Kimyo fani bo‘yicha o‘zbekiston respublikasi uzluksiz ta’lim milliy o‘quv dasturlari ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi


MAKTABgACHA, UMUMIY O‘RTA, O‘RTA MAXSUS



Download 26,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/213
Sana09.07.2022
Hajmi26,01 Mb.
#762801
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   213
Bog'liq
Kimyo

 MAKTABgACHA, UMUMIY O‘RTA, O‘RTA MAXSUS, 
PROFESSIONAL VA OLIY TA’LIM TIZIMLARIDA
KIMYO
FANININg UZVIYLIgINI TA’MINLASH
KONSEPSIYASI


8
1-BOB. UMUMIY QOIDALAR
1. O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha, umumiy o‘rta, professional va oliy ta’lim 
tizimlarida kimyo fanini o‘qitishni rivojlantirish konsepsiyasi O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi 
tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni, 
2019-yil 8-maydagi PQ-4312-sonli “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim 
tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori, 2019-
yil 6-sentabrdagi PF-5812-sonli “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga 
doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi va 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-sonli 
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 
tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonlari, 2025-yilgacha O‘zbekiston sanoatining rivojlanishi 
konsepsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvarda 
Oliy Majlisga Murojaatnomasi hamda 2020-yil 12-avgustdagi PQ-4805-sonli “Kimyo va 
biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan. 
“Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 2020-yil 23-sentabrda 
(O‘RQ-637-son) tasdiqlandi. Uning maqsadi fuqarolarga ta’lim-tarbiya berish, 
professional ta’lim olishning huquqiy asoslarini va ta’lim sohasidagi davlat siyosatining 
asosiy prinsiplarini belgilash hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy 
huquqini ta’minlashdan iborat.
2. Konsepsiya maktabgacha, umumiy o‘rta, professional va oliy ta’lim tizimlarida 
kimyo ta’limini rivojlantirishning asosiy tendensiyalarini belgilab beradi, jumladan: 
rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim sohasida me’yorlarni belgilash tajribasidan 
milliy xususiyatlarni va mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni hisobga olgan 
holda takomillashtirish; 
kimyo ta’limi me’yoriy hujjatlarini ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga qo‘yiladigan 
xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash; 
kimyo ta’limi bo‘yicha umumiy o‘rta, professional va oliy ta’lim tizimlari bitiruvchi-
lariga qo‘yiladigan malaka talablarini uzviyligini ta’minlash hamda amaliyotga tatbiq 
etish; 
kimyo ta’limining mazmuni va mohiyatini, shuningdek, o‘qitishning yangi aspektdagi 
metodikasini ishlab chiqish, ta’lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini 
bosqichma-bosqich tatbiq etish
maktabgacha, umumiy o‘rta, professional, o‘rta maxsus va oliy ta’lim tizimlarida 
kimyo ta’limining o‘zaro integratsiyasini ta’minlash va bitiruvchilarni kasb-hunarga 
o‘rgatish orqali hayotga tayyorlash ishlarini tashkil etish; 
kimyo ta’limining mazmuni, mustaqil hayotda qo‘llash imkoniyati bo‘lgan kimyoviy 
savodxonlik, tanqidiy fikrlash va ijodkorlik kompetensiyalarini shakllantirish
kimyo ta’limini tashkil etishning zamonaviy shakl, metod va vositalari asosida dual 
tizimli o‘quv modullarini ishlab chiqish;
ta’lim jarayoniga milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida bitiruvchilarni 
tarbiyalashning samarali metodikasini keng joriy etish; 
kimyo ta’limi jarayoniga axborot texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish; 
o‘quv-tarbiya jarayonining samaradorligi va natijaviyligini ta’minlashda innovatsion 
pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish; 
kimyo ta’limining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va samaradorligini 
oshirish; 


9
globallashuvning kuchayib borishi jarayonlarida erkin fikrlash va fikrlar har xil 
bo‘lgan sharoitda to‘g‘ri qaror qabul qilish, yurt ravnaqi va vatanparvarlik tuyg‘usidan 
kelib chiqqan holda o‘quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlarini 
rivojlantirish; 
kimyo ta’limi me’yoriy hujjatlarida nazarda tutilgan kompetensiyalarga asoslangan 
baholash mezonlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

Download 26,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish