Uchlamchi aminlar. Bularga trifenil amin (C6H5)3N; difenilmetilamin (C6H5)2N-CH3; N,N-dimetilanilin C6H5N(CH3)2 va boshqalar misol bo’ladi. Uchlamchi aminlar birlamchi aminlarni alkillab yoki arillab olinadi:
Toza uchlamchi aromatik aminlar ikkilamchi aminlarni arilyodidlar bilan mis kukuni ishtirokida qizdirib olinadilar:
Fizik va kimyoviy xossalari. Aromatik aminlar – suyuq yoki qattiq moddalar bo’lib, yoqimsiz hidga ega. Suvda kam eriydi, zaharli.
Aromatik aminlarning asoslik xossalari yog’ qator aminlarnikiga nisbatan kuchsiz ifodalangan.
Masalan, metilaminning dissotsiyalanish konstantasi 4,4.10-5 ga teng bo’lsa, anilinniki esa 3,8.10-10 ga teng. Ularning suvdagi eritmalari asos xossasiga egadir:
Anilinning asos xossasini metilaminnikiga nisbatan kichiklik sababini azotdagi juftlashmagan elektronlarni benzol halqasidagi elektronlar o’zaro ta’siri va ularning tutash elektron bulut hosil qilishi bilan tushuntirish mumkin:
Bu tutatish tufayli azotdagi juftlashmagan elektronlarning protonini biriktirib olish qobiliyati kamayadi.
Benzol–halqasida elektroakseptor guruhining bo’lishi ham aromatik aminlarning asosli xossasini kamayayishiga sabab bo’ladi. Masalan, o-, m- va p-nitroanilinlarning asos xossalari 1.10-11, 4.10-12 va 1.10-24 ga teng.
Alkilaromatik aminlarning asosli xossalari birlamchi aminlarnikiga qaraganda kattadir. Masalan,
C6H5 – NH – CH3; C6H5 – N(CH3)2
K = 7,1.10-10 K = 1,1.10-9
Bunga sabab, alkil guruhlar o’z elektron bulutlari zichligini azot atomi tomon siljitadilar:
Bu, o’z navbatida azot atrofida elektron buluti zichligini keskin ortishiga sabab bo’ladi va bunday amin kuchli asos xossasiga ega bo’ladi.
Toza ikkilamchi aromatik aminlarni asoslik xossasi birlamchi aminlarnikiga qaraganda kichik bo’ladi. Bunga sabab fenil guruhi elektroakseptor guruh bo’lganligi sababli azotdagi elektron buluti zichligini kamaytiradi. Uchlamchi toza aromatik aminlar asos xossasini namoyon etmaydilar.
Aromatik aminlar aminoguruh va benzol halqasi hisobidan kimyoviy jarayonlarga kirisha oladilar.
1. Alkilaminlarga o’xshash birlamchi va ikkilamchi aminlar azotdagi vodorodni alkil guruhiga almashtira oladilar. Bu jarayondan ikkilamchi va uchlamchi aminlarni olishda foydalaniladi:
2. Birlamchi va ikkilamchi aminlarga atsillovchi agentlar bilan ta’sir etilganda, azotdagi vodorodlar kislota qoldig’iga almashinadi. Masalan, anilinga sirka angidridi yoki sirka kislota qo’shib qizdirilganda atsetanilid hosil bo’ladi:
Aminlarning atsil hosilalari kislota amidlariga o’xshab, asos xossasiga ega emas, ular kristall moddalar bo’lib, yuqori haroratda suyuqlanadilar. Aniq suyuqlanish nuqtasiga ega bo’lganliklari uchun alohida aminlar tuzilishini aniqlashda ishlatiladilar.
3. Birlamchi aromatik aminlarni aldegidlar bilan qo’shib sekin qizdirilganda azometinlar, Shiffa asoslari hosil bo’ladi:
4.Birlamchi aromatik aminlarni xloroform va ishqorning spirtdagi eritmasi bilan qo’shib qizdirilganda karbilaminlar yoki izotsianidlar hosil bo’ladi. Izotsianidlar o’ta qo’lansa hidga ega.
Bu reaksiya birlamchi aminlarni aniqlashda ishlatiladi.
5. Birlamchi aromatik aminlarning nitrit kislota bilan reaksiyasi g’oyat katta ahamiyatga ega. Birlamchi aromatik aminlarga nitrit kislota bilan ta’sir etilganda diazoniy tuzlari hosil bo’ladi. Diazoniy tuzlari kimyoviy jihatdan g’oyat faol birikmalar bo’lib, ular turli birikmalarni olishda dastlabki modda bo’lib ishlatiladilar. Bu haqda diazo- va azobirikmalar bo’limida to’liq tanishib chiqamiz:
Avval ko’rib o’tganimizdek yog’ qator aminlari bu sharoitda spirtlarni hosil qiladilar:
Ikkilamchi aminlarga nitrat kislota bilan ta’sir etilganda nitroza aminlarni hosil qiladilar:
Uchlamchi aminlarga nitrit kislota bilan ta’sir etilganda, ular nitroza guruhini p-holatga yo’naltiradilar:
para-nitrozodimetilanilin
1) p-nitrozodialkilanilinlar ishqorlar ishtirokida nitrozon ion va ikkilamchi anilinlarga parchalanadilar:
7. Aminlarning oksidlanishi. Aromatik aminlar yog’ qator aminlariga qaraganda oson oksidlanadilar. Ular, hatto uzoq saqlanganda ham oksidlanib ketadilar, anilinni xromli aralashma bilan oksidlanganda qora bo’yoq «qora anilin» hosil bo’ladi. Aromatik aminlar triftoratsetil gidroperoksidi bilan oksidlangan tegishli nitrobirikmalarni hosil qiladilar:
8. Benzol halqasidagi aminoguruhga nisbatan o- va p-holatdagi vodorod atomlari yuqori qo’zg’aluvchanlikka ega. Shuning uchun aromatik aminobirikmalar almashinish reaksiyalariga oson kirisha oladilar. Bunda almashinish asosan p-holatdagi vodorodlar hisobiga boradi.
Aromatik aminlarni galogenlanganda asosan bir necha modda aralashmasi hosil bo’ladi va jarayon aromatik aminning oksidlanishi bilan birga sodir bo’ladi. Shuning uchun galogenlashda toza aromatik amin emas, balki uning atsil hosilasidan foydalaniladi:
Aromatik aminobirikmalarni bevosita nitrolab bo’lmaydi, chunki bunda nitrat kislota aminoguruhni oksidlab yuboradi. Shuning uchun dastlab aminoguruh himoyalanadi, ya’ni aromatik guruh atsillanadi va so’ngra nitrolanadi. Hosil bo’lgan nitroatsetinilidni gidrolizlanganda nitroanilin hosil bo’ladi:
Aromatik aminlarni sulfolanganda ham p-izomer hosi l bo’ladi:
9. Aromatik halqadagi vodorodlar o’ta qo’zg’aluvchan bo’lganligi tufayli uchlamchi aminlar turli molekulalar bilan jipslashish reaksiyalariga kirisha oladilar. Masalan, dimetilanilinga chumoli aldegidi bilan ta’sir etilganda N,N-tetrametil–p,p’-diamino-difenilmetan hosil bo’ladi:
10. Anilinni katalizator ishtirokida qaytarilganda, benzol, siklogeksan va siklogeksilamin aralashmalari hosil bo’ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |