O
CO2 molekulasi chizig’li OCO tuzilishga ega. Rangsiz, nordon ta’mga ega gaz. Odatdagi sharoitda 60 atm. bosimda rangsiz suyuqlikka aylanadi. CO2 da kislorodga moyilligi ugleroddan katta moddalargina yonadi. Masalan:
CO22Mg 2MgOC194kkal
Havoda 0,03% CO2 bor. Suvda deyarli yaxshi eriydi: (1:1 nisbatda). Bunda qisman karbonat kislotasi hosil bo’ladi:
H2OCO2 H2CO3 Ammo reaksiya chapga kuchli siljigan, CO2 ning suvdagi eritamsida quyidagicha muvozanat mavjud:
H2OCO2 H2CO3 H HCO-3 2HCO32- Qizdirilganda CO2 uchib ketadi va muvozanat chapga, ishqor qo’shilganda esa H ionlari bog’lanib, o’ngga siljiydi .
Ikki asosli kislota bo’lganligi uchun ikki qator tuz hosil qiladi: o’rta (CO32- anioni bilan) va nordon (HCO3- anioni bilan).
Uglerod uchun xarakterli oksidlardan yana biri is gazi (CO). U qizilgan C bilan CO2 ning reaksiyasi natijasida hosil bo’ladi:
CO2 C41kkal 2CO
Bu reaksiya qaytar bo’lib 400 oC da to’la-to’kis chapga, 10000C dan yuqorida o’ngga siljigan. Oz miqdordagi CO ni chumoli kislotasini parchalab olish mumkin:
HCOOH H2O CO
Is gazi rangsiz, suvda kam eriydigan va u bilan reaksiyaga kirishmaydigan gaz. CO ishqor va kislotalar bilan reaksiyaga kirishmaydi. Juda ham zaharli. Kimyoviy jihatdan CO ko’proq birikish reaksiyasiga uchraydi va qaytaruvchi vazifasini o’taydi. YUqori temperaturada CO kislorod, xlor, oltingugurt, ba’zi metallar bilan reaksiyaga kirishadi. Havoda CO 7000C da ko’kimtir rang berib yonadi. Katalizator ishtirokida xlor bilan fosgen hosil qiladi:
CO Cl2COCl2 27 kkal
Fosgen rangsiz, o’ziga xos xidli, juda ham zaxarli gaz. Suvda kam eriydi, ammo asta - sekinlik bilan parchalanadi.
COCl22H2OH2CO32HCl
CO to’g’ridan-to’g’ri ba’zi metallar bilan reaksiyaga kirishadi. Natijada metallarning karbonillari hosil bo’ladi (Fe(CO)5; Ni(CO)4; Mo(CO)6 va boshqalar).
Uglerodning oltingugrt bilan reaksiyasi endotermik reaksiya:
C2S21kkal CS2 CS2uchuvchan, rangsiz suyuqlik. Suvda erimaydi va u bilan reaksiyaga kirishmaydi. Uning bug’lari zaharli va oson yonib ketadi:
CS2 3O2 SO22SO2264kkal
U yog’larni, smolalarni yaxshi eritadi. Uglerodning azotli birikmalaridan eng ahamiyatlisi vodorod sianid (HCN). U SO va ammiakdan olinadi:
CONH311kkal H2OHCN
Vodorod sianid uchuvchan, rangsiz suyuqlik. Suv bilan xar qanday nisbatda aralashadi va sianid kislotasini hosil qiladi. Kislota xossasi nixoyatda kuchsiz. SHuning uchun tuzlardan osongina ajratib olinadi. Kislota ham, uning tuzlari ham nihoyatda zaharli. Kumush sianidini 3500S da qizilsa sian yoki disian ajraladi:
2AgCN(CN)22Ag
U rangsiz, zaxarli gaz. Kimyoviy xossa jihatidan galoidlarga o’xshaydi. Bunda galoid rolini bir valentli radikal CN bajaradi.
Kaliy sianidni oltingugurt bilan qo’shib qizilsa rodanid kislotasining tuzi hosil bo’ladi:
KCNSKCNS22 kkal
Erkin holdagi HCNS rangsiz gaz, -900C da suyuq, -1100S da oq kristall massa. Gaz holidagi molekulalar, suyuq va qattiq holda polimer. Uning ko’pgina tuzlari rangsiz, odatdagi sharoitda suvda yaxshi eriydi.
Uglerodning galoidli birikmalari CG4 umumiy formulaga ega. Elementlar birikishidan faqatgina ftor bilan biriktirib hosil qilinadi. Boshqalari esa bilvosita usullar bilan olinadi. Ularning ichida eng ahamiyatlisi uglerod tetraxlorid. Suvda erimaydi. Kimyoviy jixatidan inert modda. Odatdagi sharoitda ishqorlar bilan ham, kislotalr bilan ham reaksiyaga kirishmaydi. Yaxshi erituvchi vazifasini o’taydi.